Quduqlarni ishlatish jihozlari


Download 76.89 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi76.89 Kb.
#1559816
  1   2   3
Bog'liq
QUDUQLARNI ISHLATISH JIHOZLARI

QUDUQLARNI ISHLATISH JIHOZLARI


Reja:
1. Ishlatish quduqlari.

2. Ishlatish quduqlarining yer usti jihozlari
3. Ochiq favvora bo’lishi oldini olishda qo’llaniladigan quduq jihozlari



1. Ishlatish quduqlari

Neftgazqazib olish sanoatida quduqlarning inshooti har xil maqsadlar uchun mo’ljallanadi va ular tuzilmali, izlov, qidiruv, ishlatish, haydovchi va maxsus turlarga bo’linadi.
Ishlatish quduqlari orqali neft, gaz yoki gazkondensat qazib olish amalga oshiriladi; haydovchi quduqlar orqali – qatlamga suv, gaz, bug’ haydaladi. Konlarni ishlatish jarayonida bir qator sabablarga muvofiq qazib oluvchi quduqlar haydovchi quduqlarga o’tkaziladi yoki teskari holda foydalaniladi. Konlarda maxsus mo’ljallangan quduqlardan konni ishlatishni nazorat qilishda, tuzilmali, kollektorlarning xossasi, qatlamdagi issiqlikning ta’sir etishi va hakozolar aniqlashtiriladi.
Ishlatish quduqlari inshootlarning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularning umumiy yig’indisi quduqlarning ishlatish fondini taqdim qiladi, bahosi zamonaviy konlarning texnik jihozlanishining umumiy 70-80 % ni tashkil qiladi. Bunday quduqlarning profili quduqlarning qazish texnologiyasini talabidan va ishlatish usulidan kelib chiqib har xil bo’ladi. Neft va gaz qazib olishni jadallashtirish maqsadi quduqlar mahsuldor qatlamning ichiga gorizontal yo’nalishda burg’ilab kiriladi. Gorizontal quduqlarni burg’ilash texnologiyasi murakkab va narxining baland bo’lishiga qaramasdan qazib olish debitining yuqoriligi tufayli iqtisodiy samaradorligi yuqoridir. Quduqlarning profillari 2.1-rasmda ko’rsatilgan 2.1-rasm, a-tik, b-qiya quduq tubi tiklikdan bir oz egilgan. 2.1-rasm, b-dan kurinib turibdiki u uchta uchastkadan tashkil topgan – tik, o’tish, maksimal zenit o’tish burchakka mos keladi va quduq tubigacha qiya to’g’ri yo’naltirilgan.
Profilda 2.1-rasm, d-da zenit burchagi kichik uchastkaga ega ekanligi bilan farq qiladi. Profil (2.1-rasm, e) tik uchastkaga ega, zenit burchagini olish uchastkasi, qiya-to’g’ri uchastka, zenit burchakni kamayish uchastkasi va pastki tik uchastkaga ega. Bu profil juda murakkab, quduq stvolini tikligi bir nechta mahsuldor qatlamlarni kesib o’tadi. Profil (2.1-rasm, f) qiya-to’g’ri chiziqli uchastkani mavjud emasligi bilan farq qiladi. Profilda (2.1-rasm, g) qiya-to’g’ri chiziqli uchastka mavjud emas. Har bir sxemalarda ko’rsatilgan ishlatish quduqlarining profillari quduqlarni ishlatish hususiyatlaridan kelib chiqib jihozlar tushiriladi.
Mahsuldor qatlamning drenajlashishini yaxshilash uchun quduqning tik qismidan qatlamga bir necha quduqlar burg’ilanadi, bunday quduqlarga ko’p tubli (yoki stvolli) quduqlar deyiladi.
Ishlatish quduqning tartibli sxemasi va uning jihozlari 2.2-rasmda ko’rsatilgan. Quduq uchta asosiy uchastkalardan tashkil topgan – yer usti, stvol va filtr va har biri mos ravishda jihozlar bilan jihozlangan: tizma boshchasi (1), yo’llanma (2), konduktor (3), ishlatish tizmasi (4), filtr (6). Quduqning eng pastki qismi tubi deyiladi. Quduq paker yoki ba’zida qirquvchi-klapan bilan (5) jihozlanadi.
Ishlatish qudug’ining stvol qismi konstruktiv mustahkamlash quvurlari bilan ta’minlangan va quvurning orqa qismi uchastkasi sementlangan bo’ladi.







Download 76.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling