Peja: L. Umumiy ma’lumotlar


Download 1.67 Mb.
bet1/10
Sana03.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1322618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-6-Mavzu. Qoziqli poydevorlar (1)


3-bob. QOZIQLI POYDEVORLAR
Tayanch iboralar: osma qoziqlar, ustun qoziqlar, rostverk, yog‘och qoziq, beton qoziqlar, temir-beton qoziqlar, eshkaksimon qoziqlar, kopyor, osma gurzi, davriy shibbalash, butel, kamufelt qoziq
Peja:
3.l.Umumiy ma’lumotlar
3.2.Qoziqli poydevorlarning turlari
3.3.Qoziqli poydevorlarni o‘rnatish
3.4.Qoziqli poydevorlarni hisoblash
3.5.Qoziqli poydevorlarni loyihalash
3.1 Umumiy ma’lumotlar
Bo‘sh zaminlarda inshoot barpo etish uchun qadimdan qoziqli poydevorlardan foydalanib kelingan. Buning asosiy sababi, birinchidan, qoziq qoqish jarayonida uning atrofi va ostidagi gruntlarning zichlashuviga erishilsa, ikkinchidan, yuqoridan tushayotgan yuk qoziqning butun tanasi bo‘ylab gruntga uzatiladi. Shuning uchun ham qoziqli poydevorlarni amalda qo‘llash so‘nggi yillarda yanada rivojlanib ketdi. Qoziqli poydevorlar vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi.
Grunt qa’rida ishlash sharoitiga monand ravishda osma qoziqlar va ustun qoziqlar mavjud (3.1-rasin).
Ustun qoziqlar barcha bo‘sh qatlamlarni kesib o‘tib, uchlari bilan mustahkam gruntga o‘rnatiladi (3.l-rasm, a). Agar qoya gruntlariga yetib borish imkoniyati bo‘lsa, ularga o‘rnatish eng maqsadga muvofiqdir. Bunda inshoot zamini haqiqiy ma’noda mustahkam bo‘lib, cho‘kish deyarli yuz bermaydi. Ustun qoziqlarning inshoot qurilmasi sifatida ishlash mohiyati oddiy ustunlarnikidan kam farqlanib, qoziq orasidagi grunt ularning ish jarayonida deyarli qatnashmaydi.
Osma qoziqlarning uchlari mustahkam gruntlarga yetib bormaydi
(3.1-rasm b). Qoziqlarning mazkur turi mustahkam grunt qatlami chuqur joylashgan hollarda qo’llanadi.

3.1-rasm. Qoziqli poydevorlar:
a-ustun qoziq; b-osma qoziq; I-inshoot devoiri; 2-rostverk; 3-qoziq; 4-bo‘sh gruntlar;
5-mustaxkam gurunt; 6-bosim uzattish
Bunday qoziqlar orasida joylashgan gruntlar qoziqlar bilan birgalikda ishlaydi. Bunda bo‘sh gruntga qoqilgan, yoki o‘rnatilgan qoziq sirti bo‘ylab grunt orasida qarshilik kuchi vujudga keladi. Qumli gruntlarda ishqalanish, loylarda esa bog‘lanish kuchi, asosan, zamin mustahkamligini ta’minlaydi. Qoziqli poydevorlar alohida qoziqlardan tashkil topadi.
Ularning boshi rostverk (olmon tilida, o‘zbekcha “panjara” ma’nosini bildiradi) deb nomlanuvchi qurilma bilan birlashtiriladi (3.2-rasm).
Rostverklarning maqsadi qoziqlarni o‘zaro bog‘lash bilan birga ularning
bir miqdordagi cho‘kishini ta’minlashdan iborat.
Rostverklar past (3.2- rasm, a) va baland (3.2- rasm. b) joylashadi.
Baland rostverkli qoziqlar amalda ko‘prik. daryo va dengiz sohillari inshootlari poydevorida qoilaniladi.


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling