Relyefni tasvirlash usullari
Download 1.94 Mb.
|
RELYEFNI TASVIRLASH USULLARI1
RELYEFNI TASVIRLASH USULLARI
Mavzu: Reja: Relyef – geografik muhitning muhim elementlaridan biri bo‘lib, yer yuzasi notekisliklari yig‘indisidir. U gidrografik to‘r konfiguratsiyasi (ko‘rinishi), issiqlik va namlikning qayta taqsimlanishi, o‘simlik va tuproq qoplami joylanishi, ekologik sharoitga katta ta’sir ko‘rsatadi. Aholi punktlari, aloqa yo‘llari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar joylashuvi ko‘p jihatdan relyefga bog‘liq. Joy relyefi hududni qishloq xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishda (yerlarga mexanik ishlov berish, yonbag‘irlar ekspozitsiyasi, tuproqlarni yuvish va h.k.) hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hudud relyefida geologik tuzilish va uning paleogeografiyasi aks etadi. Harbiy-jangovor harakatlar (yashirin harakatlanish, maskirovka, o‘tish sharoitlari va boshqalar) ko‘p jihatdan relyef bilan belgilanadi. Shu jihatdan, xaritada nafaqat relyef shakllari va uning turli xususiyatlarini berish, balki uning miqdor tavsiflarini (absolyut va nisbiy balandliklar, parchalanish darajasi, yonbag‘irlar nishabligi va h.k.) olishga intilish kabilar juda ahamiyatlidir. Yer yuzasi relyefini xaritada tasvirlash ko‘rgazmali o‘lchanuvchi plastik Kartografiyada relyefni tasvirlashning quyidagi usullari : perspektiv, gorizontallar, balandlik otmetkalari, nuqtali, gipsometrik, plastik (nishablik shtrixlari, soyali shtrixlar va otmivka), stereoskopik usullar (sterioparalar, anaglif usul), relyef maketlari, relef xaritalari, relyefning blok-diagrammalari, relyefning raqamli modellari. Relyefni tasvirlashda u yoki bu usulning qo‘llanilishi asosan xarita tipi, maqsadi va masshtabiga bog‘liq. Perspektiv usuli Relyefni tasvirlashning dastlabki usullaridan biri perspektiv (uzoqdan manzarali tasvirlash) usul hisoblanadi. Relyefni perspektiv tasvirlash qadimda, o‘rta asrlarda ishlatilgan, biroq hozirda u o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va takomillashgan shaklda ishlatilmoqda. Bu usulning mohiyati shundaki, yirik hajmli relyef shaklari (tog‘lar, tepaliklar, tizmalar) perspektiv rasm shaklida tasvirlanadi. Relyefning bunday xaritalarida joy tasviri qush uchish balandligidan olingan kabi tasavvur beradi. Ko‘rgazmalilikni oshirish uchun tepaliklar soyasi bilan qoplanadi. Bu usul ba’zan relyefni suratli tasvirlash ham deb ataladi (1-rasm). Ko‘rgazmalilik va soddalik – bu usulning eng asosiy ustunliklaridir. Perspektiv usul XV-XVIII asrlarda keng qo‘llanilgan. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling