R IV o j L a n t ir is h I n s t I t u t I


Download 24.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana16.02.2017
Hajmi24.28 Kb.
#595
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17

U .  Rostouning 
(XX  asr, 
58-60-yillar)  iqtisodiy  rivojlanishning bosqichlari,  stadiyalari, 
rus  iq tiso d ch isi 
N .D .  K ondratyevning 
3 0 -y illa rd a   ilm iy- 
texnika o ‘zgarishlariga asoslangan  «uzun  to ‘lqinlar»  nazariyasi 
mavjud.  Shuningdek,  am erikalik olim 
R. Vernonning 
(XX asr 
o ‘rtalari)  eksport  tovarining  hayot  sikli  to ‘g ‘risidagi  g‘oyasi 
ham   yangiliklarning  diffuziyasi  va  texnologik  determ inizm  
bilan  bog‘liq.
Diffuziya  (fizik  atam a  b o ‘lib),  singish  va  tarqalish  xusu- 
siyatiga  ega  b o ‘lgan  holatdir.  Birinchisida yangilikning  am a- 
liy  tatbiq  doirasi  asta-sekin  singib  boradi,  ikkinchisida  esa 
bu  b irin -k etin   sodir  b o ‘ladi,  yangilik  biridan  ikkinchisiga 
ko‘chadi.  Xuddi shu xususda amerikalik  iqtisodchi  M . P o rter- 
ning  (1993)  m arkazdan  chetga kashfiyotlarning,  yangi  texno- 
iogiyalarga  asoslangan  ishlab  chiqarish tarm oqlarining ko ‘chi- 
shi,  bir m am lakatdan ikkinchi,  uchinchiga va  h.k.  darajalarga 
kaskadsim on  o ‘tishi,  migrasiyasi  xaqidagi  ilmiy  ishlanm alari 
ham   bor.
Sobiq  Ittifoqning  parchalanishi  va  m astaqil  davlatlarning 
paydo  bo'lishi  bilan  geosiyosiy  vaziyat  o ‘zgardi.  Ana  sh u n ­
day  sharoitda  chegara  atrofi  m intaqalarini  o ‘rganish,  «M ar- 
kaz-chekka»  (perifiriya)  m unosabatlarini  tadqiq  qilish  raa- 
salalari  ham   ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  bilan  bevosita 
aloqadordir.
Jahon  xo‘jaligi tizim i  (bu  tushuncha  asoschisi  am erikalik 
I. V allerstayn), 
uning  taraqqiyotidagi  sikllar  davriy,  tarixiy 
xususiyatga  ega.  Bunday  yondashuvni  tik  em as,  gorizontal, 
ya'ni geografik jihatdan  ham   q o‘llash m umkin.  N atijada,  iqti­
sodiyot  rivojlanishining  hudud d an -hu dudga  o ‘tishi,  bizning
71

iboram izda  «geografik  konveyr»  yoki  estafeta  ko‘z  oldim izga 
keladi.
N .D .  Kondratyev 
jah o n   xo'jaligi  dinam ikasida  5  ta  sikl 
ajratadi,  ulardan  to ‘rttasi 
in du striya
  davriga,  oxirgi  5 -undan 
keyingi,  ya'ni 
p o stin d u stria l
  davrga  to ‘g ‘ri  keladi.  Bu  davrda 
elektronika,  lazerlar texnologiyasi,  biotexnologiyalar  ustuvor 
aham iyatga  ega.  Xuddi  shunga  o ‘xshash  hududiy-iqtisodiy 
rivojlanishning  ketm a-ketligini  kuzatish  m um kin.  Bu  o ‘rinda
I.  M echnikovning 
jah o n   sivilizatsiyasi  bosqichlari  va  bunda 
buyuk  tarixiy  ilk  daryo larn ing   roli  xaqidagi  asarini  ham  
e'tibordan  chetga  qoldirm aslik  kerak.  M uallif jah o n   m ada- 
niyati  va  taraqqiyotida  daryo,  0 ‘rta  dengiz  va  okean  siviliza- 
tsiyalarini  ajratadi.  U lar  bir vaqtning  o ‘zida  emas,  balki  turli 
davrlarda,  birining  o ‘rnini  ikkinchisini  olishi  bilan  yuzaga 
kelgan.
D arhaqiqat,  jah o n   taraqqiyoti  U zoq  Sharq,  Yaponiya  va 
Xitoydan  boshlanib,  0 ‘rta  va  Y aqin  Sharqqa,  undan  0 ‘rta 
dengiz  va  Pireney  yarim   oroliga,  ulardan Angliya va  nihoyat 
A m erik aga  (A Q S H )ga  k o ‘c h d i.  H o zirg i  d avrda  ta rix n i, 
iqtisodiy-ijtim oiy  hayotni  rivojlantiruvchi  m intaqalar  «uch- 
burchagi»,  ya'ni  A Q S H -G ‘arbiy-Y evropa-Y aponiya  hisobla- 
nadi.  Ayni vaqtda,  yetakchi  kuchning  asta-sekin  yana  sharqqa 
k o ‘chishi  alom atlari  sezilm oqda.  Ayni  vaqtda  buni  Yaponiya 
ta'siri va  boshchiligida  yangi  industrial  m am lakatlar  — janubiy 
K oreya,  Singapur,  T ayland,  M alayziya,  Indoneziya  jadal 
sur’atlar bilan  rivojlanishida  ko'ram iz.  Dem ak,  bizning  nazari- 
m izda,  iqtisodiy taraqqiyotning  sikl  xususiyatiga  ega  ekanligi 
faqat  davr,  vaqt  doirasidagina  em as,  balki  Yer  shari,  global 
geografik m akonda  ham sodir b o‘lmoqda.  Bu  esa  albatta jahon 
x o ‘jaligining  rivojlanish  va  uning  hududiy  tarkibiga  ta ’sir 
qiladi.
Shu  bilan birga  m intaqa  iqtisodchilari,  iqtisodiy geograflar 
V.  Leontyev 
va 
U . 
Izardlarning  tarm oqlararo  va  hududlararo 
balansi  ham da  m intaqaviy  iqtisodiyot  fani  to ‘g ‘risidagi  ilmiy 
g'oyalarini, 
Zipfa 
va 
Styuart,  Dj.Fridman 
kabilarning shahar­
lar  rivojlanishi,  boshqa  olim larning  «dunyoviy  shaharlar» 
haqidagi  yangi  ishlarini  ham   bilishlari  lozim.  Z ero,  ularning 
barchasi  ishlab  chiqarish  kuchlarini joylashtirish bilan  bevosita 
bog‘liq.
72

Biz  yuqorida  ishlab  chiqarishni  joylashtirishning  ilmiy 
g 'oyalarini  asosan  G ‘arb  olim lari  asarlari  b o 'yich a  talqin 
qildik.  0 ‘z -o ‘zidan  savol  tug‘ilishi  tabiiy:  nahotki  uzoq  tarix- 
ga,  m adaniyatga  ega  b o ‘lgan  o ‘zim izning  yurtim izda  bunday 
ishlar qilinmagan bo'lsa?  Shubha yo‘q,  albatta  bu borada  ham 
o ‘lkamiz  katta  va  boy  m erosga  ega.  M uam m o  faqat  ularni 
tarixiy  m anbalardan  qidirib  topish,  o ‘rganish,  targ‘ib  va tash- 
viqot  qilish,  am alga  tatbiq  qilishdan  iborat  b o ‘lm og‘i  lozim. 
M asalan,  bu  yerda,  xususan  dehqonchilikni  rivojlantirish  va 
joylashtirish,  sug‘orish  inshootlarni  qurish va  foydalanish,  sav- 
do  va  h u n a rm a n d ch ilik   sohalari,  shaharsozlik  t o ‘g ‘risida 
dunyo  aham iyatiga  m olik  ixtirolar  yaratilgani  sir  emas.  M a- 
tem atika,  tibbiyot  va  boshqa  fanlar  tug‘ilgan  bu  Ona  zam in 
ijtim oiy-iqtisodiy  hayotning boshqa  sohalariga, jahon  m ada- 
niyati  va  tarixiga  ham   o ‘zining  m unosib  hissasini  q o ‘shgan.
SA V O L  VA  T O P S H IR IQ L A R
1.  I.T y u n e n n in g   «xalqalari»  nim a?
2.  A .V eb ern in g   sa n o a t  sh ta n d o rti  h aq id a  n im a la rn i  b ilasiz?
3.  V .K rista ller  va  A .  L yosh   ilm iy   g 'o y a la ri  m o h iy a tin i  tu sh u ntirib  
b e r i n g .
4.  Y an gilik lar  davr  va  h u d u d ga  q an d ay  tarqaladi?
5.  Y er,  hu d u d   q an d ay  fu n k siyalarn i  bajaradi?
6.  0 ‘zin g iz   yashab  turgan  v ilo y a t  ta b iiy   sh a ro iti  va  b oylik lariga 
iq tiso d iy   b ah o  b ering.
7.  Infrastruktura  n im a va  u  ishlab  ch iq arish n i joylash tirish ga  qanday 
ta'sir  k o ‘rsatadi?
8.  E k o lo g ik   o m il  va  ish lab   c h iq a rish n i  h u d u d iy   tash k il  q ilish   b o ra - 
sid a  n im alarn i  ayta  o la siz?
73

VIII  BOB
TABIIY  SHAROIT,  TABIIY  RESURSLAR 
YA  IJTIMOIY  HAYOT
Insoniyat  m a'lum   bir  tabiiy  m uhitda  o ‘z  hayotini  kechi- 
radi.  T abiat,  tom   m a’noda,  insoniyat  hayot  tarzi  va  jam iyat 
ishlab  chiqarish  kuchlarining  joylashishi  va  rivojiga  m uhim  
ta'sir  k o ‘rsatadi.  Bizni  o ‘rab  turgan  tabiat  jam iyat  hayotiga 
ta'siri  nuqtai  nazaridan  odatda  ikki  m a'noda  tushiniladi
1)  Tabiiy  sharoit
2)  Tabiiy  resurslar.
Ishlab  chiqarish  kuchlari  va  aholining  hududlararo  tarqa- 
lishi  va  rivojlanishiga  bilvosita  ta'sir  etuvchi  barcha  xil  tabiat 
kuchlari  va  ne'm atlari 
tabiiy  sharoit 
tushunchasini  keltirib 
c h iq a ra d i.  T ab iiy  s h a ro itn i  k e ltirib   c h iq a ru v c h i  asosiy 
e le m en tlar  sifatida  jo y la rn in g   relyefi,  iqlim i,  tu p ro q -su v  
sharoitlari,  o ‘simlik,  hayvonot  dunyosi  kabilar  qatnashadi. 
U lar  odatda  jam iyat  hayotiga  turlicha  ta'sir  k o ‘rsatadilar  va 
yashash  sharoitini  shakllantiradilar.
T urli  m intaq alard a  tabiiy  sharoitning  tu rlich a  boTishi 
k o ‘proq hududning  qaysi  geografik  kengliklarda joylashganli- 
giga  bog‘liqdir.  Zero,  Ekvatorga  yaqinlashgan  sari  iqlim ning 
isib  borishi,  Shim oliy  va  Janubiy  qutblarga  borgan  sari  esa 
sovub  borishi  bizga  m a’lum.  Shuning  bilan  birga,  joylarda 
tabiiy  sharoitning  tam om an  shakllanishida  ularni  hosil  qiluv­
chi  boshqa  elem entlar  ham   faol  qatnashadilar.
Tabiiy sharoit,  elem entlari  orasida  ijtimoiy hayotga  relyef- 
ning  ta ’siri  ancha  katta.  B inobarin,  tekisliklar,  tog‘lar,  botiq 
(ch o ‘kma)li joylar tabiiy  sharoitning  kelib  chiqishida  turlicha 
qatnashadilar.  Tabiiyki,  turli  relyef shakllarining joylar  tabiiy 
sharoiti  shakllanishida  ularning  dengiz  va  okeanlarga  uzoq- 
yaqinligi,  yog‘in  keltiruvchi  havo  oqim lariga  nisbatan  q a n ­
day joylashganligi  holatlari  ham   katta  ahamiyatga egadir.  Qu- 
ruqlik b o ‘ylab  iqlimiy  k o ‘rsatkichlarning,  hususan yog‘ingar- 
chilikning  taqsim lanishida  ayniqsa  balandliklar  va  to g ‘lar 
m uhim   rol  o ‘ynaydi.
74

Joylarda  tabiiy  sharoitning  shakllanishida  balandliklar va 
to g ‘larning  aham iyatini  m isollarda  qarab  chiqam iz.
X aritalarga  qarab  asosan  kenglik  yo‘nalishda  c h o ‘zilgan 
H im olay  to g ‘larini  aniqlang.  D unyoda  eng  baland  bo'lgan 
ana  shu tog1 lardan janubda joylashgan  H indiston  yil davomida 
asosan  issiq va boy tabiatga  ega  ekanligini  yaxshi bilasiz.  Ayni 
vaqtda  Him olay va  Tibet  yassi  tog‘lardan  shim olda joylashgan 
c h o ‘l  hududlarning  tabiati  esa  yozda  issiq,  qurg'oqchil  va 
q ish d a   q a h rli  sovu q   (k esk in   k o n tin e n ta l)   iq lim g a  ega 
ekanligini  ham   bilam iz.  X o‘sh,  b ir-b irlarid an   keskin  farq 
qiluvchi  bu  ikki  tabiatli  olam ning  yuzaga  kelish  sabablari 
nim ada  ekanligini  tushungandirsiz?
Yana  m isollarga  m urojaat  etam iz.  X aritalardan  asosan 
kenglik b o ‘ylab  c h o ‘zilgan  K atta  Kavkaz,  Alp,  Kopetdog*  va 
H isor  to g ‘larin i  ham   toping.  U lard a  ham   k o ‘p  jih a td a n  
H im olay  to g 'lari  tufayli  yuzaga  kelgan  holatlarni  ko‘rasiz. 
K atta  Kavkaz va Alp  tog‘laridan janubda tabiati  iliq va  ancha 
boy  subtropik  iqlim,  shim olida  esa  asosan  sernam ,  lekin  yozi 
iliq,  qishi  m o‘'tadil  sovuq  iqlim hukm ronlik qiladi.  Kopetdog‘ 
va  H isor  to g‘laridan jan ub d a  ( 0 ‘zbekistonning  Surxondaryo 
viloyatida)  asosan  qishi  nam li,  iliq  va  qisqa,  yozi  esa  quruq, 
jaziram a  va  davomli  subtropik  iqlim,  tog'larning  shim olida 
esa  asosan  c h o ‘l  hududlarga  xos  keskin  kontinental  iqlim 
harakterlidir.
X o‘sh,  b ir-birlaridan  keskin  farq  qiluvchi  bu  ikki  tabiatli 
m intaqalarning  yuzaga  kelishining  asosiy  sabablarini  o ‘ylab 
ko‘rdingizmi?  Siz bilasizki,  qish  fasllarida  shim oldan janubga 
qarab  tez-tez sovuq arktik  havo  oqimlari harakat qiladi.  Y,ozda 
esa,  aksincha,  issiq tropik  havo janubdan  shim oliy  kengliklar 
tom on  harakatlanadi.  Biz  hozirgina  tanishgan  bu  baland 
to g ia r asosan  shim oldan janubga harakat  qiluvchi  havo  oqim ­
lari  yo ‘lida  o ‘tib  b o ‘lmas  devor  kabi  k o ‘ndalang  turganligi 
sababli  o ‘sha  tog‘lar janubida  deyarli  doimiy yoz  (H indiston) 
yoki  ancha  iliq  qish  (Italiya,  G ruziya,  Ozarboyjon,  Eron  va 
0 ‘zbekistonning  Surxandaryo  viloyati)  iqlim i  yuzaga  keladi. 
Bu  tog‘lardan  shimolda joylashgan  hududlarda esa  qish  sovuq 
va  yozi  issiq  fasllar  hukm ronlik  qiladi.
U m um an  olganda  har  qanday  to g '  va  balandliklar joylar 
tabiiy sharoitining  shakllanishida  o ‘z  ta'siriga  ega bo‘ladi.  Agar
75

tog‘  va balandliklar okean va  dengizlardan  yog‘in  olib  keluvchi 
havo  oqim lari  yo‘lida  k o'ndalang joylashgan  b o ‘lsa,  bunday 
holatda  ham   ularning  ta ’siri  katta  bo'ladi.  Shu  sababli  nam  
havo  oqimlari  kelib  uriladigan  balandlik va  tog‘larning o ‘ng‘ay 
yonbag'irlari  odatda  ancha  seryog‘inli  va teskay yonbag‘irlarda 
esa  qurg'oqchil  holatlar  kuzatiladi.
Bunga  dunyoning  turli  m intaqalaridan  k o ‘plab  m isollar 
keltirish  mumkin.  Yog'in  keltiruvchi  havo  oqim larining qaysi 
tom on d an  esishiga  bog‘liq  b o ‘lganligi  sababli  M arkaziy  And 
to g 'larin in g   sharqiy  yonbag‘rida  yiliga  o ‘rtach a  1000  mm 
gacha  y o g 'in   tush g an i  h o ld a,  uning  g ‘arbiy  y o n b a g ‘rida 
yog‘ingarchilik  m iqdori  100  mm  dan  oshm aydi.  U shbu  tog‘- 
ning janubiy  davom ida  aksincha  holatlar  kuzatiladi.  G ‘arbiy 
yonbag'rida  nam garchilik  m iqdori  to  5000 
mm
  gacha  borsa, 
uning  teskay  (sharqiy)  yon  bag‘rida  bu  m iqdor  200-250 
mm 
dan  oshmaydi.
U ral  tog'lari  asosan  m eridian  y o ‘nalishda  joylashganligi 
Sizga  m a ’lum .  Bu  k eng lik larga  y o g‘in  k e ltiru v c h i  havo 
oqim lari  A tlantika  okeanidan  (g‘arbiy  havo  oqim lari)  esishi 
tufayli  to g'ning  g'arbiy  yon  b ag'irlarida  600-700  mm  gacha 
y o g ‘in  yo g ‘sa,  unin g  sharq iy   to m o n id a   bu  m iq d o r  ikki 
baravargacha  kamayadi.  Aynan  shunaqa  holat  nisbiy  baland- 
ligi  a n c h a   past  b o 'lg a n   V o lg abo ‘yi  b a la n d lik la rid a   ham  
kuzatiladi:  balandlikning  g'arbiy  tom onlarida  (o ‘ng  qirg‘oq, 
unda  yog‘ingarchilik  m iqdori  350-450  mm  gacha)  sharqiy 
(chap  qirg‘oq)  qismiga  nisbatan  shu  darajada  nam garchilik 
p a say a d ik i,  bu  h u d u d la rd a   su g ‘o rm a sd a n   d e h q o n c h ilik  
ishlarini  olib  borishga  deyarli  im kon  b o ‘lmaydi.
B unday  m isol  bizning  o 'lk ala rim iz d a   ham   kuzatiladi. 
M a'lum ki,  0 ‘zbekiston  va  Q ozog‘iston  respublikalarining 
G ‘arbiy  va  M arkaziy  hududlari  asosan  tekisliklardan  iborat 
va  ular  yog‘in  olib  keladigan  g ‘arbiy  havo  oqim lari  y o ‘lida 
joylashgan  b o ‘lishiga  qaram asdan  balandliklar va  tog‘lar bilan 
egallangan  Sharqiy  hududlariga  nisbatan juda  ham   qu rg‘oq- 
childir.  Shu  darajada  qurg‘oqchilki,  bu  hududlarda  yog‘in 
o ‘ta  kam  yog‘adigan  bo‘lganligi  sababli  dehqonchilik  u yoqda 
tursin,  chorvachilikni  ham   bem alol  rivojlantirib  b o ‘lmaydi. 
O zgina  o ‘ylab  k o ‘rilsa  b uning  ham   asosiy  sababi  rel'y ef 
ekanligini  anglab  yetish  qiyin  emas.  Aynan  relyef xususiyatlari
76

tufayli  yog‘ingarchilik  m iqdori  m asalan,  0 ‘zbekistonning  te ­
kislik  qism larida  100-200  mm  dan  to g ‘  oldi  va  tog‘li  hudud- 
larda  500-700  mm  gacha  ko'payadi.  Shu  sababli  M arkaziy 
Osiyo  m intaqasining  suv  m anbalariga  boy  bo'lgan  sharqiy 
rayonlari  iqtiosdiy  jih a td a n   yaxshi  o ‘zlashtirilgan,  g ‘arbiy 
tekislik  hududlarida  esa  aholi  siyrak  joylashgan.
H ududning  seysmiklik  holatlari  ham   uning  tabiiy sharoiti 
xususiyatlarining shakllanishida faol  ishtirok  etadi.  Kuzatishlar 
shuni  ko‘rsatadiki,  yer  yuzasi  bo 'y lab   eng  ko‘p  zilzila  —  yer 
teb ran ish lari  to g ‘  va  to g ‘  oldi  hududlariga  t o ‘g ‘ri  keladi. 
Halokatli zilzilalar va vulkanik harakatlar tez-tez kuzatiladigan 
aloh id a  m in ta q a la r  va  m am lak atlar  (M arkaziy  A m erika, 
Yaponiya,  Afg‘oniston,  ayrim  0 ‘rta  dengiz  b o ‘yi  m am lakat­
lari)  m avjudligini  bilasiz.  Shuning  bilan  birga  bu  jihatdan 
ancha  xavfsiz  va  tin ch   hududlar,  ham da  m am lakatlar  (ko‘p- 
chilik  G ‘arbiy  va  Sharqiy  Yevropa  m am lakatlari)  borligidan 
ham   xabardorsiz.
U m um an,  shu  va  shunga  o ‘xshash  sabablarga  ko ‘ra  say- 
yoram izning  eng  shim oliy  va  eng janubiy  kengliklari  b o ‘ylab 
un ing   sovuq  m in ta q a la ri,  o ‘rta   (m o ‘4 ad il)  m in taq a n in g  
shim oliy  hudud lari  b o ‘ylab  esa  keng  ignabargli  va  bargli 
o ‘rm onlar  zonasi  joylashgan.  U lardan  Ekvator  tom on  bori- 
ladigan  b o ‘lsa  avval  o ‘rm on-dasht  va  dasht,  keyin  esa  chala 
c h o ‘l  va  c h o ‘l,  subtropik va  tropik,  cavanna  va  nam   ekvotrial 
tabiiy-geografik  m intaqalar  bir-birlarini  alm ashtiradi.
Tabiiyki,  ularda  aholining  yashash  sharoiti  (tabiiy sharoit) 
har  hil  b o ‘ladi.  Shim oliy  va  janu b iy  A rktik  va  A ntarktik 
o ‘lkalari  va  baland  to g ‘li  hududlar  yil  davom ida  asosan  qor 
va  muzlar bilan  qoplangan va  ularda aholi  deyarli yashamaydi. 
Igna  bargli  o ‘rm onli  hududlar  asosan  zaxkash  va  botqoq- 
langan.  C h o ‘l  va  chala  c h o ‘l  m intaqalari  iqlimi  o ‘rta  qur- 
g'oqchiligi  tufayli  iste’mol  qilinadigan  suv  m anbalariga juda 
kam bag'al.  Shu  sababli  yer  shari  um um iy  m aydonining  2/3 
qism idan  k o ‘prog‘ini  egallagan  ana  shu  m intaqalar  hududi 
iqtisodiy  jih atd an   o ‘zlashtirilm agan,  yoki  jud a  sust  o ‘zlash- 
tirilgan.  Yer,  suv  va  iqlimiy  sharoitlari  eng  qulay  b o ‘lgan 
o ‘rm on-dasht  va  dasht  m intaqalari,  dengiz  b o ‘yi  tekisliklari, 
qulay  tog‘  vodiylari  va  tog'oldi  kengliklari  esa  inson  tom o- 
nidan  eng  yaxshi  o ‘zlashtirilgan.
77

JA H O N   YER   F O N D I
1-jadvat

Y er  kategoriyalari
Y er  m aydon i
m ln   ga
foiz
1
F oydalan ilad igan   yerlar
5505
3 7 ,0
2
0 ‘rm onlar  va  butazorlar
4 0 3 0
2 7 ,0
3
F oyd alan ilm ayd igan   va  kam  
foydalaniladigan  yerlar
53 7 0
3 6 ,0
4
Jam i  yerlar
14900
1 0 0 ,0
Aynan  ana  shu  m intaqalarda  yer  yuzasi  jam i  ekin  may- 
donlarining  2/3  qism idan  ko ‘prog‘i  joylashgan.  Shulardan 
kelib  chiqib,  tabiiy  yashash  sharoitiga  ko‘ra  sayyoram izdagi 
jam i  quruqlikni  uch  guruhga  ajratish  m umkin.
1.
  Yashash  uchun  qulay  tabiiy  sharoitli  hududlar. 
Bular- 
ga jaho nn in g  asosan  o ‘rm on -d asht  va  dasht  zonasi,  m o ‘'ta- 
dil,  tro p ik   va  ekvotrial  m in taq a la rn in g   suv  bilan  yaxshi 
ta'm inlangan  dengiz  b o ‘yi  tekisliklari  kiradi;
2. 
Yashash  uchun  u  qadar  qulay  b o ‘lmagan  tabiiy  sharo­
itli  hududlar. 
Bularga jaho n n in g   asosan  shim oliy  va  ekvotri­
al  o ‘rm onlari  ham da  asosiy  c h o ‘l  va  chala  c h o ‘l  hududlari, 
m ateriklar ichki  qismidagi  tog‘  va tog‘  oldi  m aydonlari  kiradi;
3. 
Yashash  uchun  umuman  noqulay tabiiy  sharoitli  hudud­
lar. 
Bularga  asosan  shim oliy  va janubiy  qutb  kengliklaridagi 
deyarli  barcha  h u dudlar  (A ntarktida  m aterigi,  G renlandiya 
va  ko‘p  sonli  boshqa  orollar)ning  asosiy  m aydonlari,  turli 
m ateriklarda  joylashgan  baland  to g ‘li  hududlar  kiradi.
Jahonning  deyarli  barcha  rivojlangan  davlatlari  qolaver- 
sa,  qadim dan  aholi  zich  yashab  kelayotgan  hududlar  asosan 
tabiiy  qulay  sharoitli  m intaqalarda joylashganlar.  Shu  sababli 
b unday  hu d u d lar  b arch a  tarixiy  rivojlanish  bosqichlarid a 
ijtim oiy  hayotda  yetakchi  m avqelarni  egallab  kelm oqdalar.
Yer  yuzasi  um um iy  m aydonining  katta  qism ini  egallagan 
yashash  uch u n   u  qad ar  qulay  b o ‘lm agan  tabiiy  sh aro itli 
hududlar  asosan  inson  tom o n id an  so ‘ngi  yuz  yillik  davom i­
da faolroq  o ‘zlashtira boshlangan.  Shu  sababli bunday h udud­
lar to  keyingi  yillargacha  ko‘p  hollarda  ishlab  chiqarish 
eksten-
78

siv
 rivojlangan  hududlar bo'lib  kelm oqda  va  bunday m intaqa- 
larda joylashgan  m am lakatlar jaho n n ing  iqtisodiy  va  siyosiy 
h ay o tida  ikkilam chi  va  ayrim   h o llard a  u n d a n   ham   past 
o ‘rinlarda  qolib  ketm oqdalar.
Tabiiy  sharoiti  butunlay  noqulay  bo'lgan  hududlarning 
katta  qismi b u ndan  keyin  ham   asosan  inson  tom onidan  doi- 
miy yashash  maskani  sifatida  egallamagan  «bo‘sh»  m aydonlar 
b o ‘lib  q o la v e ra d i.  S h u n in g   b ila n   b irg a   u la rn i  m a 'lu m  
m aqsadlarda  o ‘zlashtirish  ishlari  uzluksiz  olib  borilaveradi.
Inson hayoti va  ijtimoiy faoliyati  davomida xilma-xil  tabiat 
resurs  (boylik)laridan  keng  foydalaniladi.
Tabiiy  resurs 
deb  inson  hayoti  va  faoliyati  davom ida 
bevosita  foydalaniladigan  barcha xil  tabiat  n e’m atlariga aytila- 
di.  Tabiiy  resurslar  inson  hayotida  ham isha  katta  o ‘rin  tutib 
kelgan.  U lar avvalo jam iyat  hayotining  m oddiy negizi  sifatida 
xizm at  qiladi.  Shu  sababli  aholi  sonining  k o ‘payishi  va ja m i­
yatning  rivojlanib  borishi bilan  turli  tabiiy  resurslarga b o ‘lgan 
ehtiyoj  ham   taboro  oshib  boradi.
Tabiiy  resurslar  kelib  chiqishi,  ishlatilishi  hususiyatlariga 
k o‘ra  tugam aydigan  va  tugaydigan  guruhlarga  b o ‘linadi.
Tugam aydigan  tabiiy  resurslarga 
ko‘proq  kelib  chiqish 
negizi  fazo  bilan  b og ‘liq  b o ‘lgan  Quyosh,  sham ol,  dengiz 
va  okeanlar,  yerning  ichki  (geoterm al)  energiyalari  va  agro- 
iqlim   im koniyatlari  ham da  yadroviy  (atom )  energiya  vosi- 
talari  kiradi.  U lar  tabiatda  am alda  cheksiz  k o 'lam d a   mav- 
juddir.
Tugaydigan  tabiiy  resurslarga 
yer-tu proq ,  m ineral,  chu- 
chuk suv,  o ‘simlik,  hayvonot,  rekreatsiya kabi  boyliklar kiradi. 
U lar o ‘z  navbatida 
tiklanadigan 
va 
tiklanmaydigan 
resurslarga 
ham  b o ‘linadi.  0 ‘rni tiklanishi  m um kin  b o ‘lgan tabiiy  resurs­
larga  tuproq,  o ‘simlik,  hayvonot,  rekreatsiya,  inson  iste’mol 
(daryo  va  chuchuk  k o ‘llar,  yer  osti)  qiladigan  chuchuk  suv 
kabilar  kiradi.  0 ‘rnini  tiklab  b o ‘lm aydigan  tabiiy  resurslarga 
turli  xil  yer  osti  (m ineral)boyliklari  kiradi.
T abiiy  resurslarning  asosiy  qism i  inso niy at  taraq q iy o ti- 
ning  b arc h a   b o sq ich larid a  ham   tu rli  m oddiy  ishlab  c h i­
qarish  tarm o q la ri  u c h u n   qim m atbah o   xom ashyolar  sifatida 
x izm at  qilib  kelgan  va  b u n d a n   keyin  ham   shunday  b o ‘lib 
qoladi.
79

0 ‘z -o ‘zidan  m a'lum ki,  inson  dastlabki  davrlarda  o ‘zini 
o ‘rab  turgan  va  bem alol  q o ‘li  «yetadigan»  o ‘simlik  va  hay- 
vonot,  suv  va  tuproq  kabi  tabiiy  (tugaydigan)  resurslardan 
keng  foydalangan.  Keyinroq  esa  foydalanish  ancha  m urak­
kab  b o‘lgan yer osti  (mineral)  boyliklarni  (tugaydigan)  iste'mol 
qilishni  o ‘zlashtirib  olgan.  Bu hoi  hozirgacha davom  etmoqda. 
Bunga q o ‘shim cha  qilib,  aynan  tugaydigan  tabiiy  resurslardan 
foydalanish  sur'atlarining  so ‘ngi  yillarda  misli  ko‘rilm agan 
darajada  tezlashib  ketganligini  alohida  qayd  qilm oq  kerak.
M utaxassislar  hisobiga  ko ‘ra,  agar  insoniyat  o ‘rta  asrlar 
(Beruniy,  Ibn  Sinolar)  davrida  atigi  18  xil  kimyoviy  elem ent 
va  ularning  birikm alarini  ajratib  olishni  uddalagan  b o ‘lsa, 
ularning  soni  XVII  asrda  25,  XX  asr  boshlarida  54  va  XXI 
asr  boshlarida  sun'iy  yo‘l  bilan  olingan  elem entlarni  ham  
q o ‘shib  hisoblaydigan  bo'lsak,  100  xildan  k o ‘proqni  tashkil 
qiladigan  b o ‘ldi.  Tabiiy  resurslarni  o ‘zlashtirish  hajm i  shu 
qadar  tezlashdiki,  so ‘ngi  30  yil  ichida  hom ashyo  sifatida  yer 
qa'rid an  qazib  chiqarilgan  m ineral  boyliklar  hajm i  undan 
oldingi  jam i  qazib  olingan  um um iy  darajadan  ham   ancha 
ortiqlik  qiladi.  Bu  tezlashish jarayoni  bundan  keyin  ham   ortib 
borishi  kutilm oqda.
Tugam aydigan  tabiiy  resurslardan  insoniyat  ehtiyojlarida 
foydalanish  avvalo  katta  bilim  va  m ablag‘larni  talab  qilganligi 
sababli  shu vaqtga  qadar ulardan juda  kam  foydalanib  kelindi, 
g o ‘yo  b u n d a n   k e y in g i  a v lo d la r  u c h u n   a ta y la b   sa q la b  
q o ‘yilgandek.  Hozirgi  FT I  davrida  ulardan  keng  foydalanish 
im koniyatlari  yaratilm oqda  va  kelajakda  ulardan  foydalanish 
taboro  kuchayib  boraveradi.
Tabiiy  resurslar yer  yuzasi  b o ‘ylab  ancha  notekis joylash­
gan.  Bu  avvalo  quruqlik,  dengiz  va  okeanlarning  geografik 
kengliklar va  iqlimiy  m intaqalarda  turlicha joylashganligi,  yer 
osti  qazilm a  boyliklari  hosil  b o ‘lish  sharoitlari  (tektonikasi)- 
ning  m intaqalarda  turlicha  kechganligi  bilan  bog‘liqdir.  Shu 
sababli  jah o n d a  tabiiy  resurslar  bilan  ancha  yaxshi  ta ’m in- 
langan  m am lakatlar,  hudu d lar  mavjud.  Fors  q o ‘ltig‘i  neft  va 
tabiiy gazga,  And  m am lakatlari  mis  va polim etallga,  Shimoliy 
yarim   sham ing  o ‘rta  kengliklari  va  ekvotrial  m intaqa  hudud- 
lari  suv  va  o ‘rm onlarga  ancha  boy.  Rossiya,  A Q SH ,  Xitoy, 
Kanada,  Braziliya,  Avstraliya  kabi  bir qator  davlatlar  am alda
80

tabiiy resurslarning  deyarli barcha  xillari bilan  yaxshi ta ’m in- 
langan.  Shuning  bilan  birga  ko ‘pgina  m am lakatlar  m uhim  
tabiiy  boyliklarning  bir  yoki  bir  n echa  turlarigagina  ega. 
Jahonda  uch in chi  xil  m am lakatlar  ham   borki,  ular  tabiiy 
boyliklar,  ayniqsa,  m in eral  resu rslarning  h a tto   b iron  bir 
hayotiy aham iyatli  turlari  bilan  ham   kerakli  darajada  ta'm in- 
lanm agan.
Sobiq  Ittifo q   respublikalaridan  Q ozog‘iston,  U kraina, 
0 ‘zbekiston  turli  m ineral  boyliklarga  ancha  boy,  M oldava, 
Boltiq  bo ‘yi  respublikalarining  aksincha,  ancha  kam bag‘al 
ekanliklarini  qayd  qilm oq  kerak.
A Q SH dek  tab iiy   resu rslar  b ila n   yaxshi  ta 'm in la n g a n  
m am lakat  atigi  22  xil  m ineral  xom  ashyo  bilangina  o'zin i 
to ‘la  ta'm inlay  oladi.  U,  to  15-20  foizgacha  b o ‘lgan  o ‘ziga 
kerakli  m ineral  hom ashyolarni  esa  im port  hisobiga  qondira- 
di.  G ‘arbiy Yevropa  m am lakatlari  o ‘z  ehtiyoji  uchun  zaruriy 
m ineral  boyliklarning  70-80  foizigacha  boshqa  m am lakat- 
lardan  sotib  oladi.  Bu  k o ‘rsatkich   Y aponiyada  to  90-95 
foizgacha  boradi.
Tabiiyki,  m am lakatlar taraqqiyotida  tabiiy  resurslar bilan 
ta’m inlanganlik darajasi m uhim   iqtisodiy va siyosiy aham iyat- 
ga  ega. 
Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling