Qadimgi Xorazm tarixi bo’yicha manba va adabiyotlar


Download 39 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi39 Kb.
#1338940
  1   2
Bog'liq
Qadimgi Xorazm tarixi bo`yicha manba va adabiyotlar


www.arxiv.uz

Reja:



  1. Qadimgi Xorazm” haqida Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” muhim manba.

  2. Rus sharqshunosligida “Qadimgi Xorazm” muammosi

  3. Qadimgi Xorazm” tarixini o`rganishda o`zbek olimlarinig o`rni.

Sobiq SSSR Fanlar Akademiyasi tomonidan tashkil qilingan Xorazm arxeologik – etnografik ekspedisiyasi tadqiqotlari va materiallariga asoslanib, o`sha ekspedisiya rahbari S. P. Tolstov Qadimgi Xorazm tarixiga oid uchta katta va mashhur asarini nashr qildirdi. S. P. Tolstovning bu asari Xorazm tarixi haqida yozilgan asarlar ichida salmoqli o`rin egallaydi. Uning asarlarini Xorazm tarixi bo`yicha tadqiqotchilar chetlab o`tolmaydi.


Xorazm tarixini, ayniqsa uning sug`orish tarixini qadim zamonlardan to hozirgi kungacha tadqiq qilgan olimlardan yana biri akademik Ya. G`ulomovdir. Uning asarlari Xorazm tarixini yozishda muhim manba .
Arxeologik olimlar A. V. Vinogradovning “ Xorazm neolitik yodgorliklari”, E. E. Nerazikning “Afrig`iylar Xorazmning qishloq aholisi” va boshqa mualliflarning asarlarini ham ko`rsatib o`tish mumkin.
Qadimgi Xorazm haqida arxeologik manbalardan so`nggi yozma manbalar muhim o`rin egallaydi. Yozma manbalar orasida o`zining qadimiyligi jihatidan “Avesto” O`rta Osiyo, Eron, Afg`oniston va Xorazmning qadimgi tarixini o`rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Taniqli olimlarining ko`pchiligi “Avesto” kitobi ahmoniylar xukmronligiga qadar Xorazm rahbarligida vujudga kelgan qadimgi davlatlar ittifoqi hududida, sinfsiz jamiyatdan sinfiy jamyatga o`tish sharoitida bo`lgan, deb hisoblanadi. Bu fikrlarga asoslangan holda fanga “Katta Xorazm” muammo etarli va to`liq o`rganilmagan bo`lsada, ilmiy adabiyot sahifalaridan tushmayapti. Geradotning yozishicha, “xorazmliklarga tegishli Katta Akes daryosining tekisliklarida bir qancha qabilalar va xalqlarni birlashtirgan “Katta Xorazm”, - “Adleylar yurti” yoki “Adleylar kengligi” vujudga kelgan.”
O`rta Osiyo ariy aholisining bir qismi bo`lgan Xorazmiylar mashhur qadimgi yunon tarixchi Gerodotning (Miloddan . av.V asr ) “Tarix”kitobida ham tilga olinadi. Gerodotning fikricha, xorazimiylar O`rta Osiyo keng vodiylarga egallagan. Qadimgi yunono tarixchisi Arrian Flaviy (tax.95-175 yy.) o`zining “Aleksandrning yurishlari” asarida xorazmlik podshoh Farasman haqida va uning 1500 dan ortiq qo`shini bilan Aleksantr oldiga kelganligi haqida hikoya qiladi.
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf (Miloddan odning I asri) o`zining “Buyuk Aleksandrning tarixi haqida Xorazm podshosi Farasman haqida, massaget va sak qabilalarning Aleksandr zulmiga qarshi Miloddan liy ozodlik xarakatiga qo`shilganligi haqida hikoya qiladi.
Xorazm tarixini qadimgi va o`rta asr tarixini o`rganishda buyuk olim Abu Rayhon Beruniy asarlari bebaxo manbadir. Xorazmning tarixini o`rganish uchun qimmatli asarlardan (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) bo`lib, u 1000 yilda Jurjonda yozilgan. Olimning yana bir tarixiy asari (“Xorazm haqida axborotlar to`g`risidagi suhbatlar”), u “Tarixi Xorazm”, “Mashshohidi Xorazm” nomi bilan ham mashhur. Beruniyning “Xorazm tarixi” asari bizgacha etib kelmagan. Bayhaqiy va Yoqut Hamoviy asarlarida undan parchalar keltirilgan xolos.
Beruniynig ta`kidlashicha, Xorazm madaniyati qadimgi madaniyatlardan bo`lib, uning ildizlari Miloddan .av. XII asrga (Miloddan .av. 1292y) borib taqaladi. Beruniy xorazmiylar, so`g`diylar va boshqa xalqlarning bayramlari, Xorazm kalendarida uning qishloq xo`jalik ishlarini yuritishdagi ahamyati, Xorazmshohlar haqida, o`sha davrdagi diniy ta`limotlar to`g`risida qimmatli ma`lumotlar qoldirgan.
Xorazm haqida ma`lumotlarni X asrda yashab ijod etgan Maqdisiy asarlarida ham uchraydi. Uning yozishicha, Xorazm shahar va qishloqlariga, ekin maydonlari va bog` – rog`lariga, yaylov va chorvaga, kanal va ko`llarga boy, yuksak mamlakatga ega boy va mashhur o`lkadir.
X asr va undan keyingi davrlarda oid O`rta Osiyo jumladan, Xorazm haqidagi ma`lumotlarni biz arab, fors tarixchilari Al – Belazuriy, Al – Istaxriy, Al – Ma`sudiy, At – Tarobiy, Vasifiy, Garduziy, Ibn Havqal, Ibn Xardadbek, Mirxond Hofiziy, Abro`, Ahmad Donish, Xondamir va boshqalarning asrlarida uchratish mumkin.
Xorazm haqida ma`lumotlar XVII – XIX asrga oid rus yozma manbalaida ham uchraydi. 1627 – yilda rus podshosi Mixail Feyoderov farmoni bilan tuzilgan “Книга большому чертежу” nomli kartografik tuzimida O`rta Osiyo va Xorazm shaharlari, dengiz, daryolar va ko`llar to`g`risidagi ma`lumotlar bor.
Ma`lumki, Pyotr I davrida 1717 – yilda Aleksandr Bekovich – Cherkasskiy boshchiligida go`yo Amudaryo havzasida oltin konlari axtarish va Xiva xoni bilan aloqa o`rnatish maqsadida Xivaga ekspeditsiya tashkil qilgan edi. Ekspeditsiya a`zolari razvedka qilish va qo`poruvchilik ayblanib qatl qilinadi.
1840 – yilda “Отечрственние записки” jurnali sahifalarida G.Gel`mersennining “Хива в настояшем своем состояним” nomli maqolasi bosilib chiqadi. 1841- yilda kapitan Nikiforov va topograf Antonovlar Xiva xonligida er maydonlarini suratga tushirgan. Rossiya hukumati tomonidan Xiva xonligiga yuborilgan missiylar rahbarlari Vazener, Danilevskiy, Ignat`ev, Galkin va boshqalarning Xiva haqida ma`lumotlari diqqatga sazovordir.
XIX asrda Xorazm va Xiva tarixiga oid juda ko`plab tarixchi va sharqshunos olimlarning asarlari vujudga kela boshladi. Bu asrlarning paydo bo`lishiga o`sha davrdagi ijtimoiy – siyosiy hodisalar sabab bo`ldi. XIX asr Rossiya tarixida feodalizmning inqirozga yuz tutishi va kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan Rossiya sanoati uchun ko`p miqdorda paxta va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlari turli xom ashyo, er osti qozilma boyliklari talab qilinardi. Shu bois Rossiyaning O`rta Osiyo bilan savdo iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni kengaytirish, bu erda temir yo`llar qurish, o`lkaning boy xom ashyosi manbalaridan foydalanishga intilish kuchayib bordi.
Xorazm tarixida oid birinchi umumlashtirilgan asarlardan 1870 – yilda nashr qilingan sharqshunos P. N. Lerkningt (1828 - 84) kitobida turli ensiklopedik lug`atlarda Xorazm va Xiva haqida ilmiy maqolalar e`lon qilindi. I. Veselovskiy Xiva xonligining tarixini asosan XVI asrdan boshlab yozgan.Uning asari o`sha davr sharqshunoslik adabiyotida katta voqea bo`ladi. Chunki N. I. Vselovskiy, V. V. Grigor`ev va P. I. Lerk boshlagan ishni davom ettiradi. N. I. Vselovskiy Xiva xonligi tarixining asosan XVI asrdan boshlab yozgan.
Sharqshunos V. V. Grigor`ev Xiva xonligi haqidagi ma`lumotlar ham diqqatga sazovardir. Xiva xonlari arxivini yig`ish, tartibga solish va Saltikov Shgedrin nomli Peterburg xalq kutubxonasiga topshirishda sharqshunos olim A. L. Lunning xizmatlari kattadir. Arxivdan tashqari, u Xiva xoni taxtini va 200 nusxa tanga zarb qiladigan muhrlarni ham Peterburgga olib ketgan. A. L. Kun Xivaga general – adyutant Fоn Kaufman boshchiligidagi rus qo`shinlari bilan birga kelgan va 1873 – yilda ular tomonidan Xiva xonligining bosib olinishini guvohi bo`lgan.
Xiva o`tmish tarixini o`rganishda sharqshunos olim V. V. Bartol`dning xizmatlari katta. V. V. Bartol`dning “Tуркистон в эхопу Мангольского нашечтвия” (1900) nomli mumtoz asari Xorazm haqida ma`lumotlar bor. 1913 – yildan nemis, ingliz va fransuz tillarda, 1945 – yildan turk tilida tarjima qilinayotgan “Islom ensklipediyasi” kitobida V. V. Bartol`dning Xorazm haqida “Aмударья”, “Aральское море”, “Kaт”, “Xoразм” nomli maqolalarda bosilib chiqdi.
Shunday qilib manbalarda Xorazmning o`tmishi va buguni haqida qimmatli ma`lumotlar bor. Uni o`rganib, tahlil qilish esa kelajak avlod zimmasida.
Adabiyotlar:




  1. Download 39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling