O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat statistika boshqarmasi
Download 0.59 Mb.
|
Raimov Abdurashid
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat statistika boshqarmasi. Kirish: Reja: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat statistika boshqarmasining me'yoriy-huquqiy hujjatlari tahlili. Samarqand viloyat statistika boshqarmasining Asosiy majburiyatlari, ustivor yo‘nalishlar, Vakolatlari hamda tashkiliy tuzilmasi. Samarqand viloyat statistika boshqarmasining rahbariyati, boshqarma bo‘limlari, boshqarma kengashi va hududiy bo‘limlar. Samarqand viloyat statistika boshqarmasida yoshlar siyosatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish istiqbollari. Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmi, yalpi hududiy mahsulotning o`sish sur`atlari, aholi jon boshiga YAHM hajmi va uning o`sish su`rati, Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida YAHM tarkibining tahlili. Samarqand viloyati statistika boshqarmasida narxlari va indekslari. Samarqand viloyatida Investitsiyalar, qurilish, tashqi iqtisodiy faoliyat, ichki savdo, sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmatlar, demografiya, mehnat bozori, kichik biznes va tadbirkorlik. Samarqand viloyat statistika boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo‘limlarining moliya-xo‘jalik faoliyati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Kirish: Oʼzbekiston Respublikasida davlat statistikasi tizimini yaratish borasida chora-tadbirlari izchil amalga oshirilishi natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda rasmiy statistik maʼlumotlarni yigʼish, toʼplash, saqlash, qayta ishlash va nashr etishning yahlit tizimi shakllantirildi. Maʼlumki, statistik maʼlumotlar – XXI asr, raqamlashtirish asrining “yoqilgʼisi" hisoblanadi. Maʼlumotlar dunyodagi eng qimmatbaho manba boʼlib, rivojlanish va taraqqiyot asosidir. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatda boshqaruv tizimini takomillashtirish va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng koʼlamli islohotlar statistika sohasida ham oʼz aksini topdi, bu oʼz oʼrnida mamlakat ichidagi foydalanuvchilar hamda xalqaro statistika hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda. Xususan, birgina oʼtgan uch yil ichida statistika faoliyatini takomillashtirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beshta qonunchilik hujjatlari, shuningdek, ularni amalga oshirishga qaratilgan 30 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilindi. Eʼlon qilinayotgan statistik maʼlumotlar roʼyxati va tarkibi sezilarli darajada kengaytirildi, respublikaning XVJning kengaytirilgan Maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga qoʼshilishi taʼminlandi hamda axborot sifati va uning mazmuni boʼyicha Ochiq maʼlumotlar portali faoliyati takomillashtirildi. Buning asosida, taqdim etilayotgan maʼlumotlarning dolzarbligi, ishonchliligi, ochiqligi, shaffofligi va qulayligi ortdi, natijada foydalanuvchilarning statistik maʼlumotlarga boʼlgan talablarini sezilarli darajada qondirish imkoniyati yaratildi va bu ishlar rasmiy statistikaga boʼlgan ishonchni oshirdi. Shu bilan birga, davlat miqyosidagi tadbirlar, xususan, 2020 yilda Multindikator klaster kuzatuvlari (MIKK), 2022 yilda aholini roʼyxatga olish, 2023 yilda qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish, shuningdek, Xalqaro taqqoslash dasturi – 2020 yil raundida ishtirok etish boʼyicha faol ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan strategik qarorlar qabul qilishda statistik maʼlumotlarning dolzarbligi va ahamiyatliligini taʼminlashning zarurligi va uzluksiz takomillashtirib borilishi toʼgʼrisida mustahqam tushuncha hosil boʼldi. Shu bilan birga, Jahon banki koʼmagida milliy statistika tizimini yanada rivojlantirishning yaxlit modeli ishlab chiqildi. Jahon banki koʼmagida ishlab chiqilgan Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi (bundan buyon matnda - SRMS) Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasining tashabbusi boʼlib, foydalanuvchilar ehtiyojlariga toʼliq javob beradigan, statistikaning dolzarbligini oshirishga, statistika tizimlarini boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirishga hamda mamlakat milliy statistikasining barqarorligi va bardavomligini taʼminlashga qaratilgan maqsadlar va kompleks tadbirlar majmuidir. Milliy statistika tizimi rasmiy statistik maʼlumotlarni yigʼadigan, ishlab chiqarish va tarqatish jarayonlarini uygʼunlashtiradigan hamda rivojlanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va iqtisodiy islohotlarni belgilash, jarayonlarni monitoring qilish va baholashda rasmiy statistikadan foydalanishni qoʼllab-quvvatlovchi barcha davlat organlarini oʼz ichiga qamrab olishi kerakligi koʼrsatib oʼtilgan. Shuningdek, jamoatchilikni statistika boʼyicha savodxonligi va xabardorligini oshirish, targʼibot-tashviqot ishlariga keng jalb qilish va provardida mamlakat statistika tizimini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish zarur. SRMS quyidagi strategik maqsadlarga asoslanadi: • mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosat va qabul qilinayotgan qarorlar bilan chambarchas bogʼliq boʼlgan asosiy milliy koʼrsatkichlarni lozim darajada va yetarli aks ettirish; • kuchli sifatni boshqarish, monitoring va baholash tizimini yoʼlga qoʼyish; • maʼlumotlarni ishlab chiqish va tarqatishning aniq siyosatini hamda samarali faoliyat yuritadigan milliy statistika tizimi yoʼlga qoʼyish; • izchil va barcha jihatlarni har tomonlama qamrab olgan kuchli huquqiy asoslarni, shuningdek, milliy statistika tizimining mustaqilligini va holisligini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish; • barcha milliy statistik maʼlumotlarni ishlab chiqaruvchilar jamiyatda rasmiy statistik maʼlumotlarga boʼlgan talabni qondirishga, foydalanuvchilarni mavjud statistik maʼlumotlardan xabardor boʼlishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga va rasmiy statistikani targʼib qilish orqali jamiyatni xabardor qilishga oʼz hissalarini qoʼshishni davom ettiradilar. SRMSni amaliyotga joriy qilish orqali quyidagi strategik natijalarga erishiladi: - foydalanuvchini statistik maʼlumotlar bilan yuqori darajada qondirish; - statistik maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar ish sifatini oshirishga intilish; - hukumat va hamkorlarning milliy statistikani rivojlantirishni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashi; - xodimlarning motivatsiyasi va yuqori malakasi; - mamlakatning butun milliy statistika tizimini samarali muvofiqlashtirish. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi va statistic maʼlumotlarni ishlab chiqaruvchi boshqa vazirlik va idoralar tomonidan professionallik, mustaqillik, xolislik, sifat, ishonchlilik, ochiqlik va shaffoflik kabi qadriyatlarni taʼminlash, avvalo barcha manfaatdor hamkorlar bilan oʼzaro hamkorlik aloqalariga asoslanadi. SRMSni amalga oshirilishi natijasida ushbu qadriyatlar tizimi hayotda oʼz aksini topadi va rasmiy statistikaning asosiy xalqaro tamoyillariga muvofiq institutsionallashadi. Аlbatta, yuqoridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi umumeʼtirof etilgan standartlarga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish hamda uning xalqaro statistika hamjamiyatiga toʼliq integratsiyalashuviga mustahkam zamin yaratadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling