Qurbongeldiyev ortiqning optika fanidan


Download 0.7 Mb.
bet1/20
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1551061
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Qurbongeldiyev Ortiq


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA YO’NALISHI 2-BOSQICH
221-GURUH TALABASI

QURBONGELDIYEV ORTIQNING
OPTIKA FANIDAN
IZOTROP VA ANIZOTROP KRISTALLAR
VA ULARNING QO’LLANISHI”
MAVZUSIDA YOZGAN


KURS ISHI
TAYYORLADI:
QABUL QILDI:
MUNDARIJA:



KIRISH………………………………………………...................................

3

ASOSIY QISM




I-bob. Izotrop va anizotrop kristallar




    1. Qattiq jismlar haqida ma`lumot……………………………………….

5

    1. Izotrop va anizotrop kristallar………………………………………...

9

    1. Kristallarning optik xususiyatlari……………………………………..

11

II-bob. Izotrop va anizotrop kristallarning qo`llanilishi




2.1 Izotrop va anizotrop materiallar………………………………………

13

2.2 Izotrop va anizotrop kristallarning optik muhit sifatida qo`llanilishi…………………………………………………………..............



14

2.3 Izotrop va anizotrop muhitlarning optik xossalari…………………….

21

XULOSA…………………………………………………………………….

37

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..

38



KIRISH.
Bir necha asr davomida aniq va tabiiy fanlar O`zbekiston zaminida keng rivojlanib, O`rta Osiyo hududi dunyo intelektual markazi bo`lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkichi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazimiy, Ahmad al-Farg`oniy , Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Mahmud Koshg`ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy , Mirzo Ulug`bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo`shdi.
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an`analarini munosib davomettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O`zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo`ldi va xorijiy akademiyalar a`zolari bo`lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo`nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o`rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o`tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo`shdi [1].
Bugungi kunda ta`lim muassasalarida fizika fanini o`qitish sifatini oshirish, ta`lim jarayoniga zamonaviy o`qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o`quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo`naltirishga katta e`tibor qaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi prezidenti SH. Mirziyoyevning 2021-yil 19-martdagi PQ-5032 sonli “Fizika sohasida ta`lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida” gi qarorida Oliy ta`lim muassasalarida Fizika faniga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish haqida ko`rsatmalar berdi [2],[10].

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling