Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari


Download 44.08 Kb.
bet1/13
Sana09.06.2023
Hajmi44.08 Kb.
#1472801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ishmuradov Bunyod qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari (3)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETI

«Pedagogika» kafedrasi


5140800-Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 3- kurs talabasi
Aslanova Dilnozaning
«Pedagogik konfliktologiya» fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari
Ilmiy rahbar: Sh.O’roqov
Samarqand - 2014

Reja


KIRISh
ASOSIY QISM:

  1. Qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo sifatida

  2. Qadriyatlarning turlari va guruhlari

  3. Ta’limiy qadriyatlar va ularning mohiyati

  4. Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish murakkab ko’rinishga ega bo’lib, mazkur jarayon o’zaro bir-biri bilan bog’langan tarkibiy qismlar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Bunday o’zaro aloqador qadriyatli tasavvurlar tizimining tarkibiy qismlariga ehtiyoj, qiziqish, motiv, faoliyat maqsadi, axloqiy ideallar, interiorizasiya kabilarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, talabaning turli ko’rinishdagi harakati va faoliyatida uning maxsus o’ziga xos baholash munosabati namoyon bo’ladi. Aynan talabaning baholash munosabatlariga ko’ra yangi qadriyatlarni o’zlashtirishi amalga oshiriladi yoki bo’lmasa avvaldan mavjud bo’lgan qadriyatlar (masalan, ijtimoiy normalar, nuqtai nazarlar, qarashlar, fikrlar, qonun-qoidalar) yanada, ongda mustahkamlanadi.
Fanda ehtiyojlar inson faoliyatining faolligi sababi va manbai sifatida ko’rib chiqiladi. O’zining kelib chiqishi va rivojlanishiga ko’ra, ular ikkita bosqichni bosib o’tishadi (A.N.Leontyev). Birinchi boskichda ehtiyoj xuddi bir ichki, faoliyat uchun yopiq sharoit sifatida xarakterlanadi. Ushbu bosqichda qadriyat ehtiyojni qondirishga kodirdir, ideal sifatida maydonga chiqadi, buni amalga oshirish esa berilgan ehtiyojning real dunyoni bilish uchun bilimlarni taqqoslashni nazarda tutadi, bu esa mana shu mavjud ehtiyojni qondirish uchun vositalarni tanlashga yordam beradi. Ikkinchi bosqichda ehtiyoj - real bir kuchdir, u insonning aniq bir faoliyatini boshqaradi. Bu yerda ehtiyoj bilan mazmun aniqlashtirilib olinadi, u esa aynan tashqi reallikdan kirib keladi.
O’z navbatida, ehtiyoj faoliyatni jadallashtiradi va o’zining aniq natijasi bilan yakunlanadi. Avvaliga u sharoit sifatida maydonga chiqadi, birok talaba harakat qilishni boshlashi bilanoq, shu damning o’zidayoq uning transformasiyalanishi va ehtiyojning «o’zida» bo’lmay qolishi yuzaga keladi. Qanchalik faoliyat rivojlansa, shunchalik uning ko’zda tutilgan holati natijaga aylanib boraveradi.
Shuning uchun faoliyatni ehtiyojlarning qondirilishi va kelib chiqishi orqaligina to’g’ri tushunib olish mumkin. U bir vaqtni o’zida mavjud ehtiyojlarni kondirish jarayoni va yangi ehtiyojlarni yaratish sharoiti, shu bilan birga mavjud subyekt va obyekt o’rtasidagi qarama-qarshilik yechimi jarayoni va yangining paydo bo’lishini nazarda tutadi.
Ehtiyojlar kelajakka yo’naltirilgan bo’lib, natijada hayotiy faoliyat namunasini dasturlashtiradi. Ehtiyojlar o’zining regulyatorlik funksiyasiga ko’ra, o’zida muhim ahamiyatliligi yuqori bo’lgan shaxs rivojlanishi mezonini aks ettiradi. Talabalarda qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllan-tirishda ehtiyojlar bilan bir vaqgda qiziqishning ham mavjud bo’lishi, tabiiydir.
Ehtiyojdan maqsadni shakllantirishga o’tish o’z-o’zidan amalga oshirilmaydi. Ehtiyoj va maqsad motivni birlashtiradi. Ehtiyojlar motivga nisbatan birlamchidir, ular esa aynan kelib chiqqan ehtiyoj asosida shakllanadi, Faollik ehtiyojlarning o’zidan kelib chiqmaydi, balki subyektning mavjud holati shart-sharoiti o’rtasidagi ziddiyatga bog’liqdir. Aynan shu qarama-qarshilik (ziddiyat) faoliyatni ragbatlantiradi (stimul), va shart-sharoitlarning o’zgarishi yoki saqlab qolinishiga
kurashishga undaydi. «Motiv» kategoriyasi, o’z navbatida, «ehtiyoj» kategoriyasini aniqlashtiradi va to’ldiradi, va subyektning uning hayotiy faoliyati sharoitlariga munosabatlarini aks ettiradi.

Download 44.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling