Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana25.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1231206
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy



Reja
1. 
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar
2. 
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
3. 
YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash
4. 
YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash
5. 
YAIMni daromadlar bо‘yicha hisoblash
6. 
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa kо‘rsatkichlar va ular о‘rtasidagi nisbat
7. 
Nominal va real YAIM
8. 
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi
muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bо‗yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish uchun bir qator iqtisodiy kо‗rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar
faoliyatiga baho berishda qо‗llaniladigan kо‗rsatkichlardan farqli tarzda bu kо‗rsatkichlar
milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy
tahlil о‗tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xо‗jaligida raqobatga bardoshliligi
darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu kо‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof ichki mahsulot (SIM), yalpi milliy daromad
(YAMD), sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), shaxsiy tasarrufidagi
daromad (SHTD), iste‘mol(С), jamg‗arish(S) kо‗rsatkichlarining hajmi va о‗sish
sur‘atlari;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va о‗sish suratlari;
resurslardan foydalanishning samaradorligini ifodalovchi kо‗rsatkichlar (mehnat
unumdorligi, fond qaytimi, fond sig‗imi);
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi, inflyatsiya sur‘atlari;
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning jamg‗armalari, ish
haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi kо‗rsatkichlar umumiy
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qо‗llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD,
SHTD, С, S kо‗rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning miqdorlarini va о‗zgarishini tahlil
etishda foydalaniladi.
Bu kо‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT
mamlakat buxgalteriyasi vazifasini о‗tagani holda uning standartlaridan kelib chiqib
makroiqtisodiy kо‗rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish
imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini о‗rganish, unga tizimli baho berish uchun
yuqorida sanab о‗tilgan barcha kо‗rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir
tomonlama yondoshuvga yо‗l qо‗yilishi mumkin.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling