3-ma’ruza: Tabiatshunoslikni o‘qitish vositalari. Jo‘grofiya maydonchasi, o‘quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg‘ulotlarni tashkil qilish. Reja: Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish vositalari
Tabiatshunoslikni o’qitilishida moddiy bazaning ahamiyati
Download 43.66 Kb.
|
2 5411620980067937082
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qitishning texnikaviy vositalari.
Tabiatshunoslikni o’qitilishida moddiy bazaning ahamiyati. Tabiatshunoslik darslarini jihozlash. O’quvchilar birinchi sinfdan boshlab tabiatni va tabiat bilan bog’liq holda mehnat faoliyatini ekskursiyalar va predmetli darslarda va o’qish kitobidan tabiatshunoslik mazmunidagi maqolalar hamda “Atrofimizdagi olam” darsligini o’qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’rganadilar. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan va avvalo ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi.
Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy ob‘ektlar va ularning mulyaji, surati, rasmi, sxemasi kiradi. O’qitishda diafilm va kinofilmlar, teleko’rsatuvlar va o’qitishning boshqa texnika vositalari tobora keng qo’llanilmoqda. Har qaysi ko’rgazmali qurollar muayyan maqsadni ko’zlab qo’llaniladi. Tabiiy qurollar - bu tabiat jismlaridir. Ular o’rganilayotgan material to’g’risida ancha haqiqiy tasavvurlar beradi va bolalarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo’lishiga imkon beradi. O`qitishning texnikaviy vositalari. Hozirgi zamon yoshlarini fan asoslari bilan qurollantirishda, o`qitishning ilg`or pedagogik texnologiyalari yutuqlari asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta`lim to`g`risidagi qonun” talablarini bajarish maqsadida ularning aqliy tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy o`rta ta`lim maktablari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir. Berilayotgan ma`lumotning o`quvchi tomonidan qisqa vaqt ichida kafolatlangan yuqori natijalar bilan o`zlashtirishni ta`minlaydigan ilg`or pedagogik innovatsion hamda axborot kommunikatsion texnologiyalari (AKT) bugungi kunning talabi bilan jahon standarti asosida maktab tizimiga sekin-asta bo`lsada kiritilmoqda. Bugungi kunda dars jarayonini maktab tizimiga kiritilgan AKT sirasini tashkil etuvchi mul`timedia vositalarisiz tashkil etishni tasavvur etib bo`lmaydigan holat sifatida sharhlansa arziydi. Negaki, bugungi AKT bu- davlatning shunchaki iqtisodiy infratuzilmasini tashkil etuvchi tizim sifatida baholangan o`tmish davrlaridagi ko`lamidan hatlab o`tib, ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Pirovardida, hayotiy ilmlardan saboq beruvchi maktab ta`lim-tarbiyaviy jarayonlari ham ijtimoiy-madaniy hayotning aks-sadosi bo`lmish ana shu ilm - fan taraqqiyotining mevasi bo`lmish AKT vositalari asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlarga o`zining keng qulochini ochmoqda. Axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida o`qitishni amalga oshirishda birinchi asosiy va zaruriy muammolardan biri- uzatiladigan bilimlarning, darsning har tomonlama ilmiy, amaliy, muammoli va nihoyat, yetarlicha ko`rgazmali hamda u yoki bu hodisa, qonun yoki texnologik jarayonga bog`liq bo`lgan va uning mazmunini to`ldiruvchi aniq va tushunarli ilovalar, ko`rgazmalar bilan to`ldirilgan bo`lishi shartligi bilan izohlanadi. Ikkinchidan uzatiladigan ma`lumotning ilmiy ahamiyatli qismlarini yetarlicha darajada soddadan murakkabga qarab tushuntirish metodikasidan tizimli foydalanilgan holda amalga oshirilishi zarur. Boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslik darslarini mul’timedia vositalari asosida tashkil etish o`qituvchi uchun har tomonlama qulaylik tug`dirib qolmasdan, ta`lim-tarbiya oluvchi ham bugungi kun talabiga mos sifatli bilimga ega bo`lish imkonini beradi. Zero, rivojlangan davlatlarda mul`timedia vositalari asosida boshlang`ich sinf darslarini tashkil etish odatiy holga aylanib ulgurgani holda, bizda bu sohaga oid hali qilinishi lozim bo`lgan ishlar katta salmoqni tashkil etadi. YUNESKO ta`biricha, mediata`lim uzluksiz ta`lim tizimi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bunda ta`limning turli bosqichlarida moslashtirgan holda foydalanish maqsadga muvofiq. O`zbekiston uzluksiz ta`lim tizimida mediata`limdan foydalanish samaradorligini boshlang`ich ta`lim, kasb-hunar kollejida, keyinchalik, oliy o`quv yurtlarida o`qitish orqali amalga oshirish mumkin. Hususan: Boshlang`ich ta`limda o`quvchilar: - mediadan axborot va dam olish (ko`ngil ochish) uchun foydalanish; - mediani eng sodda tadqiqot ishini bajarish uchun qo`llash; - mediadan o`qish-o`rganishda foydalanish; - mediani mediamatn tili hamda bir necha shakllarini baholash uchun qo`llash(yangilik, animatsiya, reklama, drama va b.); - mediauskunalarning eng muhim qismlari qanday nomlanishi (atamalari) ni bilish (kamera, proyektor, kompyuter, slayd va b.) ushbu uskunalar ko`magida asosiy operatsiyalarni amalga oshira olish; - mediamatnlarning qismlarini ajrata olish (masalan: kadrlarni); - mediakasbning asosiy turlarini bilsih (jurnalist, rejissyor, operator va b.); - mediamatndagi syujet bog`lanishi va yechimini tushunish va tushuntirib berish; - syujetdagi so`zlar va ovozlarning rolini anglash (masalan: reklamadagi); - media shakllari va vositalarini tanlay olish (masalan: fotografiya, rasmlar, jurnal, illyustratsiyalarini tanlash va farqlash); - vizual matn yoki qisqa syujet rejasini tuzish va aniqlay olish(fotografiya, video, komiks, ertak, kompyuter grafikasi va h.k.); - o`z medialoyihasi taqdimotini tayyorlash va taqdim etish ko`nikmalarini egallashlari lozim. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun birinchidan mavjud maktablarda, avvalo, o`quv moddiy texnik bazani zamonaviylashtirishga e`tiborni qaratish lozim. Ikkinchidan esa, o`qituvchilarni kompyuter internetdan xabardorlik darajasini ya`ni muloqot qilish, darslarda foydalanishda pedagogik va psixologik talablarga rioya qilish malakalarini oshirishni yo`lga qo`yish lozim. Agar maktablarda mediata`limdan samarali foydalanish yuqorida qo`yilgan talablar darajasida amalga oshirilsa, o`quvchilarda mediata`limdan foydalanish ko`nikmasi, malakasi, madaniyatining rivojlanishi, ularning kelgusi faoliyatlarida ham samarali va o`rinli foydalanish imkonini beradi. Bugungi shiddatkor zamonda mediata`limsiz ta`limning boshqa turlari yoki bosqichlari rivojlanishini, shuningdek, ta`limning so`nggi yutuqlaridan xabardorlikni tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan, mediata`limni rivojlantirish dolzarb muammo sifatida o`rganilishini taqazo etadi. Download 43.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling