Rim notiqligi O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari


Download 71.71 Kb.
bet1/8
Sana23.09.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1686403
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arb Notiqlik Maktabi Mavzu


Notiqlik san’ati namoyandalari tajribasi: G’arb notiqlik maktablari


Reja:
1. Yunon notiqligi

  1. Rim notiqligi

  2. O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari

  3. Universitet notiqligi

  4. Yan Gus notiqligi



Qadimgi yunon notiqligi. Ko`plab ilmlarning beshigi bo`lgan qadimgi Yunoniston (Gretsiya) notiqlik san`ati sohasida ham jahon madaniyati tarixining eng yorqin sahifalarini yaratdi. SHuni aytish kifoyaki, jahon ijtimoiy taraqqiyotining hech bir davrida, hech bir bosqichida notiqlik san`ati qadimgi YUnonistondagi kabi katta mavqe va professional barkamollikka erishganicha yo`q.
Qadimgi yunon notiqlik san`ati juda ko`p o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan g`oyat murakkab voqelikdir. SHunga qaramay, bu davr olimlar tomonidan o`rganishgan, uning asosiy taraqqiyot qonuniyatlari tadqiq etilgan. SHuning uchun ham qadimgi yunon notiqlik san`atidagi olamshumul yutuqlar nechog`lik sehrli bir asrordek bo`lib ko`rinmasin, aslida mantiq va tafakkur doirasidagi real voqelikdir. Quyida yunon notiqlik san`atining eng muhim yutuqlari, yirik namoyandalari va ularning notiqlik mahorati haqida fikr yuritamiz.
Ilk bosqichlar. YUnon notiqligini eng qadimiy sarchashmalari haqida deyarli hech bir yozma ma`lumot qolmagan. Notiqlik san`ati haqidagi ilk ma`lumotlarni esa, faqatgina, buyuk Gomerning (miloddan oldingi XII asrlar o`rtasida yashagan) «Iliada» va «Odisseya» nomli dostonlaridan olish mumkin.
Ma`lumki, faqat YUnonistonning emas, balki butun jahon madaniyatishshg eng qadimiy durdonalari bo`lgan «Iliada» va «Odisseya» Dardanel bo`g`ozining janubiy qirg`og`ida joylashgan Troya shahri va uning aholisi bilan yunonlar o`rtasidagi urushlar haqida naql qiladi. «Olimlarning bundan bir necha yillar muqeddam eski Troya shahri o`rnida olib borgan arxeologik izlanishlari natijasida miloddan qariyb uch ming yil ilgari gullabyashnagan va keyinchalik turli falokatlar orqasida halok bo`lib ketgan aholigohning vayronalari topilgan. Ilm ahllarining aytishlaricha, yunonlarning Troyaliklar ustiga bostirib kelishi tarixiy voqea bo`lib, miloddan taxminan XIII—XII asr ilgari yuz bergandir».
Gomer dostonlari ma`lumotiga qaraganda qadimgi YUnoniston tuprog`ida miloddan avvalgi ana shu davrlarda Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi bir talay mashhur notiqlar bo`lganlar. Modomiki, qadimgi YUnoniston va Troya davlatlarida madaniyat misli ko`rilmagan darajada taraqqiy etgan ekan, ularda notiqlik san`ati ham ravnaq topganligi taajjub emas. Gomer boshqa voqealar tasviri jarayonida yo`lyo`lakay eslab o`tgan yuqoridagi to`rttala notiqlarning bu san`atning to`rt yo`nalishiga mansubligi, ulardan ayrimlarining maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganliklari, xususan Axillning Feniks ismli so`z ustasi darsxonasida saboq olg`anligi ham shuni ko`rsatadiki/bu san`at o`sha davrlarda xuddi harbiy mutaxassislik va boshqa shuning kabi ijtimoiy zarur mutaxassisliklar qatori maxsus maxtablariga ham eta bo`lgan. SHuning .uchun ham e`tiborli oilalar o`z farzandlarini yoshligidanoq shu san`at bilan qurollantirishga uringanlar, maxsus notiqlik maktablari va notiqlik ustodlari bo`lgan? Har holda, Gomerdek adibning bu sohada guvohlik berishi va notiqlik uslublari, notiqlik ustodlari va notiqlik san`ati namoyandalarini o`z asarlariga kiritganligi qadimgi YUnoniston va Troya tuprog`ida notiqlik san`atining yuksak kamol topganiga hech qanday shakshubha qoldirmaydi. Xulosa qilib aytish mumkinki, miloddan avvalgi XIII—XII asrlardagi notiqlik san`ati garchi ijtimoiysiyosiy voqealar to`foni, tufayli muayyan inqirozga yuz tutgan bo`lsa ham, aslida u, bir tomondan, uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonining muayyan madaniy cho`qqioi bo`lgan; ikkinchidan, ana shu ravnaq necha asr osha yangidan ko`tarilgan va taraqqiyotda o`zining apogeyiga etgan, keyingi yuksakliknivt pishib etishiga ijobiy ta`sir etgan. Attika davri yoki Afina notiqligi. Miloddan oldingi 499—449 yillar orasida rosa 50 yil davomida eronYUnon urushi bo`ldi. Ana shu ellik yillik urushda g`olib chiqqan yunonlar davlati tez rivojlana boshlaydi va siyosiyijtimoiy taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko`tariladi. Ana shu umumiy taraqqiyot bilan birga ilmu fan, madaniyat ham juda tez, gurkirab o`sa boshladiki, bu taraqqiyot hozirgacha jahon tarixida eng mo``tabar sahifani egallab turibdi.
YUnonistondagi ilmu fan ravnaqining asosiy markazi Attika deb ataluvchi viloyat edi. Bu viloyatning markaziy, asosiy shahri, hozirgi tushuncha bilan aytganda poytaxti Afina degan shahar edi. SHunga ko`ra, bu davlat Attika davlati yoki Afina davlati deb, miloddan oldingi X—IX asrlarda bu tuproqda gullabyashnagan madaniyat esa Attika madaniyati yoki Afina madaniyati deb yuritiladi. Afina davlatida bir qator siyosiyijtimoiy sabablarga ko`ra fan, adabiyot qatori notiqlik san`ati ham misli ko`rilmagan darajada rivoj topdi. Ana shu davrning umuman madaniyati va adabiyoti qatori, notiqlik san`ati ham jahon madaniyati tarixida yunon notiqligining Attika davri yoki Afina notiqligi, deb yuritiladi.
Afina demokratiyasi. Antik dumyo madaniyati va san`atining shu qadar gullabyashnashnga sabab bo`lgan eng asosiy omil, bu ijtimoiy tuzumning demokratik asosga qurilganligidir. Afina demokratiyasi yoki umuman antiq yunon demokratyyasi o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ilmu fan va madaniyat ana shu demokratiya tufayligina ravnaq topdi. Afina demokratiyasi demokratik asoslarga ega edi. Gap shundaki, miloddan oldingi V asrlarga qelib butun YUnoniston territoriyasi yirikyirik shaharlar doirasida uyushgan 2000 ga yaqin davlatlardan iborat bo`lib qoladi. Bu shahar—davlatlar o`sha paytda polislar deb atalib, har bir polis mustaqil davlat sifatida demokratik asosda ish yuritardi. YUponistonning Attika viloyatini birlashtirib, markazi Afina shahri yoo`lgan va Afina davlati deb yuritiladigan polis, ana shu mavjud 2000 ga yaqin shahar — davlatlar, ya`ni polislar ichida eng yirigi, eng baquvvatlaridan biri bo`lib, ana shu mavqega yarasha e`tiborga ham ega edi. Afina davlati polislararo demokratiyaning ham, siyosiyijtimoiy va madaniy taraqqiyotning ham etuk namunasi hisoblanardi.
Xo`sh, yunon polislarining yoki antik yunon demokratiyasining tabiati qanday edi? Bu demokratiya chindan ham biz hozirgi kunda tushunadigan tushunchadagi demokratiyami?
Gap shundaki, qadimgi yunon demokratik polislarida, shu jumladan Afina davlatida ikki organ hal qiluvchi qudratga ega edi. Ularning biri xalq majlisi, ikkinchisi besh yuzlar Kengashi, deb ataladi. SHuningdek, sud ham g`oyat katta ijtimoiysiyosiy mavqega ega ediki, bu organ ham davlatni boshqarishda hal qiluvchi qudratga ega edi, deb aytish mumkin. SHunday qilib, yunon demokratiyasi asosini ana shu uchta organ tashkil etardi.
Besh yuzlar Kengashi o`z nomidan ko`rinib turganidek, shu davlatdagi eng yirik arboblar Kengashi bo`lib, u davlat. ahamiyatidagi masalalar bo`yicha kiritiladigai takliflar, qonunqoidalar loyihasini tuzib, muhokama etardi. Ana shu jarayonda, Kengashning har bir a`zosi. muhokama etilayotgan masala yoki loyiha bo`yicha o`z fikrini aytar, loyihani kirituvchi yoki masalani ko`taruvchi Kengash a`zolari esa o`z nuqtai nazarlarini erkin tarzda himoya qilib, har tomotslama asoslab, uzundanuzoq nutq so`zlardilar. Ana shu nutq va erkin muhokama jarayonida masalani ko`taruvchi Kengash a`zosi o`z pozitsiyasini himoya qila olsa, loyiha qabul qilinar, agar asoslay olmasa qabul qilinmas edi. Besh yuzlar Kengashining demokratiyasi ana shundan, ya`ni erkin muhokama etish va erkin qarorga kelishdan iborat edi.
Notiqlik san`ati nuqtai nazaridan esa besh yuzlar Srvetidagi ana shu muhokama erkinligi, so`z erkinligi ko`plab zabardast notiqlarning etishib chiqishiga zamin yaratdi. CHunki har bir Kengash a`zosi muhokama chog`ida o`z fikrini asoslashga urinar va buning uchun notiqlik san`ati arsenalidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanardi. Ana shu taxlitda, Kengash a`zolari soatlar davomida gapirishar, o`zlarining pozitsiyasi haq ekanligini mantiqiy jihatdan isbotlashga urinardi. O`zo`zidan ayonki, ana shunday so`z erkinligi, ya`ni demokratiya chindan ham notiqlik san`atining taraqqiyoti uchun qulay zamin yaratdi. Natijada ko`plab barkamol notiqlar etishib chiqib, ularning Kengashdagi muhokama nutqlari majmuasidan notiqlik san`atining butun bir yo`nalishi ham yuzaga keldiki, yulon notiqligining bu ko`rinishiga kengash notiqligi (sovevdatel’noe krasnorechie) deb nom berildi.
Ko`rinib turganidek, kengash notiqligi asosan davlat miqyosidagi masalalarni hal etishga qaratilgan bo`lib, siyosiy xarakterga ega edi. SHuiing uchun ham bu toifaga mansub notiqlarning ko`pchiligi o`z mavqeiga ko`ra siyosiy yoki harbiy notiqlar edi.
Xalq majlisi-qonun chiqaruvchi organ bo`lib, besh yuzlar Kengashi muhokamasidan o`tgan masala va loyihalarni keng umumxalq muhokamasiga qo`yar va ana shu muhokama natijasida muayyan masala yoki loyihani yo qabul qilar, yoki uzilkesil inkor etardi. Xarakterli joyi shundaki, ana shu masala yoki loyiha muhokamasida polis fukarolarining barchasi erkin ishtirok etish va erkin muhokama yuritish huquqiga ega edi. SHuning uchun ham xalq majlislari nechanecha kunlab davom etar, shahar — polisning deyarli barcha qiziquvchi ahlini jalb etar, qizg`in muhokama va muzokaralarga sabab bo`lardi. Demokratik asosga ega bo`lgan bunday muhokama va munozaralar jarayonida shahar fukarolari oraeidan o`nlab zabardast notiqlar etishib chiqar va ular mingming kishilardan iborat ksng muhokama etuvchi auditoriya oldida yurtdoshlari manfaatini, o`z davlati manfaatini va qolaversa o`zlarining xususiy pozitsiyalarini himoya qilib nutq so`zlardilar. Bu hol keng omma orasida ham notiqlik san`atiiiyg rivojlanishi uchun juda.qulan sharoit yaratdi. CHukki, notiqlik san`ati har bir fukaro uchun zaruriy ehgiyojga aylangan edi.
Besh yuzlar Kengashida ham, xalq majlisida ham muhokama etilayotgan masala bo`yicha qaror erkin ovoz berish yo`li bilan qabul qilinar va ko`p ovozga ega bo`lgan tomon g`olib kelardi. SHuning uchun aijumanlarda ko`p ovoz olish, muvaffaqiyat qozonishning birdanbir va eng qulay yo`li imkoni boricha majlis ahlini ishontirish, ular oldida ko`tarilgan masalaning mohiyatini ocha olish va ularni o`ziga xayrixoh eta olishdan kborat edi. Buning uchun esa da`vogar yoki masalani ko`taruvchi kishilar notiqlik san`atining barcha mo``jizakor imkoniyatlari breja qurollangan bo`lishlari zarur edi.
Ko`rinadiki, yunon davlatlari tuzumiga xos bo`lgan ana shu demokratiya chindan ham notiqlik san`atining ravnaqiga qulay va real imkoniyat yaratgan birdanbir omil bo`lgan. Ana shu demokratiya tufayli Kengash a`zolari, barcha davlat arboblari, qolaversa xalq majlislarinkng ishtirokchilari bo`lgan keng erkin grajdaplar ommasi ham notiqlik san`atining asoslariki egallash uchun kurashar va maqsadga erishish udun maxsus ustoz — o`qituvchilardan dars olishardi. Badavlat oilalar esa o`z farzandlarini bolalik chog`idanoq shu mo``tabar san`at bilan qurollantirnshga urinar va farzandlarini maxsus notiqlik san`ati maktablariga berib o`qitardi. O`zo`zidan ma`lumki, ana shu ommaviy ehtiyoj tufayli notiqlik san`atining boshlang`ich, o`rta va oliy ta`lim darajasidagi maktabi mavjud bo`lib, ularda miigminglab kishilar maxsus ta`lim olardi.
.YUnon demokratiyasi nechog`lik demokratiya bo`lmasin, biroq u hozirgi tushunchadagi, eng progressiv ma`nodagi demokratiya emasdi. Gap shundaki, antik YUnoniston polislari, shu jumladan Afina davlatining asosiy sistemasi quldorlikdan iborat bo`lib, mamlakat aholisi asosan uch toifaga bo`linardi: erkin fukarolar, qullar va meteklar deb ataluvchi chetdan kelgan, kelgindi, deb kamsitiluvchi kishilar. SHunga ko`ra davlat miqyosidagi va boshqa har qanday masalalarni hal etishda, kim bo`lishdan qat`i nazar, har bir erkin fukaro qatnashuvi mumkin edi. SHuningdek, xuddi xalq majlisi va Kengashdagi kabi demokratik asosga ega bo`lgan sud jarayonlarida ham faqatgina erkin fukarolar qatnashar va ular o`zo`zini himoya qilish erkinligiga ega edilar.
YUnoniston tuprog`idagi barcha davlatpolislar ham ana shunday quldorlik asosiga qurilgan edi. Miloddan oldingi V asrlarga, ya`ni attika fan va madaniyatining, attika demokratiyasining eng gullabyashnagan davriga kelib, qullar soni mamlakatdagi erkin fukarolar soniga ko`ra ancha oshib ketadi. Xalq majlislari va Kengashlarda esa faqat erkin fukarolar qatnashib, asosiy ko`pchilikni tashkil etuvchi qullargina emas, hatto chetdan kelgan kishilar — meteklar ham bu «demokratiya» nuridan mutlaqo bebahra edi. Ular na so`zlash, na saylanish va na sudlashuv huquqidan foydalanishga mutlaqo haqlari yo`q edi. SHuning uchun, garchi bu tuzum demokratik tuzum deb atalsa ham aslida erkin fukarolar demokratiyasi edi. Afina demokratiyasi ham ayni shunday demokratiya bo`lib, attika davrining yuksak darajali madaniyati va san`ati ana shunday demokratiyaning, ya`ni quldorlik demokratiyasining mahsulidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda attika notiqligini asosan ikki davrga bo`lish mumkin:
1. Miloddan oldingi 462yilgacha, ya`ni, Afina davlat tuzumi eng demokratik tusga kirguncha.
2. Miloddan oldingi 462—322yillar orasi, ya`ni, Demosfen va Giperid kabi ikki buyuk notiqning vafotigacha. Boshqacha qilib aytganda, Afina davlati Makedoniyaga qaram bo`lib qolgan vaqtgacha.
Gomer zamonasidln keyin notiqlik san`atining yursalishi Solon (miloddan oldingi VIIVI asrlar) hokimiyati davriga to`g`ri keladi. CHunonchi, ungacha bo`lgan hokimliklar davrida Areopaglar Kengashi nomi bilan yuritilgan, aslnda aristokratlardangina iborat bo`lgan kishilar . jamoasi hamma ishni hal qilardi. SHuning uchun ham katta tortishuvlarga o`rin qolmas, aristokratlar barcha masalalarni o`z manfaatlari nazaridan, nisbatan jo`ngina hal qilardilar. Solon hokimligi davriga kelib esa, Areopaglar Kengashi bilan birgalikda ekklesyya deb nomlangan xalq majlislarining roli ancha oshadi. SHuningdek, Solon sud hay`atiga g e l i e e deb ataluvchi maslahatchilar toifasini kiritadiki, borabora sud jarayonining bu namoyandalari g`oyat demokratik kuchga aylanib qoldilar. Ana shu ikki isloxot; ya`ni xalq majlisi (ekkelesyya) va sud maslahatchilari (geliee)ning ta`sis etilishi bilan bir daraja nutq erkinligi paydo bo`ldi va notiqlik san`ati yana jonlana boshladi. Biroq, Pisistrat va uning o`g`illari hukmronlik qilgan davrda (miloddaq oldingi 516—510yillar) bu demokratik taraqqiyot yana to`xtab qoladi. Faqatgina hokim.iyat tepasiga Klisfen (508—507) chiqqach Solon isloxotlari yana joriy etiladi va Klisfenning o`zi ham o`tkazgan ayrim isloxotlar tufayli notiqlik san`atida demokratik tendentsiya kuchaya boshlaydi. Ana shu tarzda kengash notiqligi va sud notiqligi ko`rinishlarida siljishlar ro`y berdiki, bu (miloddan oldingi V—IV asrlarga kelib) notiqlik san`atining yuksak darajada rivojlanishiga olib keldi. Bu taraqqiyot avvalo Attika tuprog`i, Afina davlati nomi bilan bog`liqdtsr. Afina notiqligi jahonga notiqlik san`atining yirik namoyondalarini etkazib berdi.
Perikl miloddan oldingi V asrning boshlarida (500 — 429) yashagan yirik notiqlardan biridir.
Miloddan oldingi V asrning 50—30yillar Afina davlatining siyosiyiqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanish davri bo`ldi. Bu paytda davlat boshida Perikl turgan bo`lib, ana shu davr tarixda «Perikl asri» deb ham yuritiladi. Buyuk proletariat dohiysi K. Marks aytganidek, «YUnonistonning yuksak ichki taraqqyyoti Perikl asriga to`g`ri keladi».
Perikl asli harbiy qo`mondon bo`lib, eronYUnon urushida katta mahorat ko`rsatadi va shu tufayli vatandoshlari e`tiborini qozonadi. U Afina davlatining eng oliy mansabi — strateglikka saylanadi va 15 yil davomida (445—430) shu lavozimda xizmat qilib, .demokratiyani mustahkamlash yo`lida fidokorlik ko`rsatadi. Biroq, tarixchilarning ma`lumotiga ko`ra, Afina davlatida demokratik tuzum bo`lishiga qaramay, aslida barcha muhim ishlarni Periklning yakka o`zi hal qilgan.
Perikl o`z davrining davlat arbobigina emas, yirik notig`i ham bo`lgan. Bugina emas, u ma`rifatparvar, fozil kishi sifatida o`z atrofiga Anaksagor, Suqrot, Gerodot, Sofokl, Fidiy kabi buyuk siymolarni to`plagan va ularga homiylik qilgan kishidir. Platon aytganidek, Perikl «notiqlik san`atida zng barkamol» kishi edi. Tarixchi Fukidid esa upi «so`z va ishda eng zabardast» deb atagandi. Aristofanning zamondoshi, asarlari bizgacha uzuqyuluq holdagina etib kelgan dramaturg evpolid esa, bir komediyasining personaji nomidan Periklning nutq mahorati haqida bunday deydi: «U so`zda donoligi jihatdan ham. madan ustun turadi. Uning lablariga Ishontirish xudosi makon qurgan: u shu qadar maftun eta olardiki, notiqlar ichida, tinglovchilarida o`z nishtarini qoldiradigan yakkayuyagonasi edi.
Notiq Periklning ibrat bo`ladigan xislatlaridan biri shundaki, u donishmand notiq, yuksak mahoratga ega ekanligiga qaramay, to puxta tayyorgarlik ko`rib, nutq matnini ko`ngildagiday qilib to`lato`kis yozib olmaguncha sira minbarga chiqmagan. Plutarxning aytishicha, odamlar qaysarlik bilan talab qilganda ham, tayyorlanib ulgurmaganligini aytib, so`zga chiqmagan. Bu esa chindan ham hamma davr va hamma avlodga mansub bo`lgan notiqlar uchun ibrat bo`larli faktdir.
Perikl o`z nutqida va nutq matnlarida mantiq masalasiga alohida.e`tibor bergan. U tinglovchisini eng avval ana shu yo`l bilan, ya`ni fikr maitiqining kuchi bilan maftun etgan. Buning uchun u nutqida qo`llanadigan fakt va hujjat, misol va dalillarni shunday joylashtirganki, natijada uning nutqini eshitgan tinglovchida notiq pozitsiyasinint to`g`riligiga hech qanday shakshubha qolmagan.
Perikl nutq matnlarining tiliga va uning talqini jarayonidagi talaffuziga ham alohida e`tibor berardi. Uning nutq matnlari mantiqiylik bilan birga badiiylikka ham moyil bo`lar, notiq o`z fikrlarini iloji boricha obrazli ifodalashga harakat qilardi.
Nihoyat, Periklning nutqni talqin qilish jarayoiidagi manerasi ham diqqatga sazovordir. U notiq sifatida minbarga chiqar ekan, o`znutqining mantiqiy kuchiga ishonar, shuning uchun ham mudom mag`rur va xotirjam turardi. Zamondoshlarining ma`lumotlariga qaraganda, uning ovozi mudom bir xil jarangdorlikda yangrar: u nutq so`zlaganda sira kulmas, kuldirishga ham harakat qilmas, shuningdek, qo`lini harakatlantirmasdi. Bu xususiyatlar Perikl nutqining salmog`i va jiddiyligini oshirardi.
Qleon Perikldan keyingi mashhur notiq bo`lib, Afina davlati va undan tashqarida ham so`zga chechanligi bilan nom qozongan.
Afsuski, Kleonning hayoti va ijodi, uning notiq sifatida shakllanish jarayoniga oid ma`lumotlar juda oz. Ammo uning notiqligiga oid ayrim qimmatli ma`lumotlar mavjud, bu ma`lumotlar Kleon notiqlik mahoratini o`rganish va tanqidiy o`zlashtirish zarur degan xulosaga olib keladi.
Kleonning zamondoshi Fukidid aftidan uni juda , yomon ko`rgan. SHuning uchun bo`lsa kerak, Fukidid uni «o`sha paytda xalq ommasining ko`z oldidagi eng obro`li demagog» ekanligini ta`kidlaydi. Bu esa, Fukididning Kleon shaxsiga munosabatidan qat`i nazar, ana shu Afina notig`ining zo`r professional mahoratidan dalolat beradi.
Kleon, aftidan munozara bobida ham juda kuchli bo`lgan. CHunki, Fukidid u haqda «judayam makkor, sira iloji bo`lmagan vaziyatlardan ham qutulish ilojini topa oladi», deydi. Ko`rinadiki, Kleon juda so`zi o`tkir va fantaziyasi kuchli, hozirjavob notiqlardan biri bo`lgan.
Kleon notiq sifatida mutlaqo Periklning aksi bo`zgan: u minbardan turib kuchli emotsional hayajonni ishga solgan, aristokratik rasmiyatchilik va odobni buzgan, raqiblarining boshiga andisha qilmay balo toshini yog`dirgan. Bugina emas, u o`z notiqlik uslubi tufayli shunday namunali darajaga erishganki, Plutarx aytmoqchi, bu namuna barcha davlat arboblariga ta`sir etgan. Boshqacha qilib aytganda, Kleon o`z notiqlik maktabi bilan mavjud rasmiy notiqlik uslublariga qaqshatqich zarba bsrgan va bunga o`z zamondoshlarini ergashtira olgan.
Epideyktik notiqlik.. Afina tuprog`ida notiqlik san`atiga cheksiz qiziqish natijasida, uning yangiyangi ko`rinishlari yuzaga kela boshladi. Ana shulardan biri epideyktik notiqlik, ya`ni tantanali notiqlikdir.
Ma`lumki, shu davrgacha ayon bo`lgan notiqlik ko`rinishlari muayyan amaliy ehtiyoj uchun xizmat qilardi. epkdsyktik (tantanali) nutq ko`rinishi esa notiqlik san`atiga bo`lgan katta qiziqishning mahsuli bo`lib, faqatgina suxanpardozlik maqsadini ko`zda tutardi. Bu nutqdan ko`zlangan maqsad, o`z notiqlik mahoratini namoyish etish, notiqlik san`atinini barcha imkoniyatlarini ishga solib, tintlovchilarga estetik zavq bag`ishlashdan iborat edi.
Epideyktik nutqning mavzui ham uning maqsadiga ko`ra turlicha edi. Masalan, xudolar haqidagi afsonalar, xalq qahramonlari (Axill, Gerakl va h. k.) madhiyasi, mashhur kishilar hayotiga oid (Gomer, Aristid va h. k.) sarguzashtlar kabi.
Tantanali nutq matnlar,i shu qadar go`zal, silliq, badiiy va lingvistik bezaklarga boy holda tuzilardiki, ularni so`zga usta notiq og`zidan eshitish emas, hatto o`qib chitsishning o`zi.ham katta zavqshavq berardi. Iste`dodli notiq talqinida esa bu nutqlar deyarli mutlaqo badiiy o`qishga, ajoyib artistona ijrochilikka aylanib ketar va tinglovchilarga chindan ham katta estetik huzur bag`ishlardi. SHu nuqtai nazardan qaraganda Attika notiqligining epideyktik ko`rinishi o`z sotsial mavqeiga ko`ra badiiyestetik ijod xarakteriga moyilroq edi. Qolaversa,.umuman yozma adabiyotning paydo bo`lishida notiqlik san`atining roli juda katta bo`lgani dek, nafis adabiyotning go`zal lirik shakllari yuzaga kelishida epideyktik notiqlikning ta`siri kattadir.
Epideyktik notiqlikni o`rganish va tanqidiy o`zlashtirish hozirgi kun notiqligi uchun ham amaliy manfaatdan xoli emas. Bu manfaatdorlikni esa xususan nutq matnini badiiyestetik takomillashtirish borasida kuzatish mumkin. Biroq, epideyktik notiqlikning «san`at san`at uchun» printsipi ham mavjudki, masalaning bu tomoni chindan ham har qanday tanqidga loyiq. SHuning uchun, epideyktik notiqlikka mansub bo`lgan bilimlardan ijodiy foydalannsh jarayonida,, bu nutq tko`rshshshinyng barcha salbiy va ijobiy tomonlaryni farqlay bilish lozim.
1 Sud notiqligi YUnonistsn polislarida va xususan, Afina davlatida eng katta mavqe va e`tiborga, amaliy ahamiyatga molik bo`lgan notiqlik ko`rinishlaridan biridir.
Ma`lumki, antik demokratiya qoidalariga ko`ra, har bir erkin fukaro xohlagan paytida, xohlagan ishi bo`yicha sudga murojaat etishi va o`z manfaatini himoya ilishi mumkin edi. Sud jarayonida esa sud hay`ati chinakamiga demokratik, odilona pozitsiyada turar, da`vogar bilan himoyalanuvchi esa har biri o`z manfaatini himoya qilish uchun kurashardi. Sud hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo`lishi ko`pincha sudlanuvchi shaxs yoki da`vogarningnotiqliksan`atidagi mahoratiga bog`liq edi; Qay tomon o`zining mantiqiy, faktologik va nihoyat talqin argumentlari bilan sud hay`atini ishontira olsa, hukm o`shaning foydasiga chiqarilar edi. Antik sud jarayonining ana shu demokratik xarakteri notiqlik san`atini ommaviy ehtiyojga aylantirdi va bu san`atning ravnaqi uchun mo``tadil zamin yaratdi.
Antik sud jarayonining demokratik qoidalariga ko`ra, har kim o`zini himoya qilishi, o`z «ishini» o`zi olib borishi va shuningdek, ayollarning ishi ham sudga tushishi mumkin ediki, bu toifadagi sudlanuvchi yoki da`vogarlar etuk notiq bo`lgan raqiblarining tazyiqiga dosh berishlari qiyin edi. SHuning uchun ham, antik sud sistemasining qoidalariga ko`ra bunday kishilar uchun u yoki bu kishi nomidan so`zlovchi notiqlardan yordamchi olishga ruxsat berilardi. Sud jarayonida boshqa birovning manfaatini ko`zlab nutq so`zlovchi ana shu toifadagi notiqlarga simegorlar deyilib, ularning nutqi sinegoriya deb atalardi. Borabora esa, ana shu sinegorlar toifasidan sud hay`atining ajralmas qismi bo`lgan hozirgi tushunchadagi advokatlar kelib chiqdiki, bu ma`noda sinegorlar instituti chinakamiga ijobiy, demokratik rol’ o`ynadi, deb aytish mumkin.
Sinegorlar notiqlik san`ati va yurisprudentsiyadan maxsus ta`lim olgan kishilar bo`lib, ana shu sud jarayonidagi qatnashuvchilar hisobiga o`z himoyalaridagi kishilardan xizmat haqi olib tirikchilik qiluvchi professional notiqlar edilar. SHu ma`noda, ularni notiqlik san`atining bu ko`rinishi bo`yicha ixtisoslashgan notiqlar, deb aytish mumkin. CHunki, sud notiqligi oldida birovni oqlash uchun ular bor bilimlarini va mahoratlarini ishga solishga majbur edilar. Bugina emas, ular avvaliga olgan ynlarini ipidan ignasigacha o`rganib chiqishlari, uni yurisprudentsiya qoidalari asosida yozib chiqishlari va nihoyat jonli so`z san`atiga oid bor mahoratlarini ishga solib, sud jarayonida yutib chiqishga harakat qilishlari lozim edi. SHuning uchun ham sinegorlar sud notiqligi taraqqiyotiga katta hissa qo`shdilar.

Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling