Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi


Download 0.56 Mb.
bet1/30
Sana26.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1124801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
8 Эстетика(А)


O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUXANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
FALSAFA KAFEDRASI


E S T E T I K A


(NAFOSATSHUNOSLIK)


Ma‘ruza matnlari to’plami


Barcha bakalavr yo’nalishlari uchun


QARSHI- 2010


Tuzuvchi: f.f.n. N.R. Ochilova

Taqrizchilar: f.f.d.,prof. S.A.Choriyev.
f.f.n. dots. G’Soatov.


Ushbu ma‘ruza matnlari to’plami Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti «Falsafa» kafedrasi yig’ilishi (Bayonnoma № «__» ______ 2010 yil), Fundamental «Ma‘naviyat va ma‘rifat» kengashi yig’ilishlarida (Bayonnoma № «__» ______ 2010 yil) hamda institut ilmiy uslubiy kengashlarida muhokama qilingan va o’quv jarayonida qo’llanishga tavsiya etilib, nashr qilishga ruxsat berilgan (Bayonnoma № «__» ______ 2010 yil).

A N N O T A TS I YA


Ushbu ma‘ruza matnlar to’plami barcha bakalavr yo’nalishlarida Estetika (Nafosatshunoslik) fani bo’yicha mavzu matnlarini o’z ichiga olgan.
Ma‘ruza matnlarini asl manbalar, eng yangi adabiyotlar asosida yoritishga harakat qilingan.
Ma‘ruza matnlari to’plami yangi namunaviy dastur hamda O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g’oyasi talabi asosida tayyorlandi. Ma‘ruza matni Estetika (Nafosatshunoslik) fanidan dars beruvchi o’qituvchilar va o’rganuvchi talabalar uchun mo’ljallangan.
А Н Н О Т А Ц И Я


Настоящий сборник текстов лекции рассчитан для всех направлений бакалавриата и молодых преподавателей, ведущих занятия по estetiki. Сборник текстов лекций написан на основе новой типовой программы по estetikе и отвечает всем требованиям идеям национальный независимоти Республики Узбекистана.
A N N O T A T I O N


The collection of lectures is intented for bachelors of all specialists and young teachers who deliver lectures on the subjects of Estetihics.
The collection of lectures is written on the base of the new standart programme and according the requirements of the Idea of National Independence of the Republic Uzbekistan.

S O’ Z B O SH I


Ijtimoiy – ma’naviy hayotimizda sodir bo’layotgan hodisalar gumanitar fanlarning zimmasiga o’quv va tarbiya jarayonini takomillashtirishdek muhim vazifalarni qo’ymoqda. Bu jarayonda estetika fani o’z oldiga yosh avlodni estetik jihatdan tarbiyalash, ularning estetik dunyoqarashini boyitish, badiiyestetik dinini yanada yuksaltirish bilan bog’liq zamonaviy estetik tarbiya tizimini takommillashtirishni asosiy vazifalardan hisoblaydi. Shuningdek, “ ommaviy madaniyat” ning har qanday ko’rinishiga, tahdidlar bilan bog’liq muammolarni hal etishda estetika faniga ehtiyoj sezilayotganligini ta’kidlash o’rinlidir: ma’ruza matnda mana shu masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Ma’ruza matnining mazmuni Prezident I.A. Karimovning “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bayon etilgan g’oyalar, estetik didni yuksaltirish bilan bo’g’liq.
Ma’ruza matni mavzulari “ Estetika” bo’yicha tayyorlangan namunaviy o’quv dasturlarga moslashtirilib, uning mazmuni yanada ixchamlashtirildi.
“ Estetik ong va estetik faoliyat . estetikaning asosiy tushunchalari”, “ Badiiy ijod jarayoni. Badiiy asarlarni estetik idrok etish va estetik tarbiya” mavzulari qisman o’zgartirishlar bilan to’ldirilgan bo’lsa, “ San’at ning kelib chiqishi va taraqqiyoti. San’at turlari va ularning o’zaro aloqadorligi ” mavzusi butunlay boshqa, zamon talablaridan kelib chiqqan holda yozildi.
Estetik tarbiyaga ta’sir ko’rsatuvchi tahdidlar hamda “ ommaviy madaniyat” ning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri masalalari mavjud omillar asosida ko’rsatib berildi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling