Reja: Strategiya va strategik menejmentning mazmuni. Strategik menejmentning besh vazifasi. Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi. Strategiya


Download 108.87 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi108.87 Kb.
#1462443
  1   2   3
Bog'liq
strategik boshqaruv


Strategik boshqarish.
Bajardi: BI-121 guruh talabasi To`raqulov Haydarbek
Reja:
 
  • Strategiya va strategik menejmentning mazmuni.
  • Strategik menejmentning besh vazifasi.

  • 3 . Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi.




Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustaxkamlash, iste’molchilarning talablarini qondirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo‘lgan turli yo‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir.
Firmani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funksiya va bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar. Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini yagona tizimga boglash demakdir.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funksiyalaridan biridir. Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar. Boshqalari o‘rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar. Strategiya qanchalik yaxshi o‘ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo‘lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan xolatlarga, kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
Menejment quyidagilarni aniqlashdan iboratdir:
-«biz qayerdamiz?»
- «qayoqqa ketyapmiz?»
- faoliyatimizning maqsadlari qanday?»
- maqsadga erishish yo‘llari qanday ?»
- optimal yo‘lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
- pirovard natija qanday bo‘lishi kerak?
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- firma biznesining yo‘nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
- firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- firma yoki xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;
- diversiyalangan firmaning portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,
- firma faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l‑atvor me’yorlarni belgilash,
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
Фирма бизнесининг йўналиши ва асосий мақсадлари.
Стратегик
танлов
Ташқи
тахлил
Ички
тахлил
Хўжаликнинг ўрта бўғинларидаги стратегия ва тармоқ тузилиши
Фирма даражасидаги стратегия. (вертикал интеграция, диверсификация, глобаль стратегия)
Хўжаликнинг ўрта бўғинлари портфели тахлили, кириш ва чиқиш стратегияси.
Ташкилий тузилмани танлаш
Мажаролар,
сиёсатлар ва уларнинг ўзгариши
Ташкилий бошқарув ва назоратни танлаш
Стратегия, тузилиши ва таркиби
Қайта алоқа
Strategik menejmentning mazmuni

Download 108.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling