R IV o j L a n t ir is h I n s t I t u t I


Download 24.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana16.02.2017
Hajmi24.28 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

qubbati 
(markazi)  m aqom ida  m ashhur b o ‘lishi  va,  qolaversa, 
shaharning  rivojlanishidagi  qiyinchilik  va  m uam m olar  ham  
qism an  uning  Zarafshon  daryosining  quyi  qism ida  joy lash­
ganligi  bilan  bog‘liq.  Ayni  vaqtda  Sam arqandning  bu  daryo- 
n in g   y u q o ri  q ism id a   jo y la s h g a n lig i  u n i  A m ir  T e m u r 
imperiyasining poytaxt  qilib  olinishida  muhim  om illardan  biri 
b o ‘lgan.
141

Shunday  qilib,  ishlab  chiqarishni  shaharlarsiz  qarab  b o ‘l- 
maydi.  Qolaversa,  shaharlar,  jum ladan,  poytaxt  shaharlar va 
u larn in g   b o z o rla ri  o rq ali  m am lak at  aholisi  va  xo 'jalig i, 
iqtisodiyotining  ixtisoslashuvi,  yurtning boyligi va butligi,  m il­
liy  xususiyatlari  to ‘g‘risida  m a'lum otga  ega  b o ‘lish  m um kin.
D astavval  «ekologiya»  tu sh u n chasi  nem is  olim i 
Ernst 
G ekkel 
to m o n id an   1868  yilda  ishlatilgan.  U  ekologiyani 
zoologiya  fanining  bir  yo ‘nalishi  sifatida  ta'riflab,  hayvon 
o rganizm larining  va  b arch a  hayvonlarning  o ‘zaro  ham da 
tashqi  m uhit  bilan  m unosabati  m azm unida  talq in  qilgan. 
D em ak,  bu  yerda  ekologiya  yoki  m unosabat  uch  darajada 
nazarda  tutilgan:  1)  hayvon  (aniqrog‘i,  Gekkel  m is o lid a — 
qurbaqa)  ichki  organizm larning  o ‘zaro  m unosabati;  2)  shu 
tu rd a g i  h a y v o n la rn in g   o ‘zaro   m u n o sa b a ti;  3)  an a  shu 
hayvonlarning  tashqi  m uhit  bilan  m unosabati.  K eyinchalik 
ekologiyaning  ilmiy asoslari 
Ch.  Darvin 
tom onidan  chuqurroq 
rivojlantirilgan.
Z oo lo g ik   ekologiya  a sta-sek in   o ‘sim lik  ekologiyasiga 
o ‘tgan  va  u  to ‘la  m a'nodagi  biologik  ekologiya  yoki  bioeko- 
logiyaga  aylangan.  So‘ngra  am erikalik  (Chikagolik)  tibbiyot 
olim lari  «Inson  ekologiyasi»,  «Ekosistema»  tushunchalarini 
kiritib,  ularni inson  organizmi va salomatligi nuqtai  nazaridan 
ishlatgan.  Ayni vaqtda  shaharlar  rivojlanishi  natijasida  «urbo- 
ekologiya»  tushunchasi  ham   vujudga  kelgan.  0 ‘z  navbatida 
urboekologiya va  inson  ekologiyasi  asosida  ijtimoiy ekologiya 
shakllangan b o'lib,  u  rasmiy  ravishda  70-yillarda tan   olingan.
Shunday  qilib,  ekologiyaning  evolyutsion  o'zgarishi  zoo- 
ekologiya  ->  fitoekologiya  +  bioekologiya  ->  inson  ekologi­
yasi  +  urboekologiya  -»  ijtim oiy  ekologiya  shaklida  sodir 
b o ‘lgan.  Hozirgi  kunda  ekologiyaning yo‘nalish va turlari juda 
k o ‘payib  ketgan  (geoekologiya,  bioekologiya,  geologik  eko­
logiya,  iqtisodiy  ekologiya,  hatto  ximik  va  m atem atik  ekolo­
giya,  huquq  ekologiyasi va  h.k.).  N atijada,  aytish  m um kinki, 
bugungi  k u n d a  h am m a  ekolog,  lekin  ayni  v aqtd a  aniq , 
um um iy  ekologiyaning o ‘zi  yo‘qdek.  C hunki,  biror bir kishini 
ekologiya  b o ‘yicha  h a r  to m o n lam a  m utaxassis  darajasida 
e’tiro f  etish  qiyin.
Om m a  orasida  esa  «Ekologiya»  tushunchasi  k o ‘proq  at- 
rof-m uhitning  ifloslanishi,  zarar va  zaharlanishi bilan uyg‘un- 
lashib  ketadi.  Vaholanki,  biz  yuqorida  k o ‘rganim izdek,  ushbu
142

atam aning  m a'nosini faqat bir tom onlam a,  salbiy ruhda talqin 
qilish  n o to ‘g‘ridir.  Biroq,  shu  bilan  birga  tan  olish  lozimki, 
chindan  ham   ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi  va 
mujassamlashuvi,  shaharlar va  urbanizatsiya taraqqiyoti  tabiat 
va  inson  (jam iyat)  orasidagi  m uvozanatni  buzdi,  ekologik 
m uam m o  global,  olam shum ul  aham iyat  kasb  etib,  u  hatto 
urush  va  tinchlik  m uam m osidan  ham   oldinga  chiqib  oldi. 
Shuning  uchun hozirgi  sharoitda  ijtim oiy  hayotning biror bir 
sohasi  yo‘qki,  u  ekologiya  bilan  bog‘liq  b o ‘lmasa.
H ududiy  m ehnat  taqsim oti,  ishlab  chiqarish  tarm oqlari- 
ning  k o ‘payib  borishi,  yangi  yerlarning  o ‘zlashtirilishi  va 
boshqalar tabiatga 
texnogen
 va 
antropogen
 ta'sirni  kuchaytirdi. 
O qibatda Yer yuzida tabiiy sharoiti  o ‘zgarmagan joyning  o ‘zi 
deyarli qolmadi.  M adomiki,  barcha hududlar ekologik vaziyati 
b u zilg an   ek an ,  u  h o ld a   bu  vaziy atn in g   d a ra jasi,  h o la ti 
to ‘g ‘risida  gap  yuritish  talab  etiladi.
A trof-m uhitning  ifloslanishiga  eng  avvalo  ishlab  chiqarish 
tarm oqlarining joylanishi ta'sir etadi.  Bu xususda sanoat  ishlab 
chiqarishi  oldinda  turadi.  Am m o  barcha  sanoat  tarm o q lari­
ning  ekologik jih atd an   «xavfsizligi»  bir  xil  emas.  Shu  nuqtai 
nazardan  sanoat  tarm oqlarini  alohida  k o ‘rib  chiqam iz.
Tog‘-kon  sanoati  natijasida texnogen  landshaftlar vujudga 
keladi,  «bedlendlar»  (yomon yerlar)  paydo b o ‘ladi, joy  relyefi, 
geomorfologiyasi  buziladi.  Bunday  sanoat  rayonlarida  shakl- 
langan  shaharlar  yaxlit  hududiy  birlikka  ega  em as,  ularda 
tra n sp o rt  va  boshqa  aholiga  xizm at  k o ‘rsatish  so halarin i 
hududiy  tashkil  qilish  m urakkablashadi.  Shuningdek,  to g‘- 
kon  sanoati  rayonlarida  yer  osti  b o ‘shliqlari  vujudga  keladi, 
ayniqsa,  tem ir  rudasi,  q o ‘ng ‘ir  k o ‘m ir,  turli  tuz  konlari  va 
b o s h q a la rn i  o c h iq   u su ld a   (k a r ’y e rla rd a )  q azib  o lish d a  
landshaftning  tabiiy  «basharasi»  buziladi,  qim m atbaho  va 
serhosil  tuproq,  unum dor  ekin  m aydonlari  qishloq  xo‘jaligi 
o borotidan  chiqib  ketadi.
Elektr-energetikaning  ekologik  xususiyatlari  ham   o ‘ziga 
xos.  M asalan,  suv elektr stansiyalari  (G ES),  um um an olganda, 
ekologik  jih atd an   toza,  bezarar  korxona  hisoblanadi.  U lar 
faqat  katta yer maydonlarini suv  om borlari uchun  talab  qiladi, 
xolos.  Qolgan  m asalalarda  esa  G E Slar  a tro f  ekologiyasini 
yaxshilaydi.  Ayni vaqtda  issiqlik elektr stansiyalarining  ekolo­
gik  oqibatlari  ancha  salbiy.  Xususan,  shahar  ichkarisidagi
143

TESTlar,  yirik  shaharlar  yaqinida joylashgan  IE Slar  atrofga 
yom on  ta'sir  qiladi  —  zaharli  gazsim on  tu tu n lar  atm osfera 
havosini  ifloslantiradi,  yoqilg‘i  yondirilgandan  qolgan  kullar 
esa  sun'iy  tepaliklarni  hosil  qiladi.  Shuning  uch u n   katta 
quw atga  ega b o ‘lgan  issiqlik  elektr stansiyalari joyning  relyefi, 
sham ol  yo ‘nalishi  va  boshqa  m eteorologik  om illarni  hisobga 
olgan  holda  qurilishi  kerak.  Tadqiqotlarga  ko‘ra,  respublika- 
mizdagi  yirik  Sirdaryo,  Yangi-A ngren  kabi  IES  atroflarining 
h av o si  va  suv  ta rk ib i  o ‘z g arg an ,  tu p ro q   q a tla m i,  ekin 
m aydonlar  va  hayvonot  dunyosi  ancha  zarar  ko‘rgan.
Q ora  va  rangli  m etallurgiya  ham   ekologik  nuqtai  nazar- 
dan  uncha  «toza»  emas.  Yirik  qora  m etallurgiya  korxonalari 
atrofida  katta  m iqdorda  shlaklar hosil  b o ‘ladi  (dom na  pechi- 
ning  chiqindisi),  shahar  havosi  va  suvi  ifloslanadi.  Ayniqsa, 
rangli  metallurgiyaning  tabiatga  salbiy ta'siri  kuchli.  Jumladan, 
yirik  to g ‘-m etallu rg iy a  k o m b in atlari  y aq inida  rad ioak tiv 
ifloslanish  xavfi  vujudga  kelishi  ham   m um kin.
M a’lu m k i,  ran g d o r  m eta lla r  o d a td a   k om pleks  h o ld a  
uchraydi.  U larni  qazib  olish  va  qayta  ishlashda  gazsim on 
chiqindilar ko‘p  ajraladi.  M asalan,  mis yoki qo‘rg‘oshin eritish 
zavodlaridan katta  hajm da  oltingugurt  gazi  chiqadi,  uni  qayta 
ish la sh   a so sid a   o ltin g u g u rt  k is lo ta s in i  o lish   m u m k in . 
U m um an ,  qora  va  rangli  m etallurgiyada  ishlab  chiqarish 
chiqindilarini  qayta  ishlash  (utilizatsiya  qilish)  iqtisodiy  va 
ekologik  jih a td a n   o ‘ta  m uhim dir.
Sanoat  tarm oqlari  ichida  ximiya  sanoatining  suv,  havo 
va tuproqqa,  inson  salom atligiga  ta'siri jud a kuchli.  Xususan, 
sintetik  tola,  kauchuk,  am m iak,  qishloq  xo'jaligi  zararku- 
n andalari  uchun   turli  gerbitsid  va  zaharli  m oddalar,  m ineral 
o ‘g ‘itlar  ishlab  chiqarish  ekologik  tom ondan  xavflidir.  S hu­
ning  uchun  bo‘lsa  kerak,  0 ‘zbekistondagi  yirik ximiya sanoati 
m ark azlarid a  —  C h irch iq ,  O lm aliq,  N avoiy,  F a rg ‘o n ada 
ekologik  vaziyat  u n cha  sog‘lom  emas.  B undan  tash q ari, 
Q ashqadaryo  viloyatidagi  S ho‘rtan,  M uborak  gaz  ximiyasi 
sanoat  m arkazlarida  ham  bu vaziyat yaxshilanishi talab  etiladi.
A lbatta,  h ar  qanday  iqtisodiy  jih atd an   m ustaqil  davlat 
o ‘zining  qudratli  industriyasi,  shu  jum ladan  ximiya  sanoati 
korxonalariga  ega  b o ‘lishi  kerak.  Qolaversa,  respublikam iz 
iqtisodiyotining  agrosohasi  uchun  ham   u  zarur.  Binobarin, 
bunday  korxonalar  m um kin  qadar  zam onaviy,  chiqindisiz,
144

ekologik  sof  texnologiya  bilan  ta'm inlanishi  va  ular  barcha 
sharoitlarni  atroflicha  o ‘rgangan  va  baholangan  holda  to ‘g‘ri 
joylashtirilishi  lozim.
M ashinasozlik  zavodlarining  ekologik xavfi  uncha  yuqori 
emas.  Am m o  ular  yirik  G E Slar  kabi  katta  yer  m aydonini 
talab   q ila d i.  Shu  bois  b u n d a y   k o rx o n a la rn in g   ayniqsa, 
sug‘orm a  d e h q o n c h ilik   ray o n larid a  jo y la sh tirilish i  puxta 
asoslashni  talab  qiladi.
Tsellyuloza-qog‘oz  sanoatining  a tro f m uhitni,  eng  avva­
lo  suvni,  tsem ent sanoati  esa shahar havosini chang va chiqin- 
dilari bilan ifloslantiradi.  Bularga nisbatan yengil  ham da oziq- 
ovqat  sanoati  korxonalarining  ekologik  ta'siri  kamroq.  Biroq, 
paxta tozalash,  konserva,  vino  zavodlarining  yaqin  atroflarida 
ekologik  m uhit  o ‘zgarishini  ham   inkor  etish  n o to ‘g‘ri.
Shunday qilib,  sanoat  tarm oqlarining  ekologik xavfini  10- 
balli  shkalada  quyidagicha  baholashim iz  m um kin:  Ximiya 
sanoati  —  10,  rangdor  m etallurgiya  —  9,  issiqlik  elektr  stan- 
siyalari  —  8,  qora  m etallurgiya  —  7,  tsem ent  sanoati  —  6, 
tsellyuloza-qog‘oz sanoati  —  5,  charm  sanoati va jun yuvish —
4,  oziq-ovqat  —  3,  paxta  tozalash  zavodlari  —  2,  m ashina­
sozlik  va  m etallni  qayta  ishlash  —  1.  Bu  baholar,  albatta, 
ju d a   qat'iy  emas  va  ular  tegishli  m utaxassis  —  ekspertlar 
to m o nid an  yanada  aniqlashtirilishi  m um kin.
Qishloq  xo‘jaligi  tarm oqlarini  joylashtirishning  ekologik 
oqibatlari  ularning  hududiy  tashkil  qilinishi  va  mujassam - 
lashuvi  bilan  bog'liq.  D ehqonchilik,  xususan  paxtachilikda 
ishlatiladigan  m ineral  o ‘g ‘itlar,  defoliant,  qishloq  x o ‘jalik 
zararkunandalarga  qarshi  ishlatiladigan  kimyoviy  m oddalar 
suv  va  havoni  ifloslantiradi.  Bulardan  tashqari,  yana  boshqa 
noxush  ekologik  ho latlar  ham   mavjud.  Biz  bu  o ‘rinda  paxta 
yakkahokim ligi  asoratida  Orol  va  O rolbo'yi  m intaqasining 
m uam m osi,  M irzacho‘l,  Qarshi  dashtlari  kabi  o ‘zlashtiril- 
gan  sug‘orm a  dehqonchilik  rayonlarida  vujudga  kelgan  tup- 
roqning  ikkilam chi  sh o ‘rlan ish in i  unutm aslig im iz  kerak. 
M azkur  m uam m olarning  keskinligi,  hududiy  qamrovi  sano­
at  joylashuvining  ekologik  oqibatlaridan  aslo  qolishm aydi. 
Demak,  sug'orm a  dehqonchilikni  rivojlantirishda  gidrom elio- 
ratsiya,  agrokimyo  m asalalarini  ham   hisobga  olish  kerak.
Chorvachilikning  tabiiy  m uhitga  ta'siri  chorva  m ollarning 
turiga  bog‘liq.  Ayniqsa,  c h o ‘chqachilikning  ta ’siri  kuchli.
1 0 -
145

M asalan,  100  000  boshli  c h o ‘ch q ach ilik   ferm asi  1  m ln. 
aholiga  ega  b o 'lg an   sh ah ar  ekologiyasini  buzishga  qodir. 
Boshqa  chorvachilik  ferm alari  ham   a tro f-m u h it  tab iatin i 
buzadi.
T ra n sp o rt,  xususan  s h a h a r  tra n s p o rtin in g   a tm o sfe ra  
h a v o sin i  b u z ilis h id a   ro li  k a tta .  A v to m o b illa r  so n in in g  
k o ‘payishi,  ularga  mos  holda  y o'llarning  o ‘z  vaqtida  ken- 
gaymasligi  va  m agistrallashm asligi  shahar  havosini  ifloslan- 
tirishga  sabab  b o ‘ladi.  Shuningdek,  transport  shovqini  ham  
a h o li  o ro m in i  b u z a d i.  B u n d a y   h o la t  avvalo  g u z a r  va 
chorrahalarda,  vokzal  va  aerodrom ,  aeroport  atroflarida juda 
keskin.  Yuzaga  kelgan  noxush  ekologik vaziyat  shahar aholisi 
orasida  o ‘ziga  xos  kasalliklarning  ko‘payishiga  olib  keladi.
Ishlab  chiqarish  tarm oqlaridan  tashqari  atrof-m uhit  tozali- 
gini  buzishda 
antropogen  om iln in g
  ta'siri  ham   sezilarli.  Gap 
bu  yerda  aholining  ekologik  fikrlashi  va  ekologik  m adaniyati 
to ‘g‘risida  borm oqda.  M a'lum ki,  axlatxonalarning  to ‘planib 
qolishi  natijasida,  ayniqsa,  yozning  issiq  kundalarida  shahar 
mavze  va  m ahallalarida  q o ‘lansa  hidlar  ko ‘payadi.  Shuning­
dek,  turli  dam   olish  m askanlari,  bo zo r  va  vokzallarning 
ekologik  holati  ham   yaxshilanishi  kerak.
U m um an  olganda,  b archa  ishlab  chiqarish  tarm oqlarini 
joylashtirishda ekologik  bilim  talab  qilinadi.  Ekologik  fikrlash 
ham m a  vaqt  uzoqni  o ‘ylashni,  «yetti  o'lch ab   bir  kesish»ni 
nazarda  tutad i.  B archaga  m a'lum   b o ‘lgan  va  «ekologiya» 
tushurichasi  bilan  uyg‘unlashib  ketgan  «Orol»  m uam m osidan 
tashqari,  respublikamizning  o ‘zida  ishlab  chiqarishni  ekologik 
jih a td a n   n o to ‘g ‘ri  jo y la sh tirilg a n lig i  xusu sida  ju d a   k o ‘p 
m isollar  keltirsa  b o ‘ladi.  M asalan,  2,5  m ln.  aholiga  ega 
b o ‘lgan  T o sh k e n tn in g   y o n g in asid a   jo y la sh g a n   C h irc h iq  
shahrida  ximiya  sanoati  korxonalari,  poyafzal  fabrikasi,  o ‘tga 
chidam li  va  qiyin  eruvchi  m etallar  kom binati  va  boshqalar 
bor.  N atijada  bu  sanoat  m arkazi  va  uning  atrofm ing  ekologik 
h o la ti  yaxshi  em as.  D ey arli  sh u n g a  o ‘x shagan  vaziy at, 
shuningdek,  Navoiy,  Farg‘ona,  Olmaliq,  Andijon,  Ohangaron 
kabi  shaharlarda  ham   kuzatiladi.
C hiqindisiz  texnologiyani  jo riy  qilish,  energiya  ishlab 
chiqarish sikli b o ‘yicha sanoat va  qishloq xo‘jalik tarm oqlarini 
tashkil  etish  katta  ahamiyatga  ega.  O datda,  xom  ashyoni  ko‘p 
talab  qiluvchi  sanoat  korxonalarida  chiqindi  (xuddi  shunday
146

«suvtalab»  korxonalarda  ham)  ko‘p  hosil  b o ‘ladi.  Binobarin, 
birinchi  navbatda  ana shunday tipdagi  korxonalarni  kom binat 
shaklida  uyushtirish,  xom  ashyodan  atroflicha  foydalanish, 
ishlab  chiqarish  chiqindilarini  qayta  ishlash  zarur.
T a b ia td a n   fo y d a la n ish   iq tiso d iy o ti  a lb a tta   ek olo gik  
m ezonlar  bilan  m uvofiqlashtirilishi  kerak.  Shu  m aqsadda 
geo ek o lo g ik   e k sp e rtiz a   va  m o n ito rin g n i  y o ‘lga  q o ‘yish 
maqsadga  muvofiqdir.  B undan  tashqari,  nafaqat joylashtiri- 
ladigan  korxonaning  ekologik  xususiyati,  balki  shu  joyni 
o ‘zining  im koniyati,  ekologik  sig‘imi  hisobga  olinishi  lozim. 
Zero,  hudud  o ‘ziga  to ‘g ‘ri  kelm agan  sohani  qabul  qilaver- 
m aydi,  zo ‘rIab joylashtirilgan  korxona  yoki  tarm oq  uch un   u 
albatta  o ‘z  o 'c h in i  oladi.  Shuning  uch un  ham   tabiat  o ‘ziga 
nihoyatda  nozik  va  to ‘g‘ri  m unosabatni  talab  qiladi.
SA VO L  VA  T O P S H IR IQ L A R
1.  H o z ir g i  « e k o lo g iy a »   tu s h u n c h a s i,  u n in g   d a stla b k i  ta lq in id a n  
q an d ay  farq  qiladi?
2.  S a n o a t  ta rm o q la rin in g   e k o lo g ik   x a v flilig i  b o 'y ic h a   guruhlarga 
ajrating  va  u n i  asoslab   bering.
3.  «R esurs  u ch u n   t o ‘lov»  tu sh u n c h a si  n im a n i  anglatadi?
4.  O 'z b e k isto n   h u d u d in i  e k o lo g ik   jih a td a n   q an d ay  ra y o n la sh tirish  
m u m k in ?
5.  Shaharlarning  ishlab  chiqarishni  hu d u d iy  tashkil  etilish id a   qanday 
o ‘rni  bor?
6.  Ish la b   c h iq a r is h   m u ja ssa m la sh u v i  va  sh a h a r la r   r iv o jla n is h i 
orasid agi  a lo q a d o rlik n i  0 ‘z b e k isto n   m iso lid a   tu sh u n tirib   b erin g.
7.  M am lakat  yok i  iq tiso d iy   rayon  x o ‘ja lig in i  shaharlar  orqali  qanday 
ta'riflash  m um kin?
8.  Shaharlar  jo y la n ish ig a   ta'sir  e tu v c h i  o m illa r   qaysilar?
147

X I V  
BOB 
IQTISODIY  GEOGRAFIYA 
YA  MINTAQAVIY  IQTISODIYOT
Jam iyat  taraqqiyoti  va  shunga  mos  ravishda  fanlarning 
riv o jla n is h i,  u la rn in g   ic h k i  tu rla n is h i  va  a y n i  p a y td a  
yangilarin ing  vujudga  kelishi  bilan   sodir  b o ‘lm oqda.  Bu 
borada turli fanlar qirrasida shakllanayotgan yangi  yo‘nalishlar 
katta  im koniyat  va  integratsion  salohiyatga  ega.  Jum ladan, 
iqtisodiy  geografiya  va  iqtisodiy  va  sotsial  geografiya  ham  
fan n in g   eng  m u h im   q ism lari  b o 'lg a n   tab iiy  va  ijtim o iy 
(gum anitar)  fanlar oralig'idan  o ‘rin  olgan.  Binobarin,  u  ham  
tabiiy,  ham   ijtim oiy  fanlar  tizim iga  k iradi.T o‘g ‘ri,  avvalroq 
iqtisodiy geografiya  (IG )  iqtisodiyot  fanlar turkum iga  mansub 
bo 'lgan,  chunki  u  vaqtda  asosiy e'tibor tarm oqlarga,  ularning 
iqtisodiy ta'riflariga  qaratilgan  edi.  K eyinchalik  esa,  ayniqsa, 
N .N . 
Baranskiy 
to m o nid an   rayonlar  yo'nalishini  kuchayti- 
rishi,  shubhasiz,  iqtisodiy geografiyani  yanada geografiylash- 
tird i.  B unga  dastavval  G e rm a n iy ad a ,  s o ‘ngra  R ossiyada 
rivojlangan statistikaning  m am lakat  va  rayonlarni  tasvirlovchi 
va  tavsiflovchi  y o ‘nalishi  («O pisatelnaya  statistika»)  ham  
sabab  b o ‘ldi.
Iqtisodiy geografiya  o ‘zining  evolyutsion  taraqqiyotida  bir 
n e c h a   b o sq ic h la rn i  bosib  o ‘td i.  U  avvalroq  tavsiflovchi 
funksiyani  bajargan  b o 'lsa,  keyinchalik  iqtisodiy  geografiya- 
ning  analitik  xususiyati  kuchaydi,  hodisa  va  voqealar  faqat 
ta sv irla n m a sd a n ,  u la r  ilm iy  tah lil  asosida  ta 'rifla n d i  va 
tavsiflandi.  M azkur  fan  rivojlanishining  u chinchi  bosqichi 
sintez,  ya'ni  tahlili  natijalarini  um um lashtirish  va  baholash 
(diagnostika)  bilan  bog‘liq  bo ‘ldi.  Hozirgi  kunda  esa  iqtisodiy 
geografiyada  bashorat  va  boshqaruv  (H ududiy  m enejm ent), 
jam iyatni va  ishlab  chiqarish  kuchlarini  hududiy tashkil  qilish 
funksiyalari  ham   rivojlanm oqda.
Shunga  mos  ravishda  iqtisodiy  geografiya  va  uning  tu r- 
kum   fanlari  u  yoki  bu  voqelikni  alohida-alohida  tahlil  qilish
148

b ilan   b ir  q a to rd a ,  u larn in g   h u d u d iy   m ajm ua  shaklidagi 
qonuniyatlarini ham   o ‘rganadi.  C hunonchi,  shaharlar geogra­
fiyasida alohida shaharlarni  o ‘rganishdan  shaharlar aglom era- 
tsiyasiga  o ‘tish,  sanoat  geografiyasida  —sanoat  korxonasi  va 
sanoat  tarm oqlaridan  sanoat  tuguni  va  m ajmualariga k o ‘tari- 
lish  ana  shu  bilim  jarayonini  k o ‘rsatadi.  Fan  rivojlanishidagi 
bunday m antiqiy yo'nalish  (yoki  F.Bekon  metodi)  shuningdek 
transport,  aholiga  xizm at  k o‘rsatish  sohalari  geografiyasida 
ham   kuzatiladi.
K o 'rin ib   tu ribdik i,  iqtisodiy  geografiya  an cha  boy  va 
an'anaviy tarixga  ega.  Unga ko‘ra  mintaqaviy iqtisodiyot  (M I) 
fan  sifatida  ancha  keyinroq shakllandi.  M azkur  yo ‘nalishning 
yoki  rayonlar  (regionlar)  haqidagi  fanning asoschisi  amerikalik 
olim ,  Pensilvaniya  universitetining  professori 
U olter  Izard 
hisoblanadi.  U  N yu-Y orkda  nashrdan  chiqqan  «Joylashtirish 
va  m intaqaviy  iqtisodiyot»  (1956)  ham da  «Regional  tahlil 
m etodi:  Regionlar  to ‘g‘risidagi  fanga  kirish»  (1960)  nom li 
asarlarida  regionlar  to ‘g ‘risidagi  fan  yoki  regionika  va  uning 
alohida  qismi  m intaqaviy  (regional)  iqtisodiyot  m asalalarini 
keng va  atroflicha  yoritdi.  U olter  Izard  regionlar to ‘g ‘risidagi 
fanlarning  Xalqaro  assotsiatsiyasi  (uyushmasi)  ni  tashkil  qildi 
va  boshqardi.
U.  Izardning  m intaqaviy  iqtisodiyoti,  albatta,  qism an 
b o ‘lsa-da,  und an   oldin  yaratilgan  nazariy  g‘oyalar,  ch u n o n ­
chi 
I.  Tyunen, 
A. Veber,  A. 
Lyosh, 
V. 
Kristaller 
singari  nemis 
iqtisodchilarining  asarlarini  hisobga  olgan  holda  vujudga 
kelgan.  Shuningdek,  bu  yerda 
P erru ,  Budvil,  Laungard, 
P redyol, 
Guver  kabi  G ‘arbiy  Y evropa  olim larining  ilmiy 
asarlari  ham   aham iyatlidir.  Ayni  paytda  m uallif rayonlarning 
ichki  va  ray o n lararo   iqtisodiy  alo q alarin i  tah lil  qilishda 
o ‘zining  safdoshi V.  Leontyevning  harajat  —  ishlab  chiqarish 
(«zatrat-vipusk»  m etodidan  keng  foydalangan.
M odom iki,  m intaqaviy  iqtisodiyot  uchun  eng  m uhim  
m asala  ishlab  ch iqarish  kuch larin i  joylashtirish  ekan,  bu 
m u a m m o   fa n d a   d a sta v v a l  n e m is   o lim la r i  to m o n id a n  
o ‘rganilgan.  Jum ladan,  logann  Tyunen  ishlab  chiqarishga, 
xususan  qishloq  x o ‘jaligini  sh ah ar  atrofida  joylashtirishga 
hududiy  om illar ta'sirini  batafsil  o ‘rgangan.  («Tyunen  xalqa- 
lari»).  U n in g   v a ta n d o sh i  A lfred  V eber  esa  « sh tan d o rt»  
nazariyasining  chinakam   asoschisi  hisoblanadi.  U  XIX  asr
149

boshlarida  alohida  sanoat  korxonasini  joylashtirishga  ta'sir 
etuvchi  transport,  ishchi  kuchi,  aglomeratsiya om illarini  chu- 
qu r  ta h lil  qilgan.  K ey inch alik   « sh tan d o rt» ,  ya'n i  ishlab 
chiqarish  kuchlarini  joylashtirish  g ‘oyasi  butun  xo‘jalik  ta r ­
m o q la ri  (A.  L yosh)  va  h a tto   a h o lig a   x izm at  k o 'rs a tis h  
so h alarig a  n isb atan   ham   (V.  K ristaller)  tad q iq   qilingan. 
Bunday  tadqiqotlar  natijasida  hududiy  iqtisodiyot,  hududiy 
om illar,  aglom eratsiya,  m ujassam lashuv,  iyerarxiya,  iqtisodiy 
landshaft,  m arkaziy  o ‘rinlar  kabi  tushunchalar  paydo  b o ‘ldi 
va  ular  hozirgi  maxsus  ilm iy  adabiyotlarda  keng  q o ‘llanil- 
m oqda.
D em ak,  dastavval AQSH  da  rasm an  vujudga kelgan  m in ­
taqaviy  iqtisodiy o tn in g  negizi,  nazariy  ildizi  Y evropa  va 
xususan  G erm aniyada  ishlab  chiqilgan  ilmiy g'oyalarga  borib 
taqaladi.  Bunday  tadqiqotlar  esa  keyinchalik  ham   iqtisodiy 
geografiyaga,  ham   m intaqaviy  iqtisodiyot  (geoiqtisod)  ga  asos 
b o ‘lib  xizm at  qildi.
D astlabki  davrlarda  bu  ikki  nihoyatda  o ‘zaro  yaqin  va 
q o ‘sh n i  b o ‘lgan  ikki  fan   b ir  m a 'n o d a   ta lq in   q ilin a rd i, 
G erm aniya  va  Peterburgda  tashkil  etilgan  iqtisodiy  geogra­
fiya  k afed ralari  ham   asosan  ishlab  c h iq a rish   k u c h la rin i 
jo ylashtirish   m asalalari  bilan  shu g ‘ullanardi.  Lekin  o ‘sha 
paytda  iqtisodiy  geografiya,  yuqorida  ta'kidlaganim izdek, 
ko‘proq  iqtisodiyot  fanlari  tarkibiga  kiritilgan  edi,  chunki 
statistik  va  tarm oq  yo'nalishlari  kuchli  edi.
Sobiq  Ittifoq davrida  Davlat  Bosh planining  raisi  akademik 

Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling