3-ma’ruza: Tabiatshunoslikni o‘qitish vositalari. Jo‘grofiya maydonchasi, o‘quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg‘ulotlarni tashkil qilish. Reja: Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish vositalari


O’quv-tajriba maydonchasining o’quvchilarning ilmiy-amaliy bilimlarni egallashdagi o’rni


Download 43.66 Kb.
bet10/15
Sana16.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1505044
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5411620980067937082

O’quv-tajriba maydonchasining o’quvchilarning ilmiy-amaliy bilimlarni egallashdagi o’rni. Maydonchadagi ishlarning ahamiyati. Maktab o’quv-tajriba maydonchasi qishloh xo’jaligi o’simliklari ustidan kuzatish va tajribalar o’tkazish uchun zarur. U ochiq havodagi o’ziga xos laboratoriyadir, unda o’quvchilar tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarini chuqurlashtiradilar, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha o’quv hamda ko’nikmalar hosil qiladilar, o’simliklar hayotini va ularning rivojlanishini kuzatish bo’yicha amaliy ishlar olib boradilar. Maydoncha yosh tabiatshunoslarning qishloq xo’jalik tajribalari va qo’shimcha amaliy ishlari uchun bazadir: chunki bu yerda tabiatshunoslik darslarida o’rganiladigan o’simliklar o’stiriladi.
Boshlang’ich maktabning har bir o’quvchisi o’qish davomida muayyan sonda gul, manzarali o’tsimon, daraxt yoki sabzavot o’simliklarini o’stirishi kerak, o’stirish uchun o’simliklarni tanlay turib, o’qituvchi ularni parvarish qilish murakkabligini, iqlim xususiyatlarini, shu o’simliklarni o’stirish bilan bog’liq bo’lgan nazariy materialning oson-qiyinligini va hokazolarni hisobga olishi zarur.
Boshlang’ich sinf dasturining “Qishloq xo’jalik mehnati” bo’limida dars mavzulari, agrotexnika va texnologik ma‘lumotlar, o’quv-tajriba maydonchasida kichik yoshdagi maktab o’quvchilari hosil qilishlari kerak bo’lgan o’quv hamda ko’nikmalar, shuningdek O’zbekiston uchun tipik o’simlik va hayvonlar ko’rsatilgan.
Maktab o’quv-tajriba maydonchasi bevosita maktab yaqinida bo’lishi, yer tekis, yaxshi tuproqli, soya tushmaydigan bo’lishi kerak. Uning atrofini albatta o’rash kerak bo’ladi. Maktab uchastkasi agrotexnika nuqtai nazaridan namunali bo’lsin. Uni biologiya o’qituvchisi otaliqqa oladi. Maydonchani tashkil qilishda o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar uchun, maydonchani va mehnat qurollarini saqlash uchun kichikroq xona bo’lishini mo’ljallash kerak.
Mashg’ulotlar o’tish oldidan o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar rejasini tuzishi kerak: unda maydoncha yer maydonini tashkil qilishni, ekinlarning joylashtirilishi, ular egallagan maydonning o’lchamini, o’quv dasturiga muvofiq o’quvchilar bajaradigan amaliy ish, tajriba va kuzatishlarni; ularni amalga oshirish va tartibini; muddatlari, tabiatshunoslarning tajriba ishlarini, o’quvchilarning yozgi ishlarini, kutilgan hosilni aks ettirish zarur. Reja maydonchada shu yil amalga oshiriladigan ishlar mazmunini va ularning bajarilishini ta‘minlash bo’yicha tadbirlarning aniq ravshan manzarasini berishi lozim.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling