Reja: Oldindan zoriqtirishning mohiyati
Download 290.69 Kb.
|
1 2
Bog'liqkorxonadan xalq uchun
Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalari Reja:
Temir beton konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida uning cho‘ziladigan zonalariga joylashtiriladigan boylama armaturalar taranglashtirilganda konstruksiyaning tashqi yuklar tasiridan salqiligi kamayadi va yoriqlar paydo bolishiga qarshiligi oshadi. Bunday konstruksiyalar oldindan zo‘riqtirilgan temir beton konstruksiyalar deb ataladi. Oldindan zo‘riqtiriladigan temir beton konstruksiyalarda qarshiliklari yuqori bo‘lgan beton va armaturalardan unumli foydalanish mumkin. Bu, oz navbatida, oldindan zo‘riqtiriladigan temir beton konstruksiyalarning samaradorligini oshiradi. Oldindan zoriqtirishning mohiyati Betonning asosiy kamchiliklaridan biri uning cho‘zilishdagi mustahkamligining yuqori emasligidir. Bu holat Temir beton konstruksiyalarning yoriqlar paydo bolishiga qarshiligini pasaytirib, xizmat qilish muddatini kamaytiradi. Temir betonni oldindan zoriqtirish g‘oyasi cho‘zilishga qarshiligi past bo‘lgan betonda sun’iy ravishda siquvchi kuchlanishlar hosil qilib, uning cho‘zilishdagi qarshiligini oshirishdan iborat. Temir beton konstruksiyalarning cho‘ziladigan armaturalari tayyorlanish jarayonida oldindan taranglashtirilib qo‘zg'almas tayanchlarga mahkamlanadi. Beton ma’lum bir mustahkamlikka erishgandan keyin armaturalar tayanchlardan bo‘shatiladi. Bo‘shatilgan armaturalar betonni qisib unda sun’iy siquvchi kuchlanish hosil qiladi. Bu konstruksiyalarni oldindan zoriqtirish deb aytiladi Konstruksiyalarni oldindan zoriqtirish yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan armaturadan foydalanish imkonini beradi va po‘lat sarfini kamaytiradi. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni qo‘llash iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Chunki bunda beton va armaturaning mustahkamlik xususiyatlaridan toliq foydalaniladi. Bundan tashqari oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarning yoriqbardoshligi oshadi va ularning xizmat qilish muddati uzayadi. Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan beton va armaturalardan foydalanish hisobiga beton va armatura sarfi kamayadi. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalardan foydalanish birinchi marta Fransiyada 1928 yilda fransuz injeneri E.Freysine tomonidan amalga oshirilgan. Rossiyada oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni amaliyotga joriy qilishda 1932 yili prof. V.V.Mixaylov tomonidan keng Ko‘lamda bajarilgan amaliy tadqiqotlar asos bo‘lgan. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni qurilish amaliyotida qo‘llash natijasida temir beton konstruksiyalarning ishlatilish ko‘lami kengayib bordi. Katta oraliqlarni yopish uchun oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar sifatida tosin va fermalar, yupqa devorli tom konstruksiyalari ishlatilmoqda. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar sanoat va fuqaro qurilishida, maxsus inshootlar qurilishida (elevatorlar, siloslar, bosimli ostida ishlaydigan quvurlar, aerodrom plitalari, temir beton qoziqlar, ko‘prik tayanchi qoziqlari) keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Download 290.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling