«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»


Download 184.5 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi184.5 Kb.
#242712
  1   2
Bog'liq
Asırılǵan stavkalar


O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi Qonunining qabul qilinishi munosabati mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash bilan bog‘liq qonunbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshirildi. dekabrdan boshlab, yong‘inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida katta miqdorda zarar keltiradigan ekologik qoidabuzarliklar uchun 50 dan 100 BHM gacha jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni noqonuniy ravishda kesganlik uchun 100 dan 150 gacha BHM yoki jamoat ishlari uchun 240 soatdan 300 soatgacha jarima yoki 1 yildan yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoki ozodlikni 1 yildan 3 yilgacha cheklash, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (ilgari jarima miqdori 50 dan 75 BHMgacha, qolganlari o‘zgarishsiz) kabi jazo qo‘llaniladi.

Ekinlarga, o‘rmonlarga, daraxtlarga yoki boshqa o‘simliklarga qasddan zarar yetkazish, yo‘q qilganlik uchun — 150 dan 200 BHM gacha jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish, yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (ilgari jarima miqdori 75 dan 100 BHMgacha, qolganlari o‘zgarishsiz) kabi jazolar belgilanadi.

Ushbu cheklovlar atrof-muhitga 300 dan 500 BHM gacha bo‘lgan miqdorda zarar yetkazilganida qo‘llaniladi.

Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun to‘lanadigan jarimalar miqdori oshirildi. Qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra: fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha (223 ming so‘mdan 669 ming so‘mgacha); mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha (2 mln 230 ming so‘mdan 4 mln 460 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari bu miqdor fuqarolarga 111 500 so‘mdan 669 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha edi).

O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirildi



O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, chiqindilarni yo‘q qilish sohasidagi ayrim qonunbuzarliklar uchun jarima miqdori oshirildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”. Bu Prezident tomonidan 3-dekabr kuni imzolangan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo”

Hujjat bilan Jinoyat kodeksining 198-moddasiga (ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra, 4-dekabrdan boshlab olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan ekologik huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravardan 100 baravarigacha jarima yoki 240 soatgacha soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (avvalroq BHMning 50 baravarigacha jarima bo‘lgan, qolgan qismlar o‘zgarmagan).

Bundan tashqari, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (avvalroq BHMning 50 dan 70 baravarigacha jarima bilan jazolangan, qolgan qismlar o‘zgarmagan).




Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling