Rossiyaga umumiy iqtisodiy geografik tavsif


Download 0.63 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1575684
  1   2   3   4
Bog'liq
ROSSIYAGA UMUMIY IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF

ROSSIYAGA UMUMIY IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF

REJA:

  • Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
  • Tabiiy sharoiti va resurslari.
  • Aholisi.
  • Davlat tuzumi.
  • Xo'jaligi:
  • Sanoati.
  • Qishloq xo'jaligi
  • Transporti
  • Tashqi iqtisodiy aloqalari.

Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.

  • Rossiya Fedyerasiyasi hududining kattaligiga ko'ra yer sharidagi eng yirik mamlakatdir. Mamlakat Evrosiyo matyerigining shimoliy qismida joylashgan. Rossiya Yevropa qismi Sharqiy Yevropa tekisligining katta qismini, Kavkazoldi va Katta Kavkaz tog'larining shimoliy tizmalarini va Ural tog'larini o'z ichiga oladi. Rossiyaning Osiyo qismiga esa Sibir va Uzoq Sharq rayonlari kiradi.
  • Mamlakat hududi shimoldan janubga ayniqsa g'arbdan sharqqa (9 ming km) katta masofaga cho'zilgan. Rossiya hududining deyarli barcha qismi sharqiy yarim sharda joylashgan. Faqat Vrangel oroli va Chukotka yarim oroli g'arbiy yarim sharda joylashgan.
  • Rossiya chegaralarining umumiy uzunligi dunyoda eng katta bo'lib, u 58,6 ming kmni tashkil etadi, bunda dengiz chegaralari quruqlik chegaralaridan ikki marta uzun.
  • Mamlakatning shimoliy chegaralari to'la Shimoliy Muz okeani dengiz suvlari bo'ylab o'tgan. Sharqiy chegaralar esa Tinch okeani dengiz suvlari bo'ylab o'tgan. Bu yerda Rossiya dengiz suvlari orqali yaqin qo'shinlari AQSH va Yaponiya bilan chegaradosh.

Tabiiy sharoiti va resurslari.

  • Rossiya hududining qismini tekisliklar egallaydi. Mamlakat hududini 3 ta yirik Sharqiy Yevropa O'rta Sibir yassi tog'ligi va G'arbiy Sibir tekisliklari kabi katta maydonlarni egallaydi.
  • Rossiya foydali qazilma konlarga boy mamlakatdir. Mamlakat temir ruda zaxiralariga boy, ayniqsa Kursk magnit-anaioliyasi (KMA)da rayonida sifatli temir rudasi ochiq usulda qazib olinmoqda. Xilma xil metal va nometall rudalar Kola Yarim orolidagi Baltika qalqoniga to'g'ri keladi. (Xibin tog'larida).
  • Ural rayonidagi temir ruda konlari zaxiralari tugab borayotgan bo'lsada, u mamlakatning temir ruda qazib chiqaruvchi asosiy rayonlardan biri bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari Sibir va Uzoq Sharq rayoni ham temir rudalariga boydir.
  • Mis rudasi konlari asosan Uroldan Kola yarim orolida, shuningdek Janubiy Sibir tog'larida joylashgan. Sharqiy Sibir rayonida esa mis-nikel, kabalt, platina konlarining ishga tushirilishi bilan yirik Norilsk shaxri qad ko'tardi.
  • Sibir rudali va norudali foydali qazilma konlariga boy region hisoblanadi. Aldan qalqonida oltin, temir rudasi, slyuda, asbest va bir qancha nodir metallarning zaxiralari aniqlangan va ishga tushirilgan. Saha-YOqitistonda olmosni sanoat asosida qazib olish yo'lga qo'yilgan. Qalay rudasi zaxiralari esa Sibir va Uzoq Sharqning turli rayonlarida topilgan.
  • Qo'rg'oshin-rux va volfrom, molibden kabi rangli metal konlari Ural va Kavkaz tog'larda aniqlangan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling