Reja: Xalq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 23.57 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1335608
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalq pedagogikasi va xalq og


Xalq pedagogikasi va xalq og'zaki ijodiyoti uyg'unligi

Reja:


  1. Xalq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

  2. Xalq pedagogik tushunchalarining yaratilishi va xilma-xilligi.

  3. Xalq pedagogikasi fanining metodologik asosi va boshqa fanlar bilan aloqasi.

  4. Komil inson tarbiyasida xalq pedagogikasining tutgan o’rni.



Halq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Xalq pedagogikasi fani xalq og’zaki ijodi namunalarida olg’a surilgan pedagogik g’oyalar vositasida komil insonni tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirish muammolari xususida bahs yurituvchi fandir. “Xalq pedagogikasi” va “etnopedagogika” atamalari bir xil ma‘nodagi sinonim so’zlardir. Shuning uchun “Etnopedagogika” atamasi o’rnida ba‘zan “Xalq pedagogikasi” ifodasi ham ishlatiladi.
Xalq pedagogikasi ilmi har bir xalqning hayotiy faoliyati, ijtimoiy taraqqiyoti jarayonida asrlar osha to’planib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda o’tib kelgan. U xalq ommasining tarixiy va ijtimoiy tajribalari maxsuli bo’lib, hayot sinovlarida o’zini oqlagan empirik bilimlar majmuidir.
Prezident I.A. Karimov: “Ma‘rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir”,-degan edi/Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchi - Sh. Qurbonov va b.. Toshkent, “SHarq”, 1999. 86-b./. ana shu fazilatning erkin ifodasini etnopedagogika manbalarida ko’rishimiz mumkin. Chunonchi, etnopedagogikaga doir biror-bir manba yo’qki, unda ilm, ma‘rifat, ezgulik, aqliy va jismoniy komillik, ma‘naviy-ahloqiy go’zallik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik va boshqa sifatlar targ’ib etilmagan bo’lsa. Afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, qo’shiqlar singari manbalarda yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy sifatlar xalqning o’zi yaratgan qahramonlar timsolida targ’ib etiladi.
Xalq pedagogikasi fanining maqsadi-bulajak komil shaxs ongida milliy va xalqchil tushunchalarni shakllantirish, baynalmilallik tuyg’ularini tarbiyalash, xalq orzusidagi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Fanning vazifasi esa-mazkur tarbiyaviy sifatlarni shkllantiruvchi pedagogik jarayonga ijobiy ta‘sir etish, uning samaradorligini oshirishdan iborat.
Xalq pedagogikasi tarixan xalqning o’zi, uning ijtimoiy ongi, tafakkuri, turmush tarzi bilan bakatmi ravishda shakllangan. U xozirgi zamon pedagogikasi ilmining ibtidosi hisoblanadi. Xalqning o’zi hayot ekan uning pedagogik fikri, o’z milliy pedagogik qarashlari ham yashayveradi.
Markaziy Osiyoda antik davrdayoq badiiy-pedagogik ijod namunalari vujudga kelgan. Farg’onaning Saymalitosh, Samarqandning Afrosiyob, Surxondaryoning Zarautsoy, Qoraqalpog’istonning Qo’yqirilganqal‘asida topilgan yodgorliklar va yozuvlarda xalqning ilk pedagogik fikrlari aks ettirilgan. Ularda hozirgi zamon pedagogikasi ilmining shakllanishiga zamin yaratilgan.
Buyuk ajdodlarimiz, pedagog-olimlarimiz o’z asarlarida xalq badiiy ijodi namunalariga tayanib ish ko’rganlar. Donishmand xalq olg’a surgan tarbiyaning xalqchilligi va tabiatga uyg’unligiga doir g’oyalarni ijodiy rivojlantirganlar. Xalq tafakkuri rivoji uchar gilamlar va otlar, oynai jahonlar yaratishni orzu qilishda ifodalangan bo’lsa, hozirgi zamonda ular haqiqatga aylandi. Shu jarayonda xalqning tarbiya haqidagi tushunchalari ham o’sib bordi.



Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling