O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazrligi urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Download 0.5 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1430587
Bog'liq
IBROR


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA FAKULTETI

201-GURUX TALABASI
BABISHOV IBROR ning
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: GIDROYURITMALARNING RIVOJLANISH TENDENTSIYASI

URGANCH 2023
Mavzu: Gidravlik va pnevmatik yuritmalarning rivojlanshi va tuzilishi,
REJA:
1. Gidravlik va pnevmatik yuritmalar haqida asosiy tushunchalar.
2. Gidravlik yuritmalarning asosiy sxemasi va ularning qismlari.
3. Pnevmatik yuritmalarning asosiy sxemasi va ularning qismlari.


Gidravlik va pnevmatik yuritmalar suv xo’jaligi sohasidagi qurilish va melioratsiya, yo’l qurilishi, transport mashinalarida keng qo’llaniladi, bunga sabab, boshqarishning oddiyligi, energiya tejamkorligi hamda reversligidir. Shuningdek, cheklangan o’lchamli gidrodvigatellardan ham yuqori quvvatda foydalana olish imkoniyatini mavjudligidir. Gidravlik va pnevmatik yuritmalar yuqori energiya sig’imligi, qulayligi, uncha katta bo’lmagan inersiyaga ega ekanligi, qulay va oson boshqarilishi hamda joylashuvining ixchamligi bilan boshqa yuritmalardan tubdan farq qiladi. Gidravlik va pnevmatik yuritma yuqori darajada avtomatlashgan yangi mashinalarni konstruksiyasini loyihalashda, robotlashgan tizimlarni yaratishda hamda gidroimpulsli va boshqa turdagi zamonaviy texnikalarni yaratish imkoniyatini yaratib beradi. Gidravlik va pnevmatik yuritmalarni turli konstruksiyasi (moy nasoslari, gidromotorlar, gidroanjomlar va kompressorlar) ni loyihalashda ularning bir turdagi, unifikatsiya va standart shakliga katta e’tibor berish lozim. Gidravlik va pnevmatik yuritmalarni qo’llash, ularni loyihalash va yasashga sarflanadigan vaqtni kamaytirishga hamda ularga servis xizmat ko’rsatishni qisqarishiga olib keladi
lotnik 14. Moy idishiga maxsus moy quyiladi. Moy idishi bilan moy nasosi metall quvur orqli ulangan bo‘ladi. Moy nasosi myni shu quvur orqali sorilib, bosim quvurlariga beriladi, bosim ostidagi moy gidrotaqsimlagichga beriladi. Agar gidro yuritmalar (idrosilindr yoki gidromator) ishlatilmasa, moy sizdirgich orqali qayta moy idishga quyiladi. Gidroyuritmalarni ishlatish uchun, ularga mos ravishda o‘rnatilgan dastaklar orqali yuqori bosimga mo‘ljallangan quvurlar orqli ularga berladi. Ish bajargan moylar qaytivchi past bosimli quvurlar orqali moy idishiga keiib tushadi. Moy idishi qalinligi 3…4 mm li yuqori bosimga chidaydigan list metalldan yasaladi (3-rasim). Ularning hajmi 20…200 l oraliqda bo‘ladi. Unda moy sathini ko‘rsatuvchi shish nay, moyni quyuvchi va bo‘shatuvchi qopqoqlar joylashgan. Moy nasoslari moyni 10…50 MPa bosim ostida bosim quvurlariga yuboradi, ularning tishli (tashqi va ichki tishlashuvch) gildirakli (4-rasm) va aksial diskli yoki plunjerli (5-rasm) turlari mavjud. Moy taqsimlagichlar-moyni (dastak va zolotkok yordamida) gidroyuritmalarga uzatish va qaytarish vazifasini bajaradi (6,7-rasmlar). Ularning bir, ikki, uch va to‘rt qatorli konstruksiyalari bo‘ladi. Konstruksiyasi korpus, uning ichida zolotnik va ehtiyut klapanlari joylashgan bo‘ladi. Zolotniklar dastak yordamida harakatga keltiriladi. Gidromatorlar-suyuqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvch qurulma bo‘lib, ularning korpusi ichda joylashgan ish bajarvchi mexanizmi bo‘yicha tishli, porshenli (plunjerli) va kurakli turlari mavjud: Balining aylanishlar sonini o‘zgartiradigan va o‘zgartirmaydigan turlari ham mavjud. Gidromatorlar (dvigatellar) reversivligi (balining chapga va o‘ngga aylanish) bilan boshqa dvigatellardan farq qiladi. Gidrosilindrlar-moyning bosimida biror mexanizmni ko‘chirish uchun xizmat qiladi (8-rasm). Shtokning bir va ikki tomonga harakatlantiruvchi turlari mavjud.
Pnеvmotik yuritmalar. Bu yututmalar mеxanizm va qurilish asboblarini harakatga kеltirish uchun kеrak bo‘ladigan, siqilgan havoni hosil qilib bеradi. Siqilgan havoni hosil qiluvchi uskunaga komprеssor dеb ataladi. Komprеssorni harakatga kеltirishda IYOD yoki elеktr dvigatеllaridan foydalaniladi. Pnevmatik yurutmaning umumiy chizmasi 9-rasimda ko‘rsatilgan bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1- kompreccor; 2-havom idishi; 3-ehtiyot klapanili; 4-tutashtiruvchi quvurlar; 5-dastak; 6-zolotniklar; 7-teskari klapani; 8- diafragma; 9-tirsak. Kompreccor vali IYOD yoki elektor dvigatellari yordamida harakatga keltiriladi. Kompreccor havoni sorib, uni bosim ostida havo idishiga uzotadi. Idishdagi havoning bosimi me’yoridan ortganda, ehtiyot klapani orqali tashqariga chiqariladi. Havo bosimini sistemaga uzatish uchun, zolotnik yo‘li dastak yordamida ochladi. Shunda tirsak e masofaga ko‘chadi. Tirsak prujina yordamida oz holiga keladi, buna diafragma ichidadi ortiqcha havo teskari klapan orqali tashqariga chiqariladi. IYOD yordamida ishlaydigan porshеnli kompеssorning umumiy ko‘rinishi 10-rasmda kеltirilgan. IYOD 1 ning valiga komprеssor vali 2 mufta orqali bog‘langan bo‘lib, u komprеssor porshеnini harakatga kеltirishi hisobiga siqilgan havo hosil qiladi va uni havo yig‘uvchi idish 5 yuboradi. Idishda ma’-lum bosimdagi (6...10 MPa) havo yig‘ilgan bo‘ladi. Ishlatilishi kеrak bo‘lgan mеxanizm yoki asbobning quvuri uning maxsus jo‘mragiga ulanadi. Rotorli komprеssor, korpus 3 ichiga ekssеntrik (markazi ma’lum masofaga surilgan) o‘rnatilgan rotor 1 va unga mahkamlangan kurak-lar 2 dan tashkil topgan qurilmadan iborat (11-rasm). Rotorning gar-dishidan uning o‘qiga parallеl ravishda, ma’lum chuqurlikda yoriqlar o‘yilgan va bu yoriqlarga erkin siljiydigan kuraklar joylashtirilgan. Rotorning o‘qi korpus o‘qiga nisbatan ma’lum masofada joylashgan-ligi, korpus ichida kеngaygan A va toraygan Б havoli bushliqni hosil qiladi. Rotor katta tеzlik bilan aylanganda, undagi kuraklar markazdan qochma kuch hisobiga yoriqlardan chiqib, korpusning kеngaygan to-moni dеvoriga tiralib, so‘ruvchi quvurdan olgan havoni toraygan to-monga siqadi. Siqilgan havo bosim ostida chiqaruvchi quvurga tushib, havoni yig‘uvchi idishga to‘planadi. Rotorli komprеssorlar porshеnli komprеssorlarga nisbatan kons-truksiyasi oddiy bo‘lsada ularning foydali ish koeffitsiyenti (F.I.K) nisbatan kichikdir.
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling