3-ma’ruza: Tabiatshunoslikni o‘qitish vositalari. Jo‘grofiya maydonchasi, o‘quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg‘ulotlarni tashkil qilish. Reja: Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish vositalari


Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik tamoyili


Download 43.66 Kb.
bet3/15
Sana16.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1505044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5411620980067937082

Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik tamoyili: Hozirgi zamon fanida qat‘iy qaror topgan qoidalarni o’quvchilarga o’zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo’yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta‘minlash uchun kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma‘lumotlarni tanlab olish kerak. O’quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borishi jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to’g’ri aniqlash o’quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o’quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko’tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O’quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo’lishi kerak. Bunga uni o’quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida o’qishga qiziqish uyg’otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga undaydi.
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash tamoyili. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham zarur.
O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda ana shu bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari va malakalari hosil bo’ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash o’quvchilarni ama­liy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o’zlashtirish sifatini ko’taradi. Bu qoida mehnat ta‘limi va o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishda nazariya bilan amaliyotning bog’lanish xarakteri o’quv fanining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, “Sabzavotlar” mavzusida (3-sinf) uni o’rganish bo’yicha amaliy ishlarni bajarish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta‘sirini aniqlash uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga maktab yoki fermer xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek, “Tabiiy o’simliklar”, “Poliz ekinlari”, “Manzarali o’simliklar”, “Tut daraxti.Ipak qurti” mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlar o’tkazilishiga yordam berishi mumkin.
O’quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o’simliklarni ekish va ko’paytirish), shuningdek o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini (piyozni o’stirish misolida - 2-sinf), gul manzarali o’simliklarining o’sishi va rivojlanishiga organik va mineral o’g’itlarning ta‘sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko’chirib o’tqazilishining ta‘sirini aniqlash bo’yicha tajribalar (4-sinf) o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan o’quv-tajriba maydonchasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog’lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o’quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob‘ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog’i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O’rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg’ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo’lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko’nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to’ldirilib va aniqlashtirilib boriladi.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling