O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. Ilmiylik tamoyili o’quvchilarga o’rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma‘lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlari va kashfiyotlardan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o’tiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo’lishi va o’quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda o’quvchining ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini oshirib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo’lishi kerak. O’quvchilar o’rganayotgan bilimlar nazariy jihatdan tasdiqlangan va malda sinalgan bo’lishi lozim.
Tushunarli bo’lish tamoyili o’rganilayotgan materialning mazmuni, hajmi va o’qitish metodlari o’quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishini talab etadi. O’qitishni tushunarli qilish degani uni oson qilish lozimligini bildirmaydi. O’qitishning tushunarliligi o’quvchi imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta‘lim jarayonining borishida o’quvchilar oldiga qo’yiladigan o’quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish o’quvchilarning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O’quv
materialining mazmuni shunday tanlanishi va tuzilishi kerakki, o’quvchilar uni o’zlarining oldingi bilimlari bilan bog’lay oladigan va uni tushunishda qiynalishmasin.
Uzoq vaqtlar boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o’quv fani sifatida o’qitilishi yetarli darajada qadrlanmadi. U goho tabiiyot nomi bilan saqlanib keldi, goho predmetli darslar va izohli o’qish bilan almashtirildi. XXI asrning 60-yillaridan boshlab tabiatshunoslik mustaqil fan sifatida o’qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o’lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang’ich maktabdagi tabiatshunoslik ta‘limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jo`g`rofiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |