Referat mavzu : Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy- uslubiy jihatlari


Download 91.1 Kb.
bet1/4
Sana23.10.2023
Hajmi91.1 Kb.
#1717251
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya referat


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Byudjet hisobifanidan
REFERAT
Mavzu: Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy- uslubiy jihatlari

Tayyorladi: Odiljonov Muhammadyusuf


Qabul qildi: Ramazanov A


TOSHKENT-2022

Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti.


Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo‘yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko‘rsatmalariga hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, zarur hollarda, o‘zlarining tizimidagi byudjet tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida ko‘rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin.

  • Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo‘yicha o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat.

Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:


  • Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil etish;

    • Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash;

    • Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;

    • Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

    • Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish;

    • Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzish;

  • Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar.

Download 91.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling