Reja: Tavakkalchilikda xavf. Tavakkalchilikda sig’urta bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan xavflar. Tavakkalchilik turlari. Tavakkalchilikni boshqarish. Tavakkalchilikda xavf
Download 7.02 Kb.
|
tavakkalchilikni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavakkalchilikda xavf
- Tavakkalchilik turlari
- Sof tavakkalchilik
- Tabiat bilan bog’liq tavakkalchilik
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INNIVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI BI 121-GURUH TALABASI JO`RAYEV SHAHZODNING “MENEJMENT” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI. TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHREJA: 1. Tavakkalchilikda xavf. 2. Tavakkalchilikda sig’urta bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan xavflar. 3. Tavakkalchilik turlari. 4. Tavakkalchilikni boshqarish. Tavakkalchilikda xavf Tavakkalchilik tushunchasi esa tavakkaliga, tavakkal tushunchasi va tavakkaliga, tavakkal bilan ish qiluvchi ma’nosini beradi. Amerikalik ishbilarmonlarga xos bo’lgan tavakkalchilikni Amerika iqtisodiyoti “chapani” muhojirlar olib kelganlar va singdirganlar. Ular o’troq va ehtiyotkkor yerli aholini o’z ishbilarmonlik faoliyatida tavakkalchilik ham qilib turishga majbur etishgan. Amerikacha ta’rifga ko’ra, tavakkalchilik – bu biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutilib qolish imkoniyati. Albatta, ba’zi xavflarni sug’urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali oldini olish mumkin. Biroq, xavfning asosiy og’irligi, ya’ni: · menejerning hatosi; · narx o’zgarishi; · talabning sussayishi; · noto’g’ri tanlangan loyiha; · ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonning yelkasiga tushadi. Tavakkalchilik – bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat. Tavakkalchilik – bu resurs yoki daromaddan to’la yoki qisman yo’qotish xavfi. Tavakkalchilik – noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkal botirning ishi. Tavakkalchilik – bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi. Xavf – biror ko’ngilsiz xodisa yoki falokat yuz berishi ehtimolligi; xatar; qo’rqinch. Xatar – biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit; xavf; tahlika. Xavf – xatar – xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish. Ko’rib turibmizki, xavf tushunchasi ehtimollik bilan bog’lanayotgan bo’lsa, xatar iborasida esa asosiy urg’u sharoitga, vaziyatga berilyapti. Uchinchisida har ikkala tushuncha bir xil ma’noda talqin qilinyapti. Tavakkalchilik turlari Amaliyotda rahbar yoki tadbirkor o’z faoliyatida: · mol – mulk talofatiga; · moliyaviy yo’qotishlarga; · daromadlarning kamayishiga; · foyda darajasini aniqlashdagi hatoliklarga yo’l qo’ymaslik va shu jihatlarni yaxshilash maqsadida turli – tuman tavakkalchilikka boradilar. Shunday sharoitda qaysi bir turdagi tavakkalchilikni tanlash, qaysi biri ko’proq samara berishi mumkinligini aniqlash ko’p jihatdan tavakkalchilik turlarining ilmiy asoslangan tavsifnomasini bilishni taqozo etadi. Sof tavakkalchilik salbiy (zarar, ziyon) yoki nol natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Shunday turdagi tavakkalchilikka tabiat, ekologiya, siyosat, transport va qisman tijorat bilan bog’liq tavakkalciliklar kiradi. Chayqovchilik (спекулятив) tavakkalcilik ham salbiy (zarar, ziyon), ham ijobiy natija (yutuq, foyda)ga erishish ehtimolini bildiradi. Bu turdagi tavakkalchilikka moliya bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi, ya’ni investitsiya va pulning sotib olish qobilyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklar kiradi. Tabiat bilan bog’liq tavakkalchilik turiga tabiiy ofatlar oqibatida ehtimol (tavakkal) qilinadigan zararlar kiradi, masalan, yer qimirlashi, suv toshqini, dovul, epidemiya va boshqalar tufayli ok’rilgan zarar darajasi. Ekologiya bilan bog’liq tavakkalchilik – bu atrof muhitni ifloslanishi oqibatida ehtimol (tavakkal qilinadigan zarar yoki qo’shimcha xarajat). Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonun. – T., 15.02. 1991. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2000 йил, 5-6 – son. 3. Menejment- N.K.Yo’ldoshev “O`ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI” Toshkent 2018 E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 7.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling