Reja: Kirish davlat budjeti harajatlarining asosiy yo’nalishlari va uning mablag’laridan foydalanishning nazariy asoslari. O’zbekistonda davlat budjeti harajatlarining


Download 1.07 Mb.
bet1/11
Sana19.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1786260
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat byudjet




Reja:
Kirish
1 Davlat budjeti harajatlarining asosiy yo’nalishlari va uning mablag’laridan foydalanishning nazariy asoslari.
2 O’zbekistonda davlat budjeti harajatlarining hozirgi holati tahlili
3 Strategik islohotlarni amalga oshirish sharoitida davlat budjeti harajatlarini natijadorligini oshirish va uni optimallashtirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Hozirgi kunda eng muhim masalalardan biri bu - byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish va ularning iqtisodiy potensialidan foydalanish muammosidir. Mamlakat soliq tizimidagi muammolar iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashning chuqurlashib borishiga mutanosib ravishda bosqichma- bosqich bartaraf etib borilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir” 1 .
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va murakkab masala bo‘lib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oila va shaxslarni yetarli darajada ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy masalalarini to‘g’ri hal qila bilishga bog’liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida” gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltiril2 makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun muhim moliyaviy manba - davlat budjeti zarur. Davlat bu manba orqali jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo’nalishdagi iqtisodiy maktablar iqtisodchi olimlari turlicha yondoshganlar. Masalan, yuqorida nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”3 deb izohlangan.
O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunida esa davlat byudjetiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardanushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”4.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling