Qabul qildi: toshmirzayev q mavzu: Paxta tozalash korxonasining quritish bo'limini avtomatlashtirish va hisoblash. Reja
Download 45.64 Kb.
|
SARVAR TJA mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU:Paxta tozalash korxonasining quritish bolimini avtomatlashtirish va hisoblash. REJA: 1.Paxta tozalash korxonasini quritish texnalogiyalari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI YeSTJ 46-20 Guruh Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI BAJARDI: ABDURAHIMOV SARVAR QABUL QILDI: TOSHMIRZAYEV Q MAVZU:Paxta tozalash korxonasining quritish bo'limini avtomatlashtirish va hisoblash. REJA: 1.Paxta tozalash korxonasini quritish texnalogiyalari. 2.Tozalash sexlarida o‘rnatilgan uskunalarni ishlatish texnologiyasi. 3. УХК tozalash mashinasi. Paxta tozalash zavodi qoshidagi va tashqaridagi paxta tayyorlov maskanlarida joylashtirilgan quritish-tozalash sexlarining asosiy vazifasi yuqori namli va iflosli chigitli paxtalarni, standartlarda ko‘rsatilgan talab me’yorlariga keltirish uchun quritish va oldindan tozalashdan iborat. Bunday jarayonlaming bajarilishi chigitli paxtani ochiq va yopiq omborlarda uzoq vaqt davomida saqlashga imkon beradi, shu bilan birga paxta zavodining umumiy texnologik jarayonida qo‘shib ishlatish natijasida sifatli mahsulot olishga ta’siri katta. Paxta tayyorlov maskanlaridagi quritish-tozalash sexlari ikkita komplekt paxta quritish uskunalari issiqlik ta’minlash masalalari mayda iflosliklardan tozalovchi uskunalar, paxtani tashish, taqsimlash va yig‘ishtirish vositalari bilan jihozlanadi. Chigitli paxtani quritish jarayoni me’yorli olib borishligini ta ’minlash uchun paxta quritish uskunalarining issiqlik bilan ta’minlovchi moslamalari quyidagi talablarga javob berishi shart: ♦ issiqlik generatorining qiziydigan barcha tarkibiy qismlari va bo‘g‘inlari, gaz m o‘rilari, issiqlikning behuda sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun issiqlikni tashqariga o'tkazmaydigan bo‘lishi kerak; ♦ issiqlik generatori qobig'ining gardishida joylashgan havo olish moslamasining darpardalari zarur boigan atmosfera havosining (yoqilg‘i yonish mahsuloti bilan aralashtirish uchun) kelishini cheklamasligi shart; ♦ o‘t yoqishga oid quvur va qopqoqdan issiqlik tashigichning yo‘qotishlarining oldini olish uchun qopqoq labirintsimon zichlagich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Quritish-tozalash sexida chigitli paxtaning I,II,III sanoat navlarining namligi 11 foizgacha, IV va V sanoat navlarining namligi esa 14 foizgacha quritiladi. Paxta va tola tozalagichlarda iflos aralashmalardan tozalaydigan davrda chigitli paxtaning seleksion navlari uchun uzluksiz texnologik jarayonida ortiqcha qiyinchiliklar hosil qilmaslik uchun birinchi sanoat navlari namligi 8-9% gacha,past sanoat navlarining esa 9-10% gacha quritish tavsiya etiladi. Quritish-tozalash sexlarida 2СБ-10 va СБО quritish barabanlaridan foydalaniladigan vaqtida chigitli paxtaning namlik darajasi 19% gacha bo'lsa — bir marta, 29% gacha bo‘lsa — ikki marta, 39% gacha bo‘lsa uch marta ketma-ket quritish mumkin. Paxtani quritish uskunalarining ishlash tartibi, chigitli paxtaning sanoat va seleksion naviga, dastlabki namligiga, namlik ajratish miqdori hamda uskunalarining ish unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, paxtani quritish jarayoni 7-, 8-jadvallarga muvofiq tashkil qilinadi. Quritkichlar uzluksiz texnologik jarayon tarkibiga ishlaganda chigitli paxtaning quritilgandan keyingi namligi: I-II navlar uchun 7-^8 % (quritkichlaming ish unumdorligi 12 t/soat gacha), III-IV-V chigitli paxta navlari uchun namlik 8-^9 %, agar quritkichning ish unumdorligi 9 t/soatgacha bo'lsa, bunday namlikdagi chigitli paxtalar keyin texnologik tozalash jarayonida uskunalarning tozalash samaradorligini ko‘payishi va paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishga ijobiy ta’sir etadi. 0 ‘rta tolali chigitli paxtadan mayda iflosliklami ajratish uchun asosan 1XK; СЧ-02 va qoziqchali bloklar EH. 178 ishlatiladigan bo'lsa,yirik iflosliklardan tozalash uchun ЧХ-5, ЧХ-ЗМ2 qatorlab yig‘ishda ishlatilsa, 1ХП, PX-1 va arrali seksiyalar E H -177 esa oqim yo‘lli texnologik jarayonlarda foydalaniladi. Chiqindilardan chigitli paxtani ajratib olish (regeneratsiyalash) uchun IPX, PX va ЧХ-ЗМ2 uskunalaridan foydalanish mumkin. Bir qator paxta tozalash zavodlarida hozirgi vaqtgacha ishlab chiqarishdan olinib tashlangan 6A-12M1 uskunalaridan mayda iflosliklami tozalashda foydalanilmoqda. Paxta tayyorlov maskanlarida o'rta tolali chigitli paxtani quritishtozalash sexlarida quritish va tozalash uchun quyidagi uskunalar majmuasi ishlatiladi: ЛП-3 oqim yo‘lli uskunalar majmuasi: CX => СБО => 1XK => 3(1XP) => CX. ПЛПХВМ-02 oqim yo'lli uskunalar majmuasi: CC-15A => 2СБ-10 => СЧ-02 => 3(PX-1) => CC-15A. Download 45.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling