O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi»


Download 0.89 Mb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1137756
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik ekspertiza KURS ISHI Bekchanov JAsurbek


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI « EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI EKOLOGIYA YO’NALISHI 202- GURUH 3-KURS TALABASI



KURS ISHI
BEKCHANOV JASURBEK «EKOMONITORING VA EKOLOGIK EKSPERTIZA» FANIDAN

Mavzu: Davlat ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish.
Guruh: 202 ekologiya
Bajardi: J.Bekchanov
Qabul qildi: A. Masharipov
MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................3-6
1.1. Davlat ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish..................7-10
1.2. Ekologik ekspertiza turlari……...…………...………………………11-16
1.3. Davlat ekologik ekspertizaning maqsadi............................................17-20
XULOSA ..................................................................................................21-22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................23


KIRISH


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof tabiiy muhit holatining o‘zgarishi o‘rtasida o‘zaro chambarchas aloqalar mavjud. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bog‘liq xolda inson faoliyatining tabiatga ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish darajasi uzluksiz oshib, ularning salbiy oqibatlari miqyosi tobora xavfli tus olmoqda. Shu munosabat bilan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishda ekologik omillarni tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning xususiyatlarini va ularni tartibga soladigan yo‘nalishlar va qonuniyatlarni xisobga olmaslik yoki ularning ahamiyatini to‘laligicha baholamaslik kutilmagan ekologik iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bu sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha tabiiy-ekologik omillarni, tabiat-jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarining sabab-oqibatlari zanjirini to‘g‘ri tushunish va shu asosda inson xo‘jalik faoliyatining ekologik-iqtisodiy qonuniyatlari talablarga mos kelishini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bunda tabiat va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ma’muriy boshqarish metodlarini qo‘llash muhim o‘rinni egallaydi. Ushbu nazorat yo‘nalishi tarkibida ekologik ekspertiza keng qo‘llaniladigan faoliyat tarmog‘i hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu sohani kompleks o‘rganadigan ekologik ekspertiza fanini ham ilmiy, ham o‘quv yo‘nalishlarida bozor iqtisodiyoti talablariga mos yo‘nalishda shakllantirish va rivojlantirish xayotiy zaruratga aylandi.
Ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlari insonning xo‘jalik va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning tabiatga ta’sirining miqyoslari va salbiy ta’sirining oshib borilayotganligi bilan izohlanadi. Ushbu fanning O‘zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi zarurati ko‘p jixatdan mamlakat ekologik siyosatini samarali amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir: «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘zini-o‘zi o‘limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, ko‘plar ushbu muammoga beparvolik va ma’suliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lmoqdalar. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bog‘liqdir...».
Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik huquq fani bilan uzviy bog‘liq xolda, ularning asosiy tushunchalari, yangi qonuniyatlari, kategoriyalari, konsepsiyalariga asoslangan xolda shakllanayotgan va rivojlanib berayotgan fanning yangi yo‘nalishi va sohasi hisoblanadi. Ekologik ekspertiza ushbu fanlarning nazariy-amaliyot tadqiqotlari natijalari eng so‘nggi va yangi yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishga yo‘naltirilgan nazariy-amaliy fanidir. U tabiatdan foydalanish, bo‘yicha ma’muriy-nazarot tarmoq yo‘nalishining nazariyasi va amaliyoti yo‘lanishi mamlakatning barqaror, xavf-xatarsiz rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan asoslab beradi
«Ekspertiza» tushunchasi (termini) lotincha «expertus»-«tajriba» so‘zidan kelib chiqqan. Ekspertiza tushunchasi fan, texnika, san’at sohalarida maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassis (ekspert) tomonidan turli masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, ularni baholashni bildiradi. Ekspert baholari bevosita o‘lchovga tushmaydigan, shu sababdan mutaxassis mulohazalari va xulosasiga asoslangan jarayonlar, xodisa, voqealar, ob’ektlarni miqdoriy yoki tartibiy baholashdan iborat bo‘ladi.
Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo‘li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir. U xo‘jalik qarori qabul qilinishidan oldin o‘tkazilishi shart bo‘lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri bo‘lib, uning asosiy maqsadi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish sohasida ogohlantiruvchi nazoratni amalga oishirishdan iboratdir. Davlat ekologik ekspertizasi mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik jihatdan xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonunlarining talablariga muvofiqligini baholash, loyihalarida nazarda tutilayotgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining yetarli yoki asosli ekanligini aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro‘yobga chiqarishga, ob’ektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tayyorlangan xujjatlar va xujjatlashtirish ishlari hisoblanadi. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda xujjatlashtirish ishlari, qoida tariqasida, ekologik ekspertizaga qabul qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» qonuniga muvofiq quyidagi ob’ektlarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish majburiydir (11-modda):

  • davlat dasturining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;

  • barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;

  • loyihaoldi va loyiha xujjatlari;

  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy xujjatlarning loyihalari;

  • texnika texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar;

  • atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar;

  • keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari;

  • shaharsozlik xujjatlarining barcha turlari;

  • maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar.

Davlat ekologik ekspertizasining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: Ekologik ekspertiza fani mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik yoki o‘zga faoliyat (ob’ekt)ning tabiatga va inson salomatligi ta’sirini baholash, ularning ekologik iqtisodiy aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida o‘tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadigan va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan fandir
1.Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning asosiy qonuniyatlarini bilish asosida ekologik ekspertizani o‘tkazishning muxim ekanligini tushuntirish
2. Ekologik ekspertizada tabiat muhofazasi to‘g‘risida va ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlari talablariga qat’iy amal qilish zarurligini doimo xisobga olishga o‘rgatish
3.Ekologik ekspertiza o‘tkazishda atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarli va asosligini aniqlash prinsiplari, metodlari va yo‘llarini bilishga va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish.




    1. Download 0.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling