Reja: Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Download 1.71 Mb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1776113
  1   2   3
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH


SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
TO'G'RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Reja:

  • 1. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
  • 2. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi takomillashtirilmoqda

Ushbu fanni o'rganayotib biz javobgarlik deganda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikni buzganligi uchun shaxs o'ziga yaxshi oqibatlarga olib kelmaydigan vakolatli davlat organlari tomonidan o'tkaziladigan ta'sirni tushunamiz.
Huquqbuzarlik obyekti yurisdiksion organ qarorlarida bayon qilingan davlat talablarini bajarish bilan bog liq ijtimoiy munosabatlar Obyektiv tomoni fuqarolar hamda mansabdor shaxslar tomonidan davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, ijro ishi yuritish haqidagi qonunchilikni buzish, ijro hujjatlarni yo'qotish, qarzdorning moliyaviy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumot berish, qarzdor ishsiz qolganligi haqida xabar bermasligi. Subyekt qarzdor, ijro jarayonining qatnashuvchilari fuqaro va mansabdor shaxslar. Subyektiv tomon aybdorlik (fuqarolar - hamda mansabdor shaxslar tomonidan davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, ijro ishi yuritish haqidagi qonunchilikni buzish, ijro hujjatlarni yo'qotish, qarzdoning moliyaviy ahvoli haqida notog'ri ma'lumot berish, qarzdor ishsiz qolganligi haqida xabar bermasligi). Aybdorlik qasddan yoki ehtiyotsizlikdan bo'lishi mumkin.
Ijro hujjati uni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etilmagan taqdirda qazdor shaxslarga sanksiya sifatida davlat ijrochisi tomonidan jarima solinadi. Davlat ijrochisining o'z vakolatlari doirasidagi ijroni amalga oshirish bilan bog'lik talablari O'zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganda quyidagi hollarda ma'muriy javobgarlikka tortiladi: qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumotlar berishda, ijro hujjatini yo'qotishda, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to'lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish. ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzishda; qarzdor o'zining yangi ish, o'qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma'lum qilmaganligida. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, ya'ni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumotlar berganlik, ijro hujjatini yo'qotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to'lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish. ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor o'zining yangi ish, o'qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma'lum qilmaganligi fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat ijrochisining xatti-harakatlari ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin. Davlat ijrochilari sodir etgan huquqbuzarliklari uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladilar. Davlat ijrochisi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.
Muayyan harakatlarni sodir etish yohud ularni sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlashni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilish eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch oydan olti oygacha qamoq yohud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling