GEOGRAFIYA VA EKOLOGIYA
FAKULTET 103-GURUH TALABASI
SARIBOYEV ZUHRIDDIN
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Yo’nalish azimuti va uni aniqlashga doir referat va masalalar tahlili
Tuzuvchi: Sariboyev Zuhriddin
Tekshirdi: Malikov Bobur
Samarqand-2023
Mavzu: Yo’nalish azimuti va uni aniqlashga doir referat va masalalar
Reja:
Joyda ufq tomonlarini aniqlash
2. Azimut nima?
3. Azimutga oid masalalar
Joyda ufq tomonlarini aniqlash
Agarda keng tekis joyga chiqsangiz, siz turgan yer doira shaklda ko‘rinadi. Doira shakldagi tekislikning chetida osmon bilan Yer tutashib turgandek tuyuladi.
Ana shu osmon bilan Yer tutashgan chiziq ufq deb ataladi. Sizdan
ufqqacha bo‘lgan doira shakldagi tekis yer ufq tekisligi deyiladi.
Ufq tekisligining 4 ta asosiy tomoni, ya’ni: shimol, janub, g‘arb, sharq tomonlari bor. Yana 4 ta oraliq — shimoli-sharq, janubi-sharq, janubi-g‘arb va shimoli-g‘arb tomonlari mavjud. Lekin yo‘nalish esa juda ko‘p. Chunonchi, Siz turgan joydan biror uy yoki daraxtga tomon yo‘nalish to‘ppa-to‘g‘ri shimolga emas, biroz sharqqa yoki janubi-sharqqa bo‘lsa, Siz bu yo‘nalishni qanday aniqlaysiz? Ana shunday vaqtda azimut yordam beradi.
Azimut nima?
Azimutni kompas yordamida aniqlash. Har qanday aylana 360°
ga bo‘lingan (Kompas nima? U qanday tuzilgan? Bularni «Tabiatshunoslik» fanidan eslang).
Xo‘sh, azimut nima? Azimut — joydagi ikki yo‘nalish orasida
hosil bo‘lgan burchak. Bu yo‘nalishlardan biri doim shimoiga, ikkinchisi esa biz aniqlash lozim bo‘lgan predmetga (biror daraxtmi,
simyog‘ochmi) yo‘nalgan bo‘ladi.
Azimutlar shimolga yo‘nalishdan boshlab soat millari yo‘nalishi
bo‘yicha hisoblanadi. Simyog‘ochga
yo‘nalish azimuti 50°ga, zavod mo‘risiga yo‘nalish azimuti 135° ga,
yo‘l chetigacha yo‘nalish azimuti 210° va daraxt azimuti 330° ga
teng ekanini ko’rasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |