Referat mavzu: Moliyaviy boshqaruv. Bajardi: 3 kurs ijtimoiy ish (pensiya ta`minoti) yo`nalish talabsi Toshtemirov Suhrob
Download 65.81 Kb.
|
TS moliya bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” FAKULTETI “MAKROIQTISODIYOT” KAFEDARSI FAN: MOLIYA BOZORI VA INVESTITSIYALAR. REFERAT
Bajardi: 3 - kurs ijtimoiy ish (pensiya ta`minoti) yo`nalish talabsi Toshtemirov Suhrob Qabul qildi: G`ofurov O. Toshkent – 2023 Mundarija Kirish …………………………………………………………………...…3 Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati………………….….5 Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari………………..10 Moliyaviy oqimlarni boshqarish…………………………………..…15 Xulosa…………………………………………………………………….…19 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati…………………………………….……20 Kirish Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy ob’ektlar va yo’llar qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag’lari ham bo’lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o’z navbatida jamiyatda moliya paydo bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi. Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o’zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushi-shini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. Pul mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’-larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo’lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o’sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi. Download 65.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling