Portlashning texnologik parametrlari haqida umumiy ma’lumot. Portlatish skvajinalari diametrini tadqiq qilish


Download 49.28 Kb.
bet1/6
Sana10.11.2023
Hajmi49.28 Kb.
#1763440
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-m\'ruza


13-MA’RUZA. PORTLASHNING TEXNOLOGIK PARAMETRLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
1. Portlatish skvajinalari diametrini tadqiq qilish.
Ma’lumki pog‘ona balandligi oshishi bilan skvajina diametri ham kattalashib boradi.
Karerlarda portlatilgan kon massasining talab qilingan bo‘lakdorligini, kon jinsining mustahkamligi, darzliligi va pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i qiymatiga bog‘liq ravishda skvajinalarning diametri qabul qilinadi. Skvajina diametri o‘lchamini pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i, skvajinani zaryadlash zichligi va portlovchi moddaning solishtirma sarfiga bog‘liq holda quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

Bunda: WP-pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i, m;
Δ – zaryadlash zichligi, kg/m3;
q – portlovchi moddaning solishtirma sarfi, kg/m3
Skvajinani burg‘ulash va tozalash ishlari texnologik karta buyicha amalga oshiriladi.
Skvajina diametri portlatish ishlarida tog‘ jinslari maydalanish darajasi, burg‘ulash-portlatish ishlari texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini aniqlovchi asosiy parametrlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
YAqin kunlargacha portlashdan so‘ng kon jinslarining yaxshi maydalanish darajasiga erishish uchun kichik diametrli skvajinalardan foydalanish kerak deb hisoblanardi. Portlatish ishlari amaliyotida bir va ko‘p qatorli qisqa sekinlashtirilgan portlatish ishlarining qo‘llanilishi natijasida zaryad diametrini oshirish orqali kon jinslarining maydalanish darajasi va burg‘ulash-portlatish ishlari texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari yaxshilanishiga erishilmoqda. Zaryad diametri ortishi bilan burg‘ulash portlatish ishlari ko‘rsatgichlari yaxshilanishini quyidagicha asoslash mumkin: zaryad diametri katta bo‘lganda portlash vaqtida portlovchi modda reaksiyaga kirishish vaqti davomiyligi ortadi bu esa portlash vaqtida ajralib chiqadigan energiya zichligi ortishiga olib keladi. SHuningdek buning natijasida portlash natijasida hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotlarning zaryad kamerasi devorlariga ta’sir ko‘rsatish vaqtining ortishi kuzatilib, kon massivida darzliklar hosil bo‘lishi va portlash ta’sirida kon jinslari maydalanishining jadallashishini ta’minlaydi.
Kon jisnlarini massivdan blok ko‘rinishida ajratib olishda kichik diametrli skvajinalar samarador bo‘lib hisoblanadi.
Portlatish ishlari amaliyotida pog‘ona balandligi 15 m dan 22,5 gacha oshganda skvajina diametri va burg‘ulash-portlatish ishlari parametrlarini o‘zgarishi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan:


1-jadval


Download 49.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling