Reja: Oksidlangan va aralash mis rudalarni qayta ishlash
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: flotasiyalanuvchanlik, sulfidli minerallar, oksidli minerallar, pH muhit, ishqoriy muhit, kislotali muhit, flotasiya reagentlari
Ma’ruza №3 Oksidlangan va aralash rudalarni qayta ishlash texnologiyasi Reja: 1.Oksidlangan va aralash mis rudalarni qayta ishlash. 2.Oksidlangan va aralash mis rudalarni qayta ishlash fabrikalari. 3.Misni zabalans rudalardan ajratib olish texnologiyasi. Tayanch iboralar: flotasiyalanuvchanlik, sulfidli minerallar, oksidli minerallar, pH muhit, ishqoriy muhit, kislotali muhit, flotasiya reagentlari, texnologik sxema Mis mineralining yangi ochilgan taza yuzasi birqancha gidrofoblik xususiyatiga ega bo‘lib, qisman oksidlanish uni yig‘uvchi reagentga birikishini ta’minlaydi. Mineral yuzasini oksidlanishi tez sodir bo‘ladi, asosan yanchish jarayonida. Uzoq vaqt davomida oksidlanish mineral yuzasida qiyin eriydigan oksidlangan birikmalar, masalan, xalkopiritda temir gidroksili paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va yig‘uvchi reagentning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi, natijada mineralning flotasiyalanish qobiliyati pasayadi. Sulfidli mis minerallarini flotasiyalashda eng keng tarqalgan sulfgidrilli yig‘uvchi reagentlarga ksantogenatlar kiradi. Ularning yig‘uvchanlik xususiyati uglevodorod radikali uzunligiga bog‘liq. Xalkopirit butil ksantogenati yordamida pH muhit 6-11 oralig‘ida yaxshi flotasiyalanadi. Ditiofosfat, ditiokarbonat va merkaptan yordamida esa pH muhit 1-13 oralig‘ida flotasiyalanadi. Mis-qo‘rg‘oshin boyitmalarini ajratishda xalkopiritni tazyiqlovchisi sifatida sianid samarali qo‘llaniladi. Sianidning tazyiqlash samaradorligi muhitning pH iga va qo‘llanilaytgan yig‘uvchi reagentning turiga bog‘liq. Yig‘uvchi reagent sifatida etil ksantogenati qo‘llanilganda muhitning pH i 7,5 da xalkopiritni tazyiqlash uchun kam miqdorda sianid qo‘shish talab qilinadi. Yig‘uvchi reagent sifatida butil ksantogenati qo‘llanilganda esa xalkopiritni tazyiqlash uchun ko‘p miqdorda sianid qo‘shish talab qilinadi. Misning ikkilamchi sulfidlari sianid yordamila deyarli yomon tazyiqlanadi, bunga sabab, sianli eritmada ularning yaxshi erishi va mustahkam mis-sianli komplekslar hosil qilishidir. Ular uchun eng samarali tazyiqlovchi ferrotsianid K 3 Fe(CN) 6 hisoblanadi va misning ikkilamchi sulfidlari (bornit, xalkozin va kovellin) ko‘p miqdorda uchraganda mis-qo‘rg‘oshin boyitmalarini ajratishda qo‘llaniladi. Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling