Pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


Download 0.56 Mb.
bet1/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1442219
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akslantirishlar hamda ularning baʼzi muhim xossalari 1 (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-
MATEMATIKA FAKULTETI
“5110100-MATEMATIKA VA INFORMATIKA” TA’LIM
YO‘NALISHI

KURS ISHI

Mavzu: Akslantirishlar hamda ularning baʼzi muhim xossalari

BAJARDI: MI 204-guruh
talabasi M.Alimatova

TEKSHIRDI: Algebra va sonlar nazariyasi fan o’qituvchisi Ibragimova Dilnoza
TOSHKENT 2022
MUNDARIJA
KIRISH ……………...………………………………………………3
I BOB. BOB AKSLANTIRISHLAR
1 Akslantirishlar haqida umumiy malumot. ….................................6
2 Akslantirishlarning xossalari.............................................................8
II BOB. AKSLANTIRISH VAULARNING MUHIMHOSSALARI
1 Akslantirishlar kompozitsiyasi........................................................14
2 Akslantirishlar va ularning turlari …...........................................20
III. Xulosa............................................................................................27
IV. Foydalanilgan adabiyotlar..........................................................29

KIRISH

Matematika hamma aniq fanlarga asos.


Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng
tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada
muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.

M.SH.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Buning yorqin dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini qabul qilinishi, ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini tubdan yangilash va rekonstruksiya qilish, milliy dasturlarini amalga oshirilishi, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari joriy etish sohasidagi qabul qilingan qonun va qarorlarni keltirishimiz mumkin. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo‘llanilayotgani, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lamining tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‘yicha milliy va maxalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta’limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shularni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida ta’limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta’limni umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jahonning ilg‘or yutuqlarini e’tiborga olib, oliy o‘quv yurtlarida har tomonlama shakllangan va yetuk mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi yangi islohatlarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirishga katta ahamiyat bermoqda. 2020-yil mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi. Bu ishlarning davomi sifatida 2021-yil ham ko‘p vazifalar belgilab berildi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev Oʻzbekistonning matematika fani boʻyicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim Butunjahon fanlar akademiyasi aʼzosi ekanini alohida taʼkidladi. Koʻplab xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij, Seul kabi yirik shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining ijrosi doirasida poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining Matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilib foydalanishga topshirildi. Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 31-yanvar yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuvda matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bogʻlash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish kerakligi taʼkidlandi va vazifalar belgilab berildi. Bugungi kunda, matematika o’qituvchisini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida algebra va sonlar nazariyasi kursini o‘qitish jarayoni juda ilg‘or suratlarda o‘sib bormoqda. Yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida algebra va sonlar nazariyasi kursidagi ta’rif, teorema, xossalarning isbotlari, qo‘llanilish jarayonlari, elementar matematikaga tadbiqlari aniq bayon qilinmoqda. Shu boisdan algebra va sonlar nazariyasi kursidan kurs ishi yozishga qaror qildim. Bu kurs ishini yozishdan maqsad esa algebra va sonlar nazariyasining asosiy teoremalarining tatbiqiy masalalarini, xususan elementar matematikaga tatbiqlarini o‘rganish.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling