Reja: Ximik termik ishlash asoslari. Maqsadi. Po‘latlarni sementitlash. Turlari. Azotlash. Sianlash. Diffuzion metallashtirish. Po‘latlarni termo-mexanik ishlash asoslari. Yuqori va past temperaturali termo-mexanik ishlash. Tayanch


Download 311.84 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi311.84 Kb.
#1390142
  1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu. Metal va qotishmalarga kimyoviy termik ishlov berish.

  1. mavzu . Metal va qotishmalarga kimyoviy termik ishlov berish .




REJA:

    1. Ximik - termik ishlash asoslari. Maqsadi.

    2. Po‘latlarni sementitlash. Turlari.

    3. Azotlash. Sianlash.

    4. Diffuzion metallashtirish.

    5. Po‘latlarni termo-mexanik ishlash asoslari. YUqori va past temperaturali termo-mexanik ishlash.



Tayanch so‘zlar: Ximiyaviy-termik ishlash, sementitlash (uglerodlash,, azotlash, sianlash, alyuminiy bilan tuyintirish, dissotsiatsiya, absorbsiya, diffuziya, karbyurizator, pista ko‘mir, aktivlashtiruvchi, korroziyabardosh, ammiak, temir panjarasi, qattikligi, xromlash, silitsiylash, stermomexanik ishlash, mexano-termik ishlash.


Po‘latlarga kimyoviy-termik ishlov berish


Po‘latning yuzasini harorat ta’sirida turli kimyoviy elementlar bilan to‘yintish kimyoviytermik ishlov berish deyiladi. Bu jarayonda yuzadagi miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib keladi. YUza qatlamining kimyoviy tarkibi o‘zgarishi po‘latning qattiqligi ortishiga, ishqalanib eyilishga va zang ta’sirida emirilishga qarshiligi oshishiga hamda toliqishga chidamliligi ko‘payishiga olib keladi.
Kimyoviy-termik ishlash po‘latning tarkibi, strukturasi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida uning sirtqi qatlamiga kimyoviy va termik ta’sir etish protsessidir. Kimyoviy-termik ishlash natijasida po‘lat sirtining qattiqligi, eyilishga chidamliligi, korroziyabardoshligi, kislotabardoshligi kabi xossalari ortadi. Po‘lat detallarining uzoq muddat ishlashini oshirish uchun mustaxkamlash eng samarali usullardan bo‘lganligi sababli kimyoviy-termik ishlash mashinasozlikda keng tarqalgan.
O‘lchamlari va shakli turlcha bo‘lgan detallarga kimyoviy-termik ishlov berib, bir xil qalinlikda ishlov berilgan qatlam olish mumkin. Kimyoviy-termik ishlashda sirtqi qatlamning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi tufayli detal sirti bilan o‘zagining xossalarida farq bo‘ladi. Ish unumining pastligi kimyoviy-termik ishlashning asosiy kamchiligidir.
Detallarning uzoq vaqt ishlashini ta’minlash uchun sanoatda keng qo‘llaniladigan va eng samarali usullardan biri ularga kimyoviy–termik ishlov berish, ya’ni metall sirtida bir vaqtning o‘zida ham kimyoviy ham termik ta’sir qilishdir.
Kimyoviy–termik ishlov berish orqali quyidagilarga erishiladi:

      1. metall va qotishmalarning sirtlari puxtalanish bilan sirt qattiqligi, eyilishga chidamlilik, toliqishga mustaxkamlik, issiqbardoshlik va boshqa shu kabi xossalarning oshishi;

      2. metall va qotishmalarning normal va yuqori haroratlarda tashqi tajavvuzkor muhitlar ta’siriga qarshi turg‘unligining oshishi. Bunda ishlov berilgan

detallarning korroziyaga bardoshliligi, gravitatsion korroziya, kislotaga turg‘unligi, kuyishga chidamliligi va shu kabi xossalari oshadi.
Metall va qotishmalarga kimyoviy–termik ishlov berish ularni yuqori haroratlarga qizdirib faollashgan gazli, suyuq yoki qattiq muxitlarda ushlab turish va buning natijasida metall va qotishmalarning sirt qatlamlari kimyoviy tarkibini, strukturasi va xossalarini yaxshilashdir. Termik ishlov berishdan kimyoviy–termik ishlov berishning farqi shundaki bu ishlov berish turida metall va qotishmalarning faqat strukturaviy o‘zgarishlari ro‘y bermasdan balki sirt qatlamlamlari kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi. Ba’zi bir kimyoviy–termik ishlov berish usullaridan keyin metall va qotishmalarning o‘zaklari vaqt qatlamlari xossalarini yaxshilash uchun termik ishlov berish qo‘llaniladi. SHuni takidlash lozimki, kimyoviy-termik ishlov berish usullarini tanlash orqali ularning xossalarini eng ko‘p oraliqlarda o‘zgartirish imkoniyatlari mavjud. Bazi hollarda termik ishlov berish va kimyoviy– termik ishlov berish usullari birgalikda olib boriladi.
Ko‘p vaqtlar po‘latlarga faqat kimyoviy–termik ishlov berish usuli qo‘llanilgan. Bunda sanoatda asosan sementatsiyalash, nitrotsementatsiyalash, sianlash va azotlash jarayonlari keng ko‘lamda qo‘llanilgan.
Kam hollarda alyuminiylash, xromlash, sulfotsiyanlash kabi ishlov berishlar qo‘llanilgan.
Oxirgi yillarda kimyoviy–termik ishlov berish usullari po‘latlardan tashqari titan, molibden, niobiy, tantal, sirkoniy, kobalt, mis va bu metallar asosida olingan turli xildagi qotishmalar ham ishlov berish uchun qo‘llanilmoqda.
Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kimyoviy–termik ishlov berish usullari metall va qotishmalarning sirt qatlamlarini u yoki bu element bilan yoki elementlar kompleksi bilan boyitishga asoslangan.
Juda kam hollarda ba’zi bir xil turdagi qotishmalarning tarkibidagi legirlovchi elementlarni kamaytirishga asoslangan kimyoviy-termik ishlov berish usullari qo‘llaniladi. Bunda ham qotishmalar sirtida ba’zi bir elementlar miqdori kamaytirilsa ularning qattiqligi, korroziya bardoshliligi va boshqa xossalari oshadi. Biz quyida faqat metall va qotishmalarning sirtlarini boshqa elementlar bilan boyitishga asoslangan kimyoviy-termik ishlov berish usullarini ko‘rib chiqamiz.
Sirtlarni elementlar bilan boyitishga asoslangan kimyoviy–termik ishlov berish ko‘p hollarda quyidagi uchta bir vaqtda ketuvchi elementlar jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Tashqi muxitda difuziyalanuvchi atomning faollashgan holatini hosil qilish;

  2. Diffuziyalanuvchi element faol atomning metall sirti bilan tutashuvi, atomlar absorbsiyasi va bu atomlar bir qismining metall atomlari bilan kimyoviy bog‘lanishida bo‘lib yutilishi(absorbsiyasi);

  3. Absorbsiyalangan atomlarning metall chuqurligi bo‘yicha xarakati, ya’ni diffuziya hodisasi.

Kimyoviy–termik ishlov berishdan keyin metall va qotishmalar sirtida hosil bo‘ladigan diffuzion qatlam tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari asosan boyituvchi muhitning tarkibiga hamda harorat va jarayon davomiyligi kabilarga bog‘liq.
Boyituvchi muhit sirtida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar olinadi. Qattiq moddalarning metall sirti bilan o‘zaro ta’siri ularning o‘zaro tutashuv joylarida sodir bo‘ladi.
Metall sirtining qolgan uchastkalarida esa diffuziya jarayoni muhit tarkibidagi boyituvchi elementning harorat ta’sirida bog‘lanishidan sodir bo‘ladi. Qattiq muhitlarning faolligi unchalik yuqori bo‘lmaganligi uchun qattiq komponentlar bilan to‘yinishini jadallashtirish maqsadida uning tarkibiga tezlashtirgich moddalar (NH3CL, NH4J, NH4Br, HCL, CL2, BaCo3 ) qo‘shiladi. Bular ta’sirida faol gazli muhit hosil bo‘ladi va qattiq komponentlar bilan to‘yinish gazli fazadan to‘yinish turiga o‘tadi.
Suyuq muhitlarda ishlov berishda to‘yinish gaz yoki atom holatidagi elementlarning singishi natijasida yuzaga keladi. Atom holatidagi element eritmaning o‘zida sodir bo‘ladigan reaksiyalar yoki elektroliz natijasida ajralib chiqadi.
Kimyoviy–termik ishlov berish uchun eng yaxshi muhit gazli muhit hisoblanadi.
Gazli muhitda to‘yinish to‘g‘ridan–to‘g‘ri oddiy holatlarda quyidagi ko‘rinishdagi reaksiyalar ko‘rinishlarida sodir bo‘ladi:

  1. Almashuv ko‘rinishida; CrCL2+Fe=FeCL2+C2;

VCL2+Fe=FeCL2+V;

  1. Tiklanish ko‘rinishida; VCL2+H2=2HCL+V;

B2O3+6Na=3Na2O+2B;

  1. Termik parchalanish ko‘rinishida;

    1. dissochiachiya: 2NH3=2H+6H=H2+3H2;

CH4=C+4H=C+2H2;

    1. disproporchiyalanish: 2Co=C+CO2;

3ALCL=ALCL3=ALCL3+2AL;
2TiCL2=2TiCL3+Ti.
Kimyoviy–termik ishlov berish vakuumda yoki yuqori haroratlarda vodorod muhitida elementlar bug‘lari hosil bo‘lishi va bug‘ning tarkibidagi elementar atomlarning asosiy metall sirtiga diffuziyasi orqali ham kuzatiladi.
Ma’lum haroratlarda, bosimda hamda ishlov berilayotganda metall tarkibiga bog‘liq ravishda gazli fazadan elementlarning absorbsiyasi boyituvchi muhitda almashinuv reaksiyasida, tiklanishda yoki termik parchalanishda ishtirok etuvchi atomlar konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir.
Muhitning absorbsion qobiliyatiga jarayon harorati kuchli ta’sir qiladi: harorat qancha yuqori bo‘lsa metallni qurshovchi muhitdagi atomlar xarakatchanligi oshadi va metall sirtiga gazli muxitdan shunchalik ko‘p element atomlari absorbsiyalanadi.
Gazli muxitning absorbsiya tezligiga ta’siri ham muxitdagi faol elementlar konsentratsiyasi ta’siri kabi bo‘lishi lozim edi, chunki bosim oshishi bilan faol gaz tarkibidagi birlik hajmiga to‘g‘ri keluvchi molekulalar soni oshadi. Lekin bosimning absorbsiyaga ta’siri haqida to‘xtalganda bosim o‘zgarishi bilan gazli muxitda reaksiya tavsifini hisobga olish zarur. CHunki boyituvchi muhit bosimi
oshishi bilan gazli muhitning absorbsion qobiliyati u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
Ishlov berilayotgan metall (qotishma), ishlov berish maqsadi, sirtni boyitish uchun qo‘llanilayotgan element tavsiflariga bog‘liq ravishda kimyoviy-termik ishlov berish jarayonini harorati va davomiyligi juda keng oraliqlarda o‘zgaradi.
Po‘latdan yasalgan mashina detallarining yuza qatlami tarkibini o‘zgartirish jarayoni uch bosqichdan iborat:

  • birinchi bosqichda singdiriladigan (diffuziyalantiriladigan) element atomlari faollashtiriladi. Bunda asosan harorat hal qiluvchi omil hisoblanadi. Faollikni oshiruvchi elementlar qo‘llanilishi ham mumkin;

  • ikkinchi bosqichda singadigan (diffuziyalanadigan) element atomlari yuzaga molekulyar yaqinlashtiriladi. Bunday hol modifikasiyalovchi elementning yuzagaadsorblanishi deyiladi;

  • uchinchi bosqichda atomlar yuzaga singadi. Keyin faol atomlar metallning ichki qatlamlariga singiy boshlaydi.

Download 311.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling