Referat tayyorladi: N. Ortiqova Toshkent-2023 Radioeshittirish


Download 29.68 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi29.68 Kb.
#1724746
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
ОАВ


Radioeshittirish, televideniya
va gazetaning rivojlanish tarixi bo’yicha

REFERAT

Tayyorladi: N.Ortiqova


Toshkent-2023
Radioeshittirish
Radioeshittirish, radioeshittiruv — ommaviy axborot vositalarining o‘ziga xos elektron texnikaga asoslangan turi. Ovozni maxsus apparatlar yordamida ko‘paytiradi va keng hududlarga, uzoq masofalarga yetkazib beradi.
Radioeshittirish matbuotning o‘ziga xos, og‘zaki, eshituvchiga yo‘naltirilgan bir ko‘rinishi sifatida matbuot qonuniyatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi, uning funksiyalarini o‘ziga xos ravishda ado etadi.
Radioeshittirishning informasion (xabar, suhbat, reportaj), tahliliy (radio chiqish, sharh, kuzatuv), badiiy publisistik (lavha, ocherk, fel'eton, esse) singari asosiy janrlari mavjud. Shuningdek, unda adabiy ijodga (radiohikoya, radiop'esa, radiospektakl'), musiqa san'atiga (radiokonsert, radiokompozisiya) oid eshittirishlar ham beriladi.
Radioeshittirish ommaviy axborot vositasi sifatida ommaga informasiya, turli ma'lumotlar yetkazib berish bilan birgalikda musiqa san'atini ommalashtirishda ham muhim rol' o‘ynaydi.
Radio dastlab aloqa vositasi sifatida ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik undan ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanilgan. Birinchi radioeshittirishlar 1919 yilda Nijniy Novgorod radiolaboratoriyasidan, 1920 yili Moskva, Qozon va boshqa. Shaharlardagi tajriba radio stansiyalaridan olib borilgan. 1924 yil 23 noyabrdan esa muntazam berila boshlagan.
O‘zbekistonda dastlabki tajribaviy radioeshittirishlar 1926 yili Toshkentda o‘tkazilgan. 1927 yilning 11 fevralida quvvati 2 kVt bo‘lgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar boshlangan. 1934 yili O‘zbekiston radiolashtirish va radioeshittirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi, 1996 yil 7 maydan esa bu qo‘mita O‘zbekiston Televideniya va radioeshittirish davlat kompaniyasiga aylantirildi.
Hozirgi paytga kelib radio misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etdi va insoniyatning ma'naviy hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar o‘z radioeshittirishlariga ega. Jahonda AQShga qarashli «Amerika ovozi», «Ozodlik», Angliyaning «BiBiSi», Germaniyaning «Nemis to‘lqinlari» va boshqa o‘nlab radiostansiyalar ishlab turibdi.
O‘zbekistonda ham bir nechta radiostudiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida O‘zbekiston Televideniya va radiokompaniyasiga qarashli Toshkent radiosi yetakchi o‘rinni egallaydi.
Respublika radiosining eshittirishlari 4 dastur bo‘yicha olib boriladi. 1-dasturda asosan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma'naviy mavzulardagi eshittirishlar («O‘zbekiston»), 2-dasturda yoshlar uchun eshittirishlar («Yoshlar»), 3-dasturda axborot va musiqiy eshittirishlar («Mash'al»), 4-dasturda esa rus, qozoq, uyg‘ur, tatar va qrim-tatar tillarida eshittirishlar olib boriladi («Do‘stlik»). Yuqoridagilar bilan bir qatorda respublikamizda bir qancha xususiy, nodavlat radiostansiyalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda («Vodiy sadosi», «Oriyat Dono» va boshqalar).
O‘zbekiston radiosi chet ellar uchun ham muntazam eshittirishlar (ingliz, arab, fors, uyg‘ur, hindi va o‘rdu tillarida hamda chet ellardagi vatandoshlar uchun o‘zbek tilida) berib boradi. Toshkent radioeshittirishning «Axborot», «Ijtimoiy-siyosiy», «Iqtisodiy eshittirishlar», «Adabiy badiiy eshittirishlar», «Musiqa eshittirishlari», «Mahalliy eshittirishlar», «Bolalar va o‘smirlar uchun eshittirishlar» kabi bosh muxarririyatlari mavjud. Unda «Yaxshi kayfiyat», «Vatan», «Hamroh», «Dugonalar», «Gulshan», «Tabassum», «Bugun radioteatrda», «Mutolaa» va boshqa doimiy mavzu eshittirishlari, radiojurnallar berib boriladi. Televideniya va radioeshittirish davlat kompaniyasi huzurida o‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri, makrmchilar ansambli, dutorchi qizlar ansambli, estradasimfonik orkestri, xor jamoasi kabi badiiy jamoalar ishlab turibdi.

Download 29.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling