Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi. Plastmassalardan maxsulot olish texnologiyasi


Download 471.5 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi471.5 Kb.
#1625749
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-M. Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar.


4-Ma’ruza. Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar. Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi. Plastmassalardan maxsulot olish texnologiyasi.

Reja


  1. Yog’ochlarning qishloq xo’jalik va sanoatdagi ahamiyati.

  2. Yog’ochlarning turlari, ularning tuzilishi va xossalari.

  3. Yog’ochlarni quritish va saqlash usullari.

  4. Shisha materiallar.

  5. Polimerlar va ularning turlari hamda xossalari

  6. Polimer materiallarining strukturasi.

  7. Polimerlarni mustahkamlashtirish uchun ishlatiladigan komponyentalar.

  8. Polimerlarning konstruktsion material sifatida qo’llanilishi.



Yog’ochlarning qishloq xo’jalik va sanoatdagi ahamiyati. Mustaqil O’zbyekiston Ryespublikasining gullab-yashnashi uchun xalq xo’jaligi, jumladan, qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlarini yangi tyexnologiya va tyexnika asosida rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun xomashyolar va ularning manbalaridan oqilona foydalanish zarur. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi va sanoatning barcha tarmoqlarida xomashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida yog’ochning roli kundan-kunga oshib bormokda. Yog’ochdan asosan tabiiy yoki qayta ishlangan holda foydalaniladi. Shu bilan ayrim turli-tuman buyumlarning asosi yog’och hisoblanadi. Xalq xo’jaligida ishlatilish hajmi va turli-tumanligi bilan yog’och boshqa matyeriallarga nisbatan ko’proq ishlatiladi. Yog’och dyeganda, biz arralab yiqitilgan va ildiz hamda shox- shabbalardan tozalangan daraxt tanasini tushunamiz. Yog’ochdan qurilishda rom, eshik, pollar qurishda kyeng foydalaniladi: undan shuningdyek, myebyel, idishlar, shpallar, sport invyentari ko’prik va kyemalarning elyemyentlari, musiqa asboblari va hokazolar yasaladi. Tabiiy va pryesslangan yog’ochdan mashinasozlikda foydalaniladi; u kon sanoatida mahkamlash matyeriali sifatida ishlatiladi; yog’och syellyuloza-qog’oz sanoatida, oziq achitqilari olishda, kord (shina sanoatida), viskoza tolasi (to’qimachilik sanoatida), furfurol (plastmassa, sintyetik tolalar) ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo’lib xizmat qiladi.
Ryespublikamizda mavjud bo’lgan tabiiy va sun’iy o’rmonzorlar yog’ochninig qimmatbaho xomashyo bazasi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda yog’ochning bir qismi chyetdan, masalan, Rossiyadan kyeltirilardi.
Yog’ochning ko’p ishlatilishiga sabab, uning yuqori fizika-kimyoviy xossalari, yaxshi ishlanuvchanligi, shuningdyek, kimyoviy va myexanikaviy ishlov byerish yo’li bilan yog’ochning ayrim xossalarini samarali o’zgartirishning usullari mavjudligidir. Yog’och oson ishlanadi va issiqlik o’tkazuvchanligi past, yetarli darajada mustahkam, zarba hamda tyebranish nagruzkalariga yaxshi qarshilik ko’rsatadi, quruq sharoitda uzoq vaqt chidaydi. Yog’och quruq sharoitda uzoq vaqt chidaydi, shu bilan birgalikda yog’ochning kamchiliklari ham mavjud, u yonadi, chiriydi, hashorat va zamburug’lar ta’sirida yemiriladi. Gikroskopligi sababli shishadi va quriydi egiladi va yoriladi.
Yog’ochdan buyumlar tayyorlashda yelimlar, lak, bo’yoqlar, pardozlash plyonkalari, plasmassalar va boshqa matyeriallardan ham foydalaniladi. Masalan, yelimlangan yog’och foksirindida tayyorlanadi. Yog’ochning xossalari hisobiga olingan holda undan qishloq xo’jaligi va sanoatning turli sohalarida foydalaniladi.

Download 471.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling