3-ma’ruza: Tabiatshunoslikni o‘qitish vositalari. Jo‘grofiya maydonchasi, o‘quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg‘ulotlarni tashkil qilish. Reja: Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish vositalari
Download 43.66 Kb.
|
2 5411620980067937082
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Tabiatshunoslik o’qitish vositalari.
- Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati.
- Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili.
3-MA’RUZA: Tabiatshunoslikni o‘qitish vositalari. Jo‘grofiya maydonchasi, o‘quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg‘ulotlarni tashkil qilish. REJA: Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish vositalari.Jo’g’rofiya maydonchasi, o’quv-tarbiya uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg’ulotlarni tashkil qilish. Reja: Tabiatshunoslik o’qitish vositalari. Jo’g’rofiya maydonchasi, o’quv-tarbiya uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg’ulotlarni tashkil qilish. Tayanch iboralar: “didaktika”, “tamoyil”, “muntazamlilik”, “izchillik”, “ilmiylik”, “tushunarlilik”, “nazariya”, “amaliyot” “moddiy baza”, “o`quv vositlari”, “slaydlar”, “multimedia”, “darslik bilan ishlash”. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. Hozirgi zamon pedagogikasida o’qituvchining faoliyati hamda o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o’qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltiriladi. Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. Maktab tabiatshunoslik kursi bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialni bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, kichik yoshli maktab o’quvchilarining tabiat to’g’risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy ob‘ektlar bilan, keyin esa murakkabrog’i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi. O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o’qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o’quv fanlarini o’qitish qat‘iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o’rganadilar. Muntazamlilik va izchillik tamoyili o’quv jarayonining hamma bo’g’inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darslik va dasturlarni tuzishda o’z aksini topadi. O’quv dasturida nazariy va amaliy mashg’ulotlarning bir-biriga uzviy bog’lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o’quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim. Tabiat haqida juda ko’plab ma‘lumotlardan kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o’lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta‘lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o’quv materiali tanlanadi. O’qitishning muntazamliligi, ya‘ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, jumladan nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o’yinlar (bu boshlang’ich sinflardagi o’qitish uchun xarakterlidir) bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta‘limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi maydonchasidagi ish va unumli mehnat bilan bog’lanishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o’quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o’quv materialining tushunarli bo’lishi bilan belgilanadi. Chunonchi: “Men va atrofimizdagi olam”, “Bizning maktab”, “Uy hayvonlari va parrandalari”, “Atrofimizdagi olamni o’rganamiz” (1-2 sinflar); “Tabiatda suv va havo”, “O’simliklar dunyosi”, “Hayvonot dunyosi”, “Taboat va inson salomatligi” (3-sinf); “Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzi tabiatinin xilma-xilligi”, Vatanimiz bo’ylab sayohat (4-sinf) aks ettiruvchi materialni izchillik bilan o’rganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, jo`g`rofiya , ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyena bo’yicha oddiy (elementar) ma‘lumotlarni beradi. Download 43.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling