Reja. Kirish Asosiy qisam O‘zbekiston respublikasida ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni. Ichki audit va ichki nazorat tizimiga qo‘yilgan talablar. Xulosa. Kirish


Download 112.19 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi112.19 Kb.
#1574721
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Audit Kusr ishi




Reja.
Kirish
Asosiy qisam
1.O‘zbekiston respublikasida ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari.
2.Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o‘rni.
3. Ichki audit va ichki nazorat tizimiga qo‘yilgan talablar.
Xulosa.

Kirish.
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Ichki audit korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashning eng qulay vositalaridan biri bo‘lib, u, o‘z navbatida, korxonaning raqobat jihatdan ustunligini ta'minlashi mumkin.
Bizning nazariya va amaliyotimizda nisbatan yangi tushuncha hisoblangan ichki audit G‘arb mamlakatlarida XX-asrning boshlarida paydo bo‘lgan va Ikkinchi jahon urushidan so‘ng xo‘jalik muomalalari xajmining ortishi va kompaniyalarning markazlashmagan tizimga o‘tishiga javoban rivojlanish uchun kuchli turtki bo‘lgan.“AQSh ichki auditorlarining kasb tashkiloti 1941 yili Ichki auditorlar institute sifatida tashkil etilgan. Bu muassasa o‘z faoliyatini ichki auditorlarning umumiy kasb manfaatlari, ularning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish, kasb mahorati darajasini uzluksiz oshirish dasturi, iqtisodiy kodeks, kasb me'yorlari va sertifikasiyalash dasturlari zamiriga quradi”. “Bunday nazorat (o‘z-o‘zini nazorat qilish) shakli AQShda o‘tgan, XX - asrning 30- yillarida yuzaga kelib, keyinchalik G‘arbiy Yevropa va Yaponiyaga tarqalgan”. Binobarin, “1941 yilda AQShda ichki auditor kasbini rivojlantirish va ommalashtirish, kasbiy faoliyat standartlarini ishlab chiqish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan ichki auditorlar instituti va ichki auditorlar kasbiy uyushmasi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda mazkur institut 72 ming nafarga yaqin a'zoga ega bo‘lib, 120 ta mamlakatda namoyon etilgan. Umuman olganda esa, jahonda ichki audit bilan bir millionga yaqin kishi u yoki bu darajada shug‘ullanadi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2007 yilning
1 yanvaridan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ko‘proq bo‘lgan korxonalarda kuzatuvchi kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari tashkil etilishi belgilandi. Ushbu Qarorni amalga tadbiq maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi. Ushbu qarorning 2-ilovasi bilan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi. Nizom aktivlarining balans qiymati 1 mlrd.so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda ichki auditni tashkil etishga qo‘yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi




  1. Download 112.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling