O‘zbekiston tarixi” fanidan ma’ruza materiallari


Download 140.91 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi140.91 Kb.
#1387899
  1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу. lotin


O‘ZBEKISTON TARIXI” fanidan MA’RUZA materiallari


2-mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
Ma’ruza – 2 soat. R e j a:
1. Fanda insoniyatning paydo bo‘lishi masalasi. O‘zbekiston odamzod paydo bo‘lgan hududlardan biri.
2. O‘zbekistonda ibtidoiy jamoa tuzumining tarixiy davrlari va ularning asosiy xususiyatlari. O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining o‘choqlaridan biri.
3. Dastlabki sivilizatsiyaning ma’naviy asoslari. «Avesto» qadimiy tarixiy manba.


Seminar – 2 soat. Mavzu: Markaziy Osiyo – insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri
R e j a
1. O‘zbekiston odamzod paydo bo‘lgan hududlardan biri.
2. O‘zbekistonda ibtidoiy jamoa tuzumining tarixiy davrlari va ularning asosiy xususiyatlari.
3. O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining o‘choqlaridan biri.
4. «Avesto» qadimiy tarixiy manba.


1. Fanda insoniyatning paydo bo‘lishi masalasi. O‘zbekiston odamzod paydo bo‘lgan hududlardan biri
Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha asrlar davomida tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. CHunki “antropogenez” eng qadimgi davr tarixini o‘rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘lishi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Xitoy, yunon faylasuflari mil. avv. V-I asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta’riflashga uringanlar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga etib kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay odamni xudo yaratganligi, yoki boshqa koinotdan kelib erga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor.
Ingliz olimlari ota-bola Likilar o‘tgan asrning 50-60-yillarida SHarqiy Afrikada (Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5mln. yil ilgari mavjud bo‘lgan degan g‘oyani ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar fanda “Zinjantrop” (“Ishbilarmon odamlar” yoki “Gomohabilis”) va “Avstralopitek” (“Janub maymuni”) deb nom olgan.
Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi YAva orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo‘lib, fanda ularni “Pitekantrop” (“Maymun- odam”) deb atash rasm bo‘lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln.-700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. SHuningdek, 1927 yilda Xitoy hududlaridan topilgan (D.Blek) qadimgi odam qoldiqlari (“Sinantrop” - “Xitoy odami”) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, sinatroplar eng qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qurollarini yasab, ulardan foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o‘simlik ildizlari va mevalarni iste’mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlashi qadimgi odamlarni hayvonot olamidan ajratib turgan.
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, “Arxantrop”lar (qadimgi odamlar) eng qadimgi odamlardan farqlanib, ular zamonamizdan 100-50 ming yil keyin yashaganlar. Qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari dastavval Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda ularni “Neandertal odami” deb nomlash qabul qilingan.
Eng qadimgi odamlar o‘zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat qurollarining turlarini ko‘paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada ularning turmush tarzida, jismoniy ko‘rinishida o‘zgarishlar bo‘lib borgan. SHuningdek, miya hajmi ham o‘zgarib borgan. O‘rta tosh asridagi turli sabablarga ko‘ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi. Odamning paydo bo‘lishi erdagi eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab toshdan oddiy to‘qmoq yasagan bo‘lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga etib keldi.
Antropogenez jarayonida mehnatning o‘zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalarning tashqi ko‘rinishidan ham aniqlanadi. Ko‘p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy jarayonlar - odam va jamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzotning dastlabki vatani Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Evropa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dastavval Osiyoning janubida paydo bo‘lgan degan g‘oyani ilgari suradilar.
YAqin yillarga qadar O‘zbekiston hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan 100 ming yillar ilgari o‘zlashtirilgan deb hisoblanib kelinar edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Evropa paleoliti bilan bog‘lab kelar edilar. Ammo so‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
O‘tgan asrning 80-yillarida arxeolog O‘.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur (So‘x tumani) g‘oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo‘ldilar. So‘nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selungur va yana Ko‘lbuloq makonidan (SHimoli-sharqiy O‘zbekiston, Toshkent vil.), Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron), Tyanshan etaklaridagi Onarcha (Qirg‘iziston), Pomir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) ilk paleolit davriga oid bo‘lib, Selengurning o‘zi o‘n uchta madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko‘plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko‘p hollarda Olduvoy qurollariga o‘xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarining yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi qadimgi odam jag‘ suyaklari, tishlari va elka suyaklaridir. Fanda “Farg‘ona odami”-”Fergantrop” deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonning insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.

Download 140.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling