Pensiya ishi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana17.04.2020
Hajmi1.58 Mb.
#99846
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat xaridi umk[1]


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
“PENSIYA ISHI” KAFEDRASI 
 
“DAVLAT XARIDI” 
 
fanidan  
 
O’QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2018 
 
 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
“PENSIYA ISHI” KAFEDRASI 
 
“DAVLAT XARIDI” 
 
fanidan  
 
O’QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
Bilim sohasi: 
200000 
–  Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
Ta’lim sohasi: 
230000 
–  Iqtisod  
Ta’lim yo‘nalishi: 
5230600 
–  Moliya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2018 

Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligining 201__ yil ___ _____________dagi ___ sonli buyrug’i bilan 
tasdiqlangan o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.  
 
Tuzuvchilar: 
 
 
 
 
 
Mamatov B.S. 
Tursunov J.P. 
 
– 
TMI, “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri, i.f.n.; 
TMI, “Pensiya ishi” kafedrasi assistenti. 
 
Taqrizchilar: 
 
 
 
 
 
Vaxabov A.V.  
–  Mirzo  Ulug’bek  nomidagi  O’zbekiston  Milliy 
universiteti  “Makroiqtisodiyot”  kafedrasi  mudiri, 
i.f.d., prof. (turdosh OTM); 
Davronov Sh.Z. 
–  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan  tashqari Pensiya  jamg’armasi,  Boshqarma 
boshlig’i. (kadrlar buyurtmachisi); 
Pardayev U.U 
–  TMI, “Pensiya ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi PhD. 
 
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi kafedraning 2018-yil _____________dagi 
__  sonli  yig’ilishida  muhokama  qilingan  va  fakultet  Kengashida  ko’rib  chiqish 
uchun tavsiya etilgan. 
 
Kafedra mudiri    
 
 
 
 
 
B. Mamatov 
 
Fanning  O‘quv-uslubiy  majmuasi  Byudjet  hisobi  va  davlat  jamg’armalari 
fakulteti  Kengashida  muhokama  qilingan  va  institut  Kengashida  ko’rib  chiqish 
uchun tavsiya etilgan (2018-yil ___ ___________dagi ___ sonli qaror). 
 
Fakultet dekani    
 
 
 
 
 
O. Komolov 
 
 
KELISHILDI: 
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i 
 
 
 
T.Baymuratov 
 
Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 2017-
yil  __  ______________dagi  ___-sonli  yig’ilishida  ko’rib  chiqilgan  va  tasdiqlash 
uchun tavsiya qilingan.  
 
O’quv ishlari bo‘yicha prorektor    
 
 
I. Qo’ziyev 
 
Fanning 
O‘quv-uslubiy  majmuasi  institut  Kengashining  2018-yil 
______________dagi ___-sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan. 
 
 

KIRISH 
 
  Mamlakatimizning  har  tomonlama  rivojlanishida  davlat  xarajatlarini 
boshqarishning zamonaviy tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat xarajatlari 
sarflanishining  samaradorligini  oshirish,  ulardan  optimal  darajada  foydalanishni 
yo’lga qo’yish milliy iqtisodiyotimiz rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Davlat  xaridi  davlat  infratuzilmasini  iqtisodiy  jihatdan  ta’minlash  uchun 
amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasi iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmadan iborat 
bo’ladi.  Iqtisodiy  infratuzilma  transport,  ishlab  chiqarish  sohalarini  kengaytirish, 
zamonaviy texnika va texnologiyalarni turli sohalarga jalb etishdan iborat bo’lsa, 
ijtimoiy  infratuzilma  jamiyatning  ijtimoiy  hayoti  bilan  bog’liq  bo’lgan 
sohalar(ta’lim,  sog’liqni  saqlash,  ijtimoiy  himoya  kabilar)ni  o’z  ichiga  oladi. 
Davlat  xaridi  ushbu  infratuzilmalarni  moliyaviy  jihatdan  ta’minlashda  katta 
ahamiyatga  ega.  Davlat  xaridi  orqali  iqtisodiyotning  turli  sohalarida  ishlab 
chiqarish 
darajasini 
yuksaltirishga, 
korxonalar 
o’rtasidagi 
raqobatni 
rivojlantirishga,  korxonalar  tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlar  sifatini 
yanada yaxshilashga, kichik biznesni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish mumkin. Shu 
bilan birga, davlat xaridi orqali milliy ishlab chiqaruvchilarning chet el korxonalari 
bilan  raqobatbardosh  bo’la  olishi  imkoniyati  ortadi.  Chunki  davlat  o’ziga  kerakli 
xaridni  amalga  oshirar  ekan,  bunda  xizmat  yoki  mahsulot  sifati  yuqori  bo’lishi 
kerak.  Bu  esa  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarni  turli  elektron  savdolar  va 
tenderlarda  faolligini  oshiradi.  Sifatli  mahsulot  yaratuvchi  korxonalar  chet  elda 
o’tkaziladigan  tenderlarda  ham  ishtirok  etishi  mumkin.  Natijada  eksport  ortadi, 
aholi daromadlari ko’payadi. 
Bozor  iqtisodiyotining  muhim  talablaridan  biri  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotga  erkin  narx  shakllanishidir.  Bozor  sharoitida  korxona  talab  va  taklif 
nisbatidan kelib chiqib mustaqil narx belgilash imkoniga ega bo’ladi. 1994 yildan 
boshlab  respublikada  xarajatlarni  shakllantirishning  o’ziga  xos  tartibi  amal  qilib, 
unga ko’ra korxona tomonidan narx belgilashda ishlab chiqarish tannarxi va davr 
xarajatlari  hisoblab  chiqiladi.  Bunda,  joriy  xarajatlar,  ma’muriy  va  boshqa  ayrim 
xarajatlar  davr  xarajatlari  (yalpi  foyda)ga  kiritila  boshlandi.  Mahsulotning  “to’liq 
tannarxi”  iborasi  narx  belgilash  bo’yicha  uslubiy  qoidalardan  umuman  chiqarilib 
tashlangan edi. Natijada mahsulotning ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi 
to’liq  tannarxiga  nisbatan  rentabelligi  ko’rsatkichini  aniqlash  mumkin  bo’lmay 
qoldi.  Ko’pchilik  korxonalar  o’z  xarajatlarini  tahlil  qilishga  rasmiy  qaray 
boshlashdi. Faqat tabiiy monopoliyalar va qonunchilikka muvofiq o’z mahsulotlari 
narxini vakolatli organlarda deklaratsiyalashi lozim bo’lgan monopolist-korxonalar 
bundan  mustasnodir.  Ayni  paytda,  ayrim  korxonalar  o’z  xarajatlarini  faoliyat 
turlari  bo’yicha  ham,  iqtisodiy  elementlar  bo’yicha  ham  hisoblashni  davom 

ettirdilar.  Mazkur  usullardan  foydalanish  korxonalarga  talab  va  taklifdan  kelib 
chiqqan  holda  sotuv  hajmlari  va  narxlar  nisbatini  aniq  hisobga  olishga  imkon 
beradi,  bu  esa  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  raqobatbardoshligini  oshiradi. 
Narx  belgilashning  bunday  tartibidan  hozirgi  paytda  birmuncha  o’zgartirishlar 
bilan foydalanilmoqda.   
Amalga  oshirilayotgan  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad  davlat  byudjeti  va 
byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, 
byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari 
uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishishdir. 
Shuningdek,    bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  narxlar  va  narx  tizimini  davlat 
tomonidan  tartibga  solish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan,  iqtisodiyotda 
narx  tizimini  tartibga  solish  orqali  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishiladi,  bozor 
raqobat  natijasida  sifatli  mahsulot,  ish  va  xizmatlarga  to’yinadi.    Korxonalar 
tomonidan ishlab chiqaladigan strategiyalar bevosita narx siyosatiga bog’liq bo’lib, 
raqobat  kurashi  kuchaygan  sharoitda  oqilona  narx  siyosati    korxona  moliyaviy 
natijalariga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Qolaversa,  davlat  xaridi  tizimida  raqobatni 
rivojlantirish  maqsadida  optimal  narxda  tovar(ish,xizmat)  etkazib  beruvchi 
korxonalar  va  kichik  biznes  sub’ektlarining  elektron  katolog  va  elektron 
savdolarda  ishtiroklari ko’lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. 
Bu maqsadga erishish uchun  bo’lajak moliya tizimidagi  mutaxassislarda, ya’ni 
talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va 
mexanizmi,  davlat  xaridini  tashkil  etishdagi  mavjud  muammolar  hamda  ularni 
bartaraf etishning istiqbol yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning davlat xaridi tizimini 
o’rganish  va  taqqoslash  asosida  tegishli  xulosalar  ishlab  chiqish,  ularning  ilg’or 
tajribalarini  o’zimizning  amaliyotga  tadbiq  etish  borasida  nazariy  va  amaliy 
bilimlarni  shakllantirish  muhim  ahamiyatga  ega.    Maskur  o’quv  majmua  aynan 
mana shu maqsadga xizmat qiladi. 
 
 
 

MUNDARIJA 
 
 
bet 
KIRISH 
 
I-bo’lim 
O’QUV MATERIALLAR 
 
 
 
 
1.1. 
MA’RUZALAR MATNLARI 
 
 
 
 
1-mavzu 
Davlat  xaridi  fanining  obyekti,  metodi  va  boshqa  fanlar  bilan  o’zaro 
aloqadorligi 
 
2-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyati va uning 
iqtisodiyotga ta’siri  
 
3-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari  
 
4-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etish modellari 
 
5-mavzu 
O’zbekiston  respublikasida  davlat  xaridini  tashkil  etish  va 
boshqarishning joriy holati 
 
6-mavzu 
Tender savdolarini tashkil etish va o’tkazish tartibi 
 
7-mavzu 
Davlat  xaridi  tizimini  boshqarish  orqali  kichik  biznes  sub’ektlarining 
rivojlanishiga ta’sir etish  
 
8-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etishda korruptsiyaga qarshi kurash  
 
9-mavzu 
Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi  
 
 
 
 
1.2. 
AMALIY MASHG’ULOTLAR MAVZULARI 
 
 
 
 
1-mavzu 
Davlat  xaridi  fanining  obyekti,  metodi  va  boshqa  fanlar  bilan  o’zaro 
aloqadorligi 
 
2-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyati va uning 
iqtisodiyotga ta’siri  
 
3-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari  
 
4-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etish modellari 
 
5-mavzu 
O’zbekiston  respublikasida  davlat  xaridini  tashkil  etish  va 
boshqarishning joriy holati 
 
6-mavzu 
Tender savdolarini tashkil etish va o’tkazish tartibi 
 
7-mavzu 
Davlat  xaridi  tizimini  boshqarish  orqali  kichik  biznes  sub’ektlarining 
rivojlanishiga ta’sir etish  
 
8-mavzu 
Davlat xaridini tashkil etishda korruptsiyaga qarshi kurash  
 
9-mavzu 
Davlat xarid tizimini boshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi  
 
 
 
 
II-bo’lim 
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
 
 
“Davlat xaridi” fanidan mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy 
qo’llanma 
 
 
 
 
III-bo’lim  GLOSSARIY 
 
IV-bo’lim  ILOVALAR 
 
 
 
 

1-MAVZU. DAVLAT XARIDI FANINING OBYEKTI, METODI VA 
BOSHQA FANLAR BILAN O’ZARO ALOQADORLIGI 
REJA: 
1.  “Davlat xaridi” fanining mazmuni va uni o’qitishning zaruriyati 
2.  “Davlat xaridi” fanining ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari 
3.    “Davlat  xaridi”  fanining  metodlari  va  boshqa  fanlar  bilan  o’zaro 
bog’liqligi 
Tayanch so’z va iboralar 
Fanning  mazmuni,  uni  o’qitishning  zaruriyati,  fanining  predmeti,  maqsadi, 
vazifalari,  fanining  o’rganish  metodlari,  fanning  boshqa  fanlar  bilan  o’zaro 
bog’liqligi 
 
1. “Davlat xaridi” fanining mazmuni va uni o’qitishning zaruriyati 
Ma’lumki,  rivojlangan  yirik  mamlakatlar  iqtisodiyotiga  2008  yilda 
boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hali-beri salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
O’tgan davr mobaynida ahvolni yaxshilash maqsadida ko’rilayotgan barcha chora-
tadbirlarga  qaramasdan,  aksariyat  davlatlarda  o’sish  sur’atlari  va  ishlab 
chiqarishning  amalda  pasayishi  kuzatilmoqda  va  bunday  jarayon  davom  etadigan 
bo’lsa,  u  global  miqyosda  resessiya  holatiga,  ya’ni  iqtisodiyotning  o’sish  o’rniga 
davomli  ravishda  pasayib  borishiga  olib  kelishi  mumkinligi  bashorat  qilinmoqda. 
Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib 
bo’lmaydigan  va  turli  xavf-xatarlar  saqlanib  qolayotgan  bir  sharoitda  davlat 
qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon 
zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi, kredit qobiliyatining keskin 
pasayishi  va  investitsiyaviy  faollikning  susayishi  bilan  bog’liq  murakkab 
muammolar  ko’plab  davlatlar  iqtisodiyotining  tiklanish  va  o’sish  sur’atlariga 
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.  
Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilib, xalqaro hamjamiyat e’tirofiga ham 
sazovor  bo’lgan,  besh  tamoyilga  asoslangan  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning 
“o’zbek  modeli”  global  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozning  mamlakatimiz  bank-
moliya tizimiga sezilarli ta’sir ko’rsatishini oldin oldi. Qolaversa, o’z vaqti puxta 
ishlab  chiqilgshan  inqirozga  qarshi  chora-tadbirlar  bank-moliya  tizimidagi 
muvaffaqiyatlarimizning  bosh  mezoni  bo’ldi.  Bularning  samarasi  o’laroq, 
mamlakatimiz iqtisodiyotida yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. O’tgan 2015 
yildagi  yutuqlarimiz  bor  asida  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek, 
“Nufuzli  xalqaro  moliyaviy-iqtisodiy  tashkilotlar  va  ilmiy  markazlar  tomonidan 
yuqori  baholanayotgan  yutuqlar  va  mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlantirish 
istiqbollari  butun  jahonda  “o’zbek  modeli”  sifatida  e’tirof  etilib,  bu  tanlangan 
rivojlanish  strategiyasining  yuqori  samaradorligi  va  muvaffaqiyatini  yana  bir  bor 

tasdiqlagani alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq 
O’zbekiston  2014-2015  yillardagi  rivojlanish  yakunlari  va  2016-2017  yillarda 
iqtisodiy  o’sish  prognozlari  bo’yicha  dunyodagi  eng  tez  rivojlanayotgan  beshta 
mamlakat  qatoridan  joy  olgan.  2015  yil  yakunlari  bo’yicha  mamlakatning  yalpi 
ichki  mahsuloti  8  foizga,sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  8  foizga, 
qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  qariyb  7  foiz,  qurilish-montaj  ishlari  hajmi  salkam 
18  foizga  oshdi.  Davlat  byudjeti  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  0,1  foiz 
miqdorida  profitsit  bilan  ijro  etildi.  Tashqi  savdo  aylanmasida  ijobiy  saldo 
ta’minlandi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichlaridan oshmadi”
 1

Albatta,  iqtisodiyotda  erishilgan  marralarni  yanada  mustahkamlash, 
istiqbolga  mo’ljallangan  uzoq  muddatli  maqsadlar  va  amalga  oshirilayotgan 
islohotlar  samaradorligini  ta’minlashda  ijtimoiy  hayotimizning  barcha  sohalarida 
bo’lgani  kabi  moliya  tizimida  ham  chuqur  o’zgarishlarga  erishish  -  bugungi 
kunning  asosiy  talablaridandir.  Moliya  tizimidagi  islohotlarning  mazmuni  esa 
mamlakat  byudjeti  barqarorligini  ta’minlash,  byudjet  mablag’larini  oqilona 
shakllantirish  va  ulardan  samarali,  tejamkorlik  asosida  foydalanishga  qaratilgan. 
Zero,  muhtaram  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,    «Davlat 
byudjetining  samarali  ijrosi,  byudjet  intizomini  yaxshilash    davlat  moliyasini 
sog’lomlashtirishning,  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  moliyaviy 
ta’minlashning muhim omili bo’lib qolaveradi»
2

Ta’kidlash joizki, davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan 
o’zgarishlarning  markazida  davlat  byudjetining  shakllanishi  va  uning 
mablag’laridan  yanada  samarali  foydalanish,  byudjet  taqchilligi  o’sishiga  ta’sir 
etuvchi  omillarning  oldini  olish,  shu  bilan  birga  byudjet  mablag’laridan 
foydalanish  jarayonida  byudjet  intizomlariga  rioya  etilishini  ta’minlash  va  bunda 
byudjet  mablag’laridan  tejamkorlik  asosida  maqsadli  va  oqilona  foydalanish, 
qolaversa,  samarali  davlat  xaridi  tizimini  shakllantirish  orqali  davlat  byudjetining 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini oshirish masalalari turadi.  
Byudjet  mablag’laridan  oqilona  foydalanishga  samarali  davlat  xaridi  tizimini 
shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, davlat byudjeti mablag’larining 
katta  qismi  byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  tasdiqlangan 
ehtiyojlarini  tovar, ish, xizmatlar bilan ta’minlashga sarflanadi.  
Davlat byudjeti iqtisodiyot rivojlanishining turli boqichlarida byudjet siyosatini 
amalga oshirish quroli, mo’ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun 
pul  mablag’larining  asosiy  manbai  hisoblanadi.  Shu  bois,  byudjet  mablag’laridan 
                                           
1
  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovning  mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
yakunlari  va  2016  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan 
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.www.press_service.uz 
2
  Karimov  I.  A.  Erishgan  marralarimizni  mustahkamlab,islohotlar  yo’lidan  izchil  borish  –  asosiy  vazifamiz.  
T.:«O’zbekiston», 2004, 4-bet. 

foydalanish  yuzasidan  davlat  xaridi  moliyaviy  barqarorlik  uchun  shart-sharoitlar 
yaratishga qaratilgan davlat moliyaviy siyosatini ifodalaydi. Davlat davlat xaridining 
bosh  maqsadi  byudjet  mablag’laridan  samarali,  hamda  oqilona  foydalanishni 
ta’minlashdan iborat.  
Shuningdek,  davlat  moliyaviy  nazoratining  oldida  turgan  eng  asosiy  vazifa 
davlat  byudjeti  oldidagi  majburiyatlarning  o’z  vaqtida  va  to’liq  bajarilishini  hamda 
byudjet mablag’laridan tejamli foydalanishni ta’minlashdan iborat. 
Davlat  xaridi  davlat  organlari  (tashkilot,  muassasalari)ning    davlat 
funksiyasini amalga oshirish uchun qiladigan xarajatlarning asosiy qismini tashkil 
etib, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va investitsiya oqimini ta’minlash 
uchun  qulay  shart-sharoitlar  shakllanishining  muhim  omillaridan  biri  hisoblanadi. 
Davlat xaridi investitsiya salohiyatini samarali taqsimlash va davlat uchun strategik 
ahamiyatli  bo’lgan  tarmoqlarning  rivojlanishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar 
yaratilishining,  shuningdek,  ilmiy  tadqiqotlarni  o’tkazish  va  natijalarini  ishlab 
chiqarish  jarayonlariga  jalb  qilishning  muhim  vositasi  sanaladi.  Shuning  uchun 
davlat  xaridlarini  tashkil  etish  bilan  bog’liq  muammolar  doim  dolzarb    bo’lib, 
barcha  davlatlarda  davlat  xaridi  tizimini  takomillashtirishga  qaratilgan  uzviy  va 
davomli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  7  fevraldadagi  “Davlat 
xaridlari  tizimini  muqobillashtirish  va  ularga  kichik  biznes  sub’ektlarini  jalb 
qilishni  kengaytirish  to’g’risida”gi  PQ-1475  sonli  Qarorini  qabul  qilinishi  bilan 
davlat  xaridlarini  takomillashtirishning  yangi  davri  boshlandi.  Mazkur  qaror 
ijrosini  ta’minlash  yuzasidan  mamlakatimizda  bir  qator  muhim  chora-tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Ochiqlik,  shaffoflik  va  raqobatga  asoslanga  davlat  xaridi 
tiziminini  joriy  etish  va  takomillashtirish  yuzasidan  qarayb  5  yil  davomida  shu 
qadar keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.  
Bozor  iqtisodiyotining  muhim  talablaridan  biri  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotga  erkin  narx  shakllanishidir.  Bozor  sharoitida  korxona  talab  va  taklif 
nisbatidan kelib chiqib mustaqil narx belgilash imkoniga ega bo’ladi. 1994 yildan 
boshlab  respublikada  xarajatlarni  shakllantirishning  o’ziga  xos  tartibi  amal  qilib, 
unga ko’ra korxona tomonidan narx belgilashda ishlab chiqarish tannarxi va davr 
xarajatlari  hisoblab  chiqiladi.  Bunda,  joriy  xarajatlar,  ma’muriy  va  boshqa  ayrim 
xarajatlar  davr  xarajatlari  (yalpi  foyda)ga  kiritila  boshlandi.  Mahsulotning  “to’liq 
tannarxi”  iborasi  narx  belgilash  bo’yicha  uslubiy  qoidalardan  umuman  chiqarilib 
tashlangan edi. Natijada mahsulotning ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi 
to’liq  tannarxiga  nisbatan  rentabelligi  ko’rsatkichini  aniqlash  mumkin  bo’lmay 
qoldi.  Ko’pchilik  korxonalar  o’z  xarajatlarini  tahlil  qilishga  rasmiy  qaray 
boshlashdi. Faqat tabiiy monopoliyalar va qonunchilikka muvofiq o’z mahsulotlari 
narxini vakolatli organlarda deklaratsiyalashi lozim bo’lgan monopolist-korxonalar 

bundan  mustasnodir.  Ayni  paytda,  ayrim  korxonalar  o’z  xarajatlarini  faoliyat 
turlari  bo’yicha  ham,  iqtisodiy  elementlar  bo’yicha  ham  hisoblashni  davom 
ettirdilar.  Mazkur  usullardan  foydalanish  korxonalarga  talab  va  taklifdan  kelib 
chiqqan  holda  sotuv  hajmlari  va  narxlar  nisbatini  aniq  hisobga  olishga  imkon 
beradi,  bu  esa  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  raqobatbardoshligini  oshiradi. 
Narx  belgilashning  bunday  tartibidan  hozirgi  paytda  birmuncha  o’zgartirishlar 
bilan foydalanilmoqda.   
Amalga  oshirilayotgan  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad  davlat  byudjeti  va 
byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, 
byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari 
uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishishdir. 
Shuningdek,    bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  narxlar  va  narx  tizimini  davlat 
tomonidan  tartibga  solish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan,  iqtisodiyotda 
narx  tizimini  tartibga  solish  orqali  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishiladi,  bozor 
raqobat  natijasida  sifatli  mahsulot,  ish  va  xizmatlarga  to’yinadi.    Korxonalar 
tomonidan ishlab chiqaladigan strategiyalar bevosita narx siyosatiga bog’liq bo’lib, 
raqobat  kurashi  kuchaygan  sharoitda  oqilona  narx  siyosati    korxona  moliyaviy 
natijalariga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Qolaversa,  davlat  xaridi  tizimida  raqobatni 
rivojlantirish  maqsadida  optimal  narxda  tovar(ish,xizmat)  etkazib  beruvchi 
korxonalar  va  kichik  biznes  sub’ektlarining  elektron  katolog  va  elektron 
savdolarda  ishtiroklari ko’lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. 
Bu  maqsadga  erishish  uchun    bo’lajak  moliya  tizimidagi    mutaxassislarda, 
ya’ni  talabalarda  davlat  xaridi  va  narx  siyosatining  mohiyati,  uni  tashkil  etish 
jarayoni va  mexanizmi, davlat  xaridini tashkil  etishdagi  va   ayrim  turdagi turdagi 
Tovar  va  xizmatlar  narxini  tartibga  solishdagi  mavjud  muammolar  hamda  ularni 
bartaraf  etishning  istiqbol  yo’nalishlari,  xorijiy  davlatlarning  Davlat  xaridini 
tartibga  solish  tizimini  o’rganish  va  taqqoslash  asosida  tegishli  xulosalar  ishlab 
chiqish,  ularning  ilg’or  tajribalarini  o’zimizning  amaliyotga  tadbiq  etish  borasida 
nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. 
Oliy  ta’limning  5230600-“Moliya”  yo’nalishida  ta’lim  olayotgan  talabalar 
kelajakda  moliya  tizmi  organlari  (moliya,  g’aznachilik,  pensiya  bo’limlari)da, 
byudjet  tashkilotlarida,  yoki  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalardan 
mablag’  oluvchi  boshqa  tashkilotlarda  mehnat  faoliyatini  yuritgalarida  davlat 
xaridi tizimining bevosita  yoki bilvosita ishtirokchisi bo’ladilar. Shu bois, bo’lajak 
mutaxassislarni  mazkur  tizim  bo’yicha  etarlicha  nazariy  va  amaliy  bilimlarini 
shakllantirish  maqsadida  mazkur  ta’lim  yo’nalishi  o’quv  rejasiga  “Davlat  xaridi” 
fani kiritilgan. 
Bu  fanni  o’qitishni  zaruriyatini  davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari 
jamg’armalarining  mablag’laridan  oqilona  va  tejamkorlik  asosida  foydalanishni 

ta’minlash,  davlat  tomonidan  ayrim  turdagi  tovar  va  xizmatlar  narxini  tartibga 
solishning zaruriyati bilan izohlash mumkin. 
“Davlat  xaridi”  fani  davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalar 
mablag’lari hisobidan tovar(ish,xizmatlar)ni sotib olish va  ayrim turdagi tovar va 
xizmatlar  narxini  tartibga  solish  mexanizmini  chuqur  o’rganish  asosida  xulosalar 
chiqarib,  ularni  amaliyotga  samarali  tadbiq  etish  yo’llarini  o’rgatadi.  “Davlat 
xaridi”  fani  Davlat  xaridini  tartibga  solish  amaliyotidagi  eng  to’g’ri,  eng 
mukammal  va  eng  progressiv  usul  va  mexanizmlarni  nazariy  o’rganib,  yana 
amaliyotga eng to’g’ri, amalda ijobiy samara bergan usullar va  ilg’or tajribalarni 
umumlashtirib  beradi,  amaliyotga  yo’l  ko’rsatish  uchun  zarur  bo’ladi.  Zero, 
mashhur  iqtisodchilar  ta’kidlaganlaridek  “Nazariyasiz  amaliyot  yo’q,  amaliyotsiz 
nazariya yo’q”.  

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling