O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili reja


Download 210.58 Kb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi210.58 Kb.
#1520354
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili


O’ZBEKISTON VA JAHON MOLIYAVIY BOZORLARINING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
Reja:
1. Moliya bozorlarini tartibga solishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi
2. Jahon moliya bozori: amaldagi holat va moliyaviy markazlar tahlili
3. O’zbekiston moliya bozori rivojlanish tendensiyalari tahlili

1. Moliya bozorlarini tartibga solishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi
Jahon moliyaviy inqirozi o’tgan asrning 30-yillarida yuz bergan Buyuk depressiya davridan buyon jahon moliya tizimi boshdan kechirgan inqirozlar ichida ko’lami jihatidan eng yirigi bo’lib, ta’sir doirasi nafaqat AQSh va Yevropa moliya bozorlarida, balki global miqyosda o’z aksini topdi. Buning natijasida, inqiroz va uning kelib chiqish sabablarini o’rganishga oid juda ko’p ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, inqirozning kelib chiqishiga sababchi bo’lgan omillar sifatidan moliya bozorlarini tartibga solish bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklar e’tirof etilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti ta’kidlaganlaridek: “Ayni vaqtda, inqiroz asosan o’z korporativ manfaatlarini ko’zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog’ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo’qligini ham tasdiqlaydi”1.
Aytish joizki, bugungi kunda moliya bozorlarini tartibga solish va me’yoriy asoslarni isloh etish bo’yicha zaruriy chora-tadbirlarni qo’llash yuzasidan olim va mutaxassisilar o’rtasida aniq bir to’xtam mavjud emas.
Inqirozning global xususiyatini inobatga olib, G20 katta yigirmatalik tomonidan kelishilgan global tartibga solish choralari ko’rildi va kerakli natijaga erishish maqsadida xalqaro agentliklarning tarkibi va majburiyatlarida bir qancha o’zgarishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, barcha taklif qilinayotgan me’yoriy o’zgarishlar (mavjud muammolar bo’yicha ziddiyatlar) o’z asosini topganmi? Butun moliyaviy sohalar o’zaro kelishishi mumkin bo’lgan me’yoriy o’zgarishlar mavjudmi? kabi savollar ochiqligicha qolmoqda. Shuningdek, tartibga solishdagi o’zgarishlar rivojlangan mamlakatlardan tortib, tez sur’atlarda rivojlangan mamlakatlar moliya sohalaridagi muammolarga mos kelishi masalasi mavjud.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, global moliyaviy inqirozning chuqurlashuvi sharoitida davlatning aralashuvini qo’llab-quvvatlovchilar safi kengayib bormoqda.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solish moliyaviy munosabatlar sohasida bozordagi moliyaviy oqimlarni tartibga solishga yo’naltirilgan yaxlit usullar va chora-tadbirlar majmuidir. Mutaxassislar fikricha, moliya bozorini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat1:
– moliya bozori barcha sektorlarining barqarorligiga ko’maklashish (foiz darajalarini, moliyaviy, investitsiya va sug’urta faoliyatidagi tavakkalchiliklarni tartibga solish);
– iqtisodiy o’sishni ta’minlashda inflyatsiya darajasini jilovlash (inflyasiyani targetlash, valyuta kurslari va pul massasini tartibga solish);
– ichki va xalqaro pul oqimi (kapital) harakatini ta’minlash, valyuta kurslari va pul massasini tartibga solish;
– moliya bozorida shaffoflik va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash.
Moliya bozori rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish, ya’ni davlat va bozor munosabatlariga mos (yoki o’z-o’zini tartibga solish) usullari orqali amalga oshirilishini kuzatish mumkin. Bozor usullari orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi2. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar bahosining (kursi yoki foiz darajasi) o’zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarni talablarini va ularga bo’lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda xalqaro moliya bozori o’z-o’zini tartibga soluvchi tizim sifatida ko’zga tashlanadi.
Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlar singari moliya bozori ham, o’z-o’zini tartibga solish imkoniyatiga qaramay, mutlaq barqaror tizim sifatida ko’rinmaydi va turli iqtisodiy sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari namoyon bo’ladi. Moliya bozori ko’plab sub’ektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, axborot, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o’z-o’zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlatning aralashuvini talab etilishi yaqqol kuzatilmoqda.
Zamonaviy tartibga solish nazariyalari tahlili shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda moliya bozorining davlat va bozor orqali tartibga solinishi o’zaro bir-birini to’ldirib boruvchi tizim sifatida shakllanmoqda. Bunda, birinchidan, raqobat asosida bozorda rivojlanish uchun rag’bat yuzaga keladi, ikkinchidan, moliya bozorini bozor vositalari orqali tartibga solishda yuzaga kelgan ziddiyatlarning oldini olishda davlat turli chora-tadbirlari bilan ishtirok etadi. Iqtisodiy inqirozlar, siyosiy nizolar, iqtisodiyotning to’la beqarorligi sharoitida davlat orqali tartibga solish katta o’rin tutsa, moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, modernizatsiyalash, innovatsiyalarni yaratish uchun moliya bozorini erkinlashtirish raqobatni kuchaytirishga katta e’tibor qaratiladi, bu esa tartibga solishning bozor mexanizmi orqali ta’minlanadi. Bozor mexanizmi orqali moliya tizimini tartibga solish bo’yicha hukumat doimo o’z nazoratini olib boradi, zarur paytda unga ko’maklashadi, sharoit yaratadi.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solishda huquqiy asos bo’lib, xalqaro konvensiyalar va kodekslar, xalqaro investitsiya kelishuvlari hamda XVF, Jahon banki guruhi, YUNKTAD hujjatlarida chet el investorlarining ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanish qoidalari belgilangan turli yo’riqnomalar hisoblanadi.
Xalqaro moliya bozorlaridagi investitsiyalarni tartibga solish bo’yicha ko’p tomonlama xalqaro konvensiyalarning asosiylari sifatida “Bahs-munozaralarni bartaraf etish bo’yicha Vashington konvensiyasi” (1965), “Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik ta’sis etish to’g’risidagi Seul konvensiyasi” (1985) kabilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin.
Xalqaro moliyaviy-investitsiya kelishuvlardan asosiy maqsad, davlatlarning milliy siyosatini ikki yoki ko’p tomonlama muvofiqlashtirish, xalqaro investitsiyalarni tartibga solishning umumiy qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. Xalqaro moliyaviy investitsiya kelishuvlari, uning qatnashchilari tarkibiga bog’liq ravishda ikki tomonlama, mintaqaviy va ko’p tomonlama bo’lishi mumkin. Bugungi kunga kelib, ikki tomonlama moliyaviy investitsiya kelishuvlarning imzolanishida asosiy ulush rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ular asosan, bunday shartnomalarni rivojlangan davlatlar bilan va o’zaro amalga oshirmoqdalar.


Download 210.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling