Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.10.2020
Hajmi471.08 Kb.
  1   2   3   4   5

 



SAMARQAND  VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI 



QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH 

INSTITUTI   

TIL VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASI 

 

 

 

R.Toshniyozova, L.Mirzohidova 

Bayonlar to’plami 

(5-9-sinflar) 

 

 

 

 

 

 

Samarqand-2014 

 

 



 

R.Toshniyozova,  L.Mirzohidova.  Bayonlar  to’plami  (5-9-sinflar).  Uslubiy 

ko’rsatma.  36 bet, 2014-yil 



 

 

 

Taqrizchilar:             T.Qurbonov       -    SamDU , f.f.n., dots.  

 

                                    D.O’rinboyeva  –    SamVPKQTMOI, f.f.n. dots.  



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur uslubiy  tavsiyanoma Samarqand VPKQTMOI Ilmiy kengashining 2014-yil   

27 -dekabrda bo’lib o’tgan yig’ilishida muhokama etilgan va      -sonli qarori 

bilan nashr etishga ijozat berilgan. 

 

 



 

 

 



Bayonni baholash mezonlari 

O’quvchilarning  yozma  nutqini    shakllantirish  va  fikr  doirasini  kengaytirish 

uchun  bayon,  ayniqsa,  ijodiy  bayonlar  o‘tkazish  maqsadga  muvofiqdir.  Maktab 

amaliyotida yozma ishning bu turidan ko‘p foydalaniladi. Bayonlar badiiy asarni 

yoki  berilgan  matnni  yozma  ravishda  qayta  hikoyalash  xarakteridagi  yozma  ish 

turidir. Bayonlardagi matnni qayta bayon qilish to‘liq bayon, qisqartirilgan bayon, 

kengaytirilgan  ijodiy  bayon  tarzida  o‘tkaziladi.  Har  uchala  xil  bayonning  ham 

maqsadi  boglanishli  nutq  o‘stirishdir.  Lekin  kengaytirilgan  bayonning  inshoga 

tayyorlashdagi  ahamiyati  katta.  U  o‘quvchining  fikrlash  doirasini,  fantaziyasi  va 

bayon  uslubini  o‘stiradi  va  takomillashtiradi.  Ushbu    bayonlar  to’plamida 

o’quvchilar  jamoasining  imkoniyati,  qobiliyati,  iste’dodi  inobatga  olinib,  turli 

qiyinlik  darajasidagi  matnlar  to’plangan.  Shuningdek,  ijodiy  bayon  talabi  bilan 

sinflar kesimida berilgan ba’zi matnlarga so’zlar miqdori kamaytirilgan. 

Bayonni  baholash  uchun  quyidagicha  me’yor  va  mezonni  joriy  qilishni  

ma’qul ko‘rdik. 

Matndagi so‘zlar miqdori:  

5-sinf uchun 100-150;  

6-sinf uchun 150-200;  

7-sinf 250-300;  

8-sinf uchun 300-350;  

9- sinf uchun 400-450 va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. 

 

«5» ball

1)mavzu rejaga muvofiq bo‘lsa; 2) asar voqealari to‘gri bayon qilingan bo‘lsa;  

3)  bayon  mantiqli  va  muntazam  bo‘lsa;  4)  so‘z  boyligi,  ifoda  qurilishi  va  uslubi 

adabiy  til  talablariga  mos  bo‘lsa;  5)  savodxonlikda  qo‘pol  bo‘lmagan  bitta  imlo 

yoki ishora xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa. 

«4» ball

1)  mavzu  reja  asosida  yozilib,  to‘liq  yoritilsa,  lekin  kichik  nuqsonlarga  yo‘l 

qo‘yilgan  bo‘lsa:  2)  fikr  bayonida  muntazamlik  qisman  buzilgan  bo‘lsa:  3)  so‘z 

tanlashda va  ifoda  qurilishida har  xillik bo‘lsa;  mazmun  va  ifodada  1-2  nuqsonga 

yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; 4) savodxonlikda 2 ta imlo yoki ishorat  va 1ta uslubiy xato 

mavjud bo‘lsa; umumiy xatolar soni 4 tadan oshmasa. 

 

«3» ball

1) mavzu to‘liq yoritilmagan bo‘lsa, mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa;  

2) aniq voqealarga izoh berishda nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; 3) so‘z boyligi  

va  ifoda  tuzilishida  nochorlik  sezilib  tursa;  4)  savodxonlikda  3  tagacha  imlo  va 

ishorat hamda 3 ta uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa. 

 

«2» ball

Asar  mazmunini  yoritishda  nuqsonlar  ko‘p  bo‘lsa,  ish  rejaga  mos  bo‘lmasa,  fikr 

bayonida nuqsonlar bo‘lsa; so‘z boyligi juda kam bo‘lsa, mazmun va ifodada  



 

5-6 tagacha nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, savodxonlikda 7 ta imlo, 7 ta gacha 



ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.  

Bayonga 2 ta baho qo‘yiladi: 1 - mazmuniga: 2 – savodxonligiga.  



 

O’rta  maktab  dasturini,  me’yoriy  grammatika  talablarini  yaxshi  bilgan, 

baholash  mezonidan  xabardor  bo‘lgan  mutaxassisgina  yozma  ishni  talab 

darajasida tekshirishi va baholashi mumkin. 

Hozirgi  kunda  maktab  dasturida  xatolarni  aniqlashning  quyidagi  usullari 

faollashganligi ma’quldir:  

1. Xatolarni miqdori va sifati (tip yoki xarakteri) jihatidan aniqlash.  

2. Xatolarning miqdori va  xususiy (individual)ligini aniqlash. 

3. Xatolarni o‘tilgan yoki o‘tilmagan qoidalarga oidligi jihatidan aniqlash.  

Xatolarni  miqdor  jihatidan  aniqlash  o‘quvchilarning  umumiy  savodxonlik 

darajasini  belgilash  uchun  qulay  bo‘lib,  bilimini  oshirishda  amaliy  qiymatga  ega 

emas. O‘quvchilar bilimini oshirish va mustahkamlash, malakasini kengaytirishda 

esa  xatolar  sifati  (tipi  va  xarakteri)ga  e’tibor  berish  muhim  ilmiy-metodik    va 

amaliy ahamiyat kasb etadi.  

 

Har  bir  baho  uchun  me’yor  va  mezonni  belgilashda  xatolarning  xarakteri, 



tipi va miqdori hisobga olinadi. Bu jihatdan ular  quyidagicha guruhlanadi:  

a) qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan xatolar; b) bir xil yoki har xil tipdagi xatolar;  

v)  takroriy  yoki  tasodifiy  xatolar;  g)  o‘tilgan  mavzuga  doir  yoki    tegishli 

bo‘lmagan xatolar.  

Qo‘pol  (jiddiy)  va  qo‘pol  bo‘lmagan  (juz’iy)  xatolar  quyidagi  tamoyillar 

asosida belgilanadi: 

Qo‘pol (jiddiy) xatolar:  

1.  Dastur  hajmi  va  talab  darajasidagi  ona  tili  qoidalarini  yaxshi 

o‘zlashtirmaslik,  har  bir  sinf  uchun  mo‘ljallangan  va  o‘tilgan  orfografik, 

punktuatsion qoidalarni puxta bilmaslik,  ulardan  yozma  ishlarda  to‘gri  foydalana 

olmaslik.  

2.  Sodir  bo‘lgan  xato  tufayli  so‘z  ma’nosi  va  gap  mazmunining  jiddiy 

o‘zgarishi  hamda  farqlanishi  (masalan,  qattiq  o‘rnida  qatiq;  davo  o‘rnida  da’vo, 

sur’at o‘rnida surat yozish kabi holatlar).  

3.  Juft  so‘zlarni  yozishda,  satrdan  satrga  ko‘chirishda  defis  qo‘ymaslik, 

shuningdek, defis o‘rnida tire ishlatish va aksincha. Shuningdek, tire va defislarni 

grafik jihatdan ham farqlab ishlatish zarur.  

4.  Muayyan  gapga  xos tinish  belgilarini  qo‘llamaslik  yoki  noo‘rin  ishlatish  (masalan,  gap 

oxirida  qo‘yilishi  shart  bo‘lgan  nuqta,  so‘roq,  undov,  ko‘p  nuqta,  nuqtali  vergul  kabilarni 

tushirib qoldirish).  

6. So‘z shakllarini qorishtirish, almashtirib qo‘llash:  

a) kelishik qo‘shimchalarini qorishtirish, farqlamaslik qo‘pol uslubiy xato sanaladi;  

b)  yasovchi  qo‘shimchalarni  noto‘gri  ishlatish:  bevosita-bavosita,  beobro‘-baobro‘; 

sinfdosh-hamsinf; 

 Qo‘pol bo‘lmagan (juz’iy) xatolar:  

1)  dastur  doirasidan  tashqari  va  eslatmalarda  berilgan  qoidalarni  bilmaslik  va  yozma 

ishlarda ularga amal qilmaslik;  

2) sheva xatolari (ona o‘rnida oyi, aya, momo, chaqimchi o‘rnida chaqimboz, kiyik o‘rnida 



 

kiyikcha;  mol  bozor  o‘rnida  hayvon  bozor;  to‘xtamoq  o‘rnida  bostirib  to‘xtamoq  kabi 



qo‘llashlar);  

3)  ko‘ngil,  tongi,  o‘zingiz  kabi  so‘zlarda  ng  va  boshqa  harfiy  birikmalarni  ajratib 

ko‘chirish: ko‘n-gil, sin-gil, yan-gi, ton-gi, o‘zin-giz kabi;  

4)  bir  tinish  belgisi  o‘rinda  ikkinchisini  almashtirib  qo‘llash  yoki  qo‘sh  tinish  belgilardan 

birortasini  tushirib  qoldirish  (masalan,  gap  o‘rtasida  kelgan  undalmalar,  undovlarni  faqat  bir 

tomondan ajratish; qavslar yoki qo‘shtirnoqlardan bir elementini tushirib qoldirish kabi;  

5)  ba’zi  joy  nomlari,  shaxs  otlari  yoki  personajlar  ismini  nuqsonli  yozish  (Xamrobibi-

Xamrobuvi);  

6)  tinish  belgilarning  birgalikda  ishlatilishidagi  tartibning  buzilishi  yoki  bittasining  tushib 

qolishi:?! shaklda emas, !? shaklda qo‘llash, !... shaklda emas, ??? shaklda ishlatish kabi;  

7)  sostavli  atoqli  atamalarni  yozishda  bosh  harflarni  nuqsonli  ishlatish:  Xalqlar  do‘stligi 

saroyi - Xalqlar Do‘stligi saroyi; Yangi Urganch - yangi Urganch kabi;  

8) yarim qavsdan so‘ng nuqta ishlatish yoki undan keyingi so‘zni (turdosh otni) bosh harf 

bilan yozish;  

     9) tinish belgilarini nomuvofiq va ortiqcha ishlatish;  

    10) ba’zi so‘zlarni ikki xil ishlatish: oliy qimmat, olihimmat, hamma vaqt - hammavaqt, ob-

havo - obhavo.  

  

Bir xil va har xil tipdagi xatolar: 



  

Muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion va uslubiy qoida 

bilan  bogliq  bo‘lgan  nuqsonlar  bir  xil  tipdagi  xatolar  hisoblanadi.  Bir  xil  tipdagi 

xatolarning  hammasi  bitta  xato  sanaladi  va  bu  baholash  uchun  mezon  bo‘ladi. 

Masalan,  o‘quvchi  besh  o‘rinda  h  o‘rnida  bir  so‘zda  x  yozgan  bo‘lsa,  hammasi 

bitta orfografik xato hisoblanadi.  

Agar  o‘quvchi  kirish  so‘zlarning  yozilishida  oltita  punktuatsion  xatoga  yo‘l 

qo‘ygan  bo‘lsa,  hammasi  bitta  xato  hisoblanadi.  Bordi-yu,  o‘quvchi  vergulning 

kirish  so‘zlarda,  uyushiq  bo‘laklarda  va  boglovchisiz  qo‘shma  gap  qismlari 

orasida  ishlatilish  qoidalarini  bilmasa,  bularning  har  biri  alohida-alohida  xato 

sanaladi.  

Agar o‘quvchi yozma ishda qaratqich belgisini uch o‘rnida noto‘gri qo‘llagan 

bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.  

Yozma  ishlarda  takroriy  va  tasodifiy  xatolar  ham  uchrab  turadi.  Masalan, 

tushunmoq,  qutulmoq,  turgunlik,  sukunat  kabi  so‘zlar  barcha  o‘rinlarda  to‘gri 

yozilib,  bir  o‘rinda  tushinmoq  tarzida  ishlatilsa,  tasodifiy  xato  sanaladi.  Agar 

qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llansa, takroriy xato hisoblanadi. 

Shuningdek,  bir  so‘z  nuqsonli  shaklda  bir  necha  o‘rinda  ishlatiladi:  zarar  so‘zi 

zaral, tuproq so‘zi turpoq tarzida ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zan 1441 o‘rnida 

1941  yozib  qo‘yiladi.  Bunday  faktik  xatolar  ham  keng  ma’noda  tasodifiy 

nuqsonlar  tipiga  kiradi.  SHuni  ta’kidlash  zarurki,  takroriy  va  tasodifiy  nuqsonlar 

yozma ishda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, ya’ni baholash mezoni va 

me’yoriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.  

Quyidagi nuqsonlar yozma ishlarni baholashda hisobga olinmaydi:  

1.  Maktab  grammatikasi  doirasiga  kirmagan  orfografik,  punktuatsion  va  uslubiy 

nuqsonlar.  

2.  Xali o‘rganilmagan qoidalarga oid nuqsonlar.  

3.  Ilmiy-nazariy  jihatdan  maxsus  tekshirilmagan  va  yozilishi  joriy  etilmagan 

nuqsonlar.  


 

4.  Individual (avtor) nutqqa xos punktuatsion holatlarning berilishidagi nuqsonlar.  



Yozma  ish  xatolari  ustida  ishlash  o‘qituvchidan  e’tibor  va  ijodkorlik  talab 

qiladigan mashgulot turidir. Har bir o‘quvchiga yozma ishlardagi xatoni ko‘rsatib 

qo‘yishning  o‘zi  kifoya  qilmaydi.  Bu  xatolarni  bartaraf  qilish  uchun  yozma  ish  

muallifi  bilan  ishlash  kerak  bo‘ladi.  O’qituvchi  yozma  ish  xatolarini  tasnif  qilar 

ekan,  har  bir  xatoning  kelib  chiqish  sabablarini  tasavvur  qiladi.  O’quvchilarning 

ko‘pchiligiga xos bo‘lgan va ayrim o‘quvchigagina xos bo‘lgan xatolarni hisobga 

olib,  xatolar ustida ishlash boshlanadi. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalanish 

mumkin:  

1. Har bir o‘quvchining o‘z xatolari ustida ishlashi.  

2. Ko‘pchilikka xos (tipik) xatolar ustida yozuv taxtasida ish olib borish.  

3. Taxtadagi so‘zlar vositasida gaplar tuzish musobaqasi. 

4. Mavzuga doir lugat diktantlari o‘tkazib borish. 

5. Doimiy va muvaqqat savodxonlik lavhalari va taxtalaridan foydalanish.  

6. Berilgan gap yoki jumla variantlarini tuzish musobaqasini o‘tkazish.  

7. Eng maqul epigraf topish konkursini o‘tkazish. 

8. Imlo lugati bilan ishlash. 

9. Berilgan so‘z sinonimlarini topish (sinonimik qator hosil qilish).  

10.Berilgan so‘z antonimlarini topish. 

11. Asar qahramonlariga yoki adiblarga sifatlashlar topish.  

12. Ustunlarga ajratib yozish mashqlarini o‘tkazish.  

13. Adabiyot daftarida eng qiyin so‘zlar imlo lugatini tuzib borish.  

14. «Qiyin so‘zlar zanjiri» o‘yinidan foydalanish. 

15. Insho goyasi va mavzusiga mos maqollar topish. 

16. Biron inshoga yoki uning parchasiga sarlavha topish.  

17. Mo‘jizalar maydoni, charxpalak, boshqotirma  tipidagi o‘yinlardan foydalanib, 

qiyin so‘zlar yozilishini xotiraga singdirish.  

18. Eng qiyin so‘zlarning rebusini tuzish.  

19. Kompyuterda maxsus dastur asosida mashqlar o‘tkazish.  

20. Matnlar vositasida savodxonlikni ko‘tarish va hokazo.  

Yozma ishdagi xatolar ustida ishlash jarayonida yozma ish matnlari uchun faol 

bo‘lgan  leksika  -  300-400  so‘z  quyi  sinflardan  boshlab  o‘quvchilarga  singdirib 

borilishi,  ularni  to‘gri  yozishga  doir  mashqlar  uzluksiz  va  tadrijiy  ravishda 

o‘tkazilib borishi yaxshi natija beradi. O’quvchining diqqati va xotirasini o‘yinlar 

va  mashqlar  vositasida  savodxonlik  tomonga  yo‘naltirishning  yangi  usullarini 

o‘ylab  topish  va  samarali  qo‘llash  ona    tili  va  adabiyot  fani  o’qituvchilariga, 

mutaxassislarga havola. 

   

 

 



5-SINF 

 

OZ ISHLA-SOZ ISHLA 

 


 

Kunlardan  bir  kuni  bir  mutakabbir  o’rgimchak  ipak  qurtiga:  ”Men  senga 



juda  achinaman,  birozgina  ipak  uchun  shoshmasdan  ishlab  ko’p  vaqt  sarf  etasan. 

Mana,  menga  qara,  tez-tez  ishlab  ozgina  vaqt  ichida  bu  devorning  boshidan 

oyog’igacha  to’rt  o’rab  bitirdim.    Menga  o’xshab  shoshib-pishib  to’r  o’rasang 

bo’lmaydimi?- dedi. Ipak qurti unga: ”To’g’ri, ishda sur’at, tezlik kerak, lekin sen 

singari  apil-tapil  ishlashdan  foyda  chiqmaydi,  shuning  uchun  to’ring  hech 

qimmatga ega emas, mening to’rim esa juda qimmatli to’r,”-deb javob beribdi.  

Hissa: Shoshma-shosharlik bilan hech foyda hosil bo’lmaydi. Ishning soniga 

emas,  sifatiga  diqqat  qilish  lozim.  Har  qanday  ishga  chin  dildan-astoydil 

yondashish kerak. ”Oz ishla, soz ishla” deb bekor aytmaganlar.  

Bayt:  


Shoshqaloqlik niholin o’tqazsang,  

Bergusi meva pushaymonlik.(100 so’z) 

 

SHOH BAHROM HIKOYATI YOKI MASHQNING NATIJASI 

HAQIDA 

Shoh Bahrom  o’zining go’zal va xushovoz kanizagi Fitna bilan kiyik oviga 

chiqdi.    Ov  vaqtida  Bahrom  kiyikni  shunday  ustalik  bilan  otdiki,  bundan 

Bahromning  o’zi  ham  bag’oyat  hayratga  keladi,  ammo  uning  bu  san’atiga 

Fitnaning tahsinlar o’qib hayratlanmaganligi Bahromni darg’azab etadi.  Natijada u 

o’z sarkardasiga Fitnani o’ldirishni topshiradi.  Qizning ko’p yolborib iltijo qilishi 

natijasida sarkarda uni o’zining shahardan tashqaridagi oromgohiga eltib qo’yadi.  

Fitna har kuni u yerda kichik bir buzoqchani zinadan ko’tarib boloxonaga boqqani 

olib  chiqadi.    Oradan  ma’lum  vaqt  o’tadi  va  haligi  kichik  buzoqcha  bahaybat 

novvosga  aylanadi,  lekin  Fitna  odatdagidek,  uni  hech  bir  qiyinchiliksiz  boloxona 

zinalaridan ko’tarib chiqishda davom etaveradi.  

Kunlardan  bir  kuni  sarkarda  ovdan  qaytayotib,  Bahromni  o’z  oromgohiga 

taklif  etadi.    Yuqorida  aytilgan  taajjub  voqeani  o’z  ko’zi  bilan  ko’rgan  shoh  

hayratga  keladi-da,  Fitnani  tanib,  uzr  so’raydi.  Shoh  Bahrom  va  Fitnaga  bo’lgan 



munosabatingizni bayon eting.(107 so’z)   

GO’ZALLIK  

Insonning  aziz  va  mukarram  qilib  yaratilganligi  ayon  haqiqat  va  uning 

murakkab,  tushunarsiz  mavjudot  ekanligi  ham  sir  emas.  Shu  sababli  bani  bashar 

o’z  hayotida  ko’p  qoqinadi,  aksar  yaxshilig-u  yomonliklar  ichida  surinadi. 

Mirzakalon Ismoiliy bu nozik masalalar tegrasida nazokat va tabiiylik bilan qalam 

tebratadi.  Binobarin,  inson  Olloh  tomonidan  yaratilgan  jamiki  suvrat-u 

siyratlarning mukammali ekan, u shunga monand ravishda fe’l-atvorga, go’zallikka 

ega bo’lmog’i lozim, lekin go’zallik deganda nimani tushunamiz? Shahlo ko’zlar, 

chiroyli  kiyim-bosh,  qimmatbaho  taqinchoq-u  bezaklarnimi?  Menimcha, 

go’zallikning  o’z  qonunlari,  qoliplari  bor.  Yuqorida  sanalgan  narsalar  bilan 

”chiroyli  odam”  bo’lish  mumkin,  lekin  ”go’zal  inson”  bo’lish  uchun  esa  uni 

odamiylik  fazilatlari  to’ldirishi  kerak.  ”Go’zallik  ham  bamisoli  daraxt.  Yaprog’i-

axloq,  ildizi-ichki  dunyo,  mevasi-yaxshi  fazilat.  Xulosa  qilib  aytganda,  odam 

bolasidagi  go’zallik  tabiat  ato  qilgan  husn-jamoldan  tashqari,  yana  eng  yaxshi 

xulq-atvorni,  insondagi  eng  yaxshi  fazilatlarni  o’z  ichiga  olgan  odamiylikdan 


 

iboratdir.  Mana  shunda  go’zallik  insonga  husn  beradi.  Bu  xil  go’zallik 



yaproqlarsiz,  ildizlarsiz  qurishi  muqarrar  bo’lgan  daraxtga  sira-sira  o’xshamaydi, 

qurimaydigan, boqiy go’zallikdir,-deydi M.Ismoiliy.(127 so’z) 

 

 

USTOZLARNI HURMATLASH BAYONIDA 

 

Har  bir  inson  uchun  o’z  muallimini  va  ustozini  e’zozlash,  hurmat  va 

ehtiromini  ado  etish  shartdir.    Negaki,  bu  zotlar  har  qanday  insonning  ruhini 

tarbiyalaydi,  ma’naviy  boylik  bilan  to’ldiradi,  har  qanday  ruhiy  va  maishiy 

kamchilik  hamda  illatlarni  poklaydi,  jaholat  degan  buyuk  aybdan  xoli  va  ozod 

qiladi.  

Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, 

ularga  chiroyli  va  yoqimli  fazilatlar  bilan  chiroy  va  oro  beradi,  tushuntirish  bilan 

foydasiz  narsalardan  odamni  xalos  etadi,  insonni  haqiqiy  komil  inson  darajasiga  

yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi.  

Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan 

iborat  ekanini  tushuntirib  beradi,  yaramas,  yomon  ishlardan  qaytaradi  va  eng 

yaxshi ishlar va vazifalar sari yo’l ko’rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga 

yetishingni  o’ylashib,  hamisha  jon  kuydirishadi,  el  ichida  o’ylab,  butun  kuch  va 

imkoniyatingni ishga solishadi.  

Muallim  va  ustozning  vaqatlari  qimmatli  ekanligini  bilib,  aytganlariga 

diqqat  bilan  quloq  sol.  Bordi-yu  biron  nimani  tushunmay  qolsang,  odob  va 

muloyimlik  bilan  qayta  so’rashing  zarur.  Muallim  va  ustozing  nima  so’rasalar 

kulib  turib,  odob  va  ikrom  bilan  chiroyli  so’zlarni  saralab  javob  ber.  Ilm 

maskanidan tashqarida yoki ko’cha-ko’yda ularni ko’rib qolsang, ta’zim bajo qil, 

qo’lingni ko’ksingga qo’yib salom ber. (140 so’z) 

 

 



                                     AHMAD AL-FARG`ONIY 

 

Ahmad  al -Farg`oniyning  to`liq ismi Abul Abbos Ahmad Ibn Muhammad 

Ibn Kasir al-Farg`oniydir. 

U VIII asr oxilarida Qo`bo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. Qo`va shahri 

o`sha  davrning  madaniy-ilmiy  markazlaridan  bo`lgan,  20  yoshgacha  Qo`va 

shahrida yashab, shu yerda ta`lim oladi.  

Uning nomi o`sha davrlardanoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif etiladi. Ahmad 

al-Farg`oniy nomi ko`p o`tmay shunchalik e`tibor qozondiki, 30-35 yoshlarda uni 

“Tinchlik shahri” d eb atalgan Bag`dodga “ Bilim uyi”, ya`ni ‘Xizonat-al  hikma” 

yoki  “Bayt  –ul  hikmat”  ga  taklif  etishadi.  Uning  ko`pchilik  asarlari  Ma`mun 

huzurida yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur “Kitob javome’ ilm an nujum 

val    - harakat  as- samoviya”  (“Astronimiaya  va  sayyoralar  harakati  “)  kitobi ham 

o`sha davrda yaratildi.  


 

    Olimning  asarlari  XII  asrdayoq  Italiya,  Fransiya    hamda  Germaniya 



universitetlarida o`qitila boshlandi. Bu davrda uning  mashhur asarlari lotin tiliga, 

Ya’qub Onaduliy tomonidan ibroniy tiliga o`girildi.  

    Ahmad al- Farg`oniy Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur bo`ldi. Uning 

qo`lyozmalari  dunyo  bo`yicha  tarqalgandir.  Amerikaning  Priniston  universiteti, 

Sankt-Peterburg,  Qohira,  Parij,  Mexiko  va  Hindistonda  olim  qo`lyozmalari 

mavjudligi ro`yxatga olingan. 

     Al-Farg`oniy  kabi  buyuk  bobokalonlarimizning  nomlarini  va  asarlarini 

tiklashimiz  milliy    qadriyatlarimizni  anglashda,  o`zligimizni  idrok  etishimizda 

ibratli saboq bo`ladi.(116) 

 

                                 



HADISI SHARIF 

 

Islom  shariatining  asosiy  manbalaridan  ikkinchisi  sunnatdir.  Sunnat 

Rasulullohdan  naql  qilingan  hadisi  shariflar  orqali  shakllanadi.  Hadisi  sharifda 

Rasululloh  alayhissalomning  so`zlari,  ish  faoliyatlari  va  sahobalar  tomonidan 

amalga  oshirilgan  ishlariga  munosabatlari  haqida  hikoya  qilinadi.    Shu  uch  xil 

uslubning har biri sunnat deyiladi. 

  

Hadisi  shariflarni  yig`ib  kitob  shakliga  keltirish,  asosan,  payg`ambarimiz 



alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan.  Bu sharafli ish VIII asrga 

kelib keng quloch yoygan. Islom olamining o`sha paytdagi madaniy markazlaridan 

sanalgan shaharlarida hadis  bilan shug`ullanuvchi muhaddislar ko`p bo`lgan. Ular 

hadis  to`plamlarini  tuzishgan. Ular ichida  eng  ishonchli  manba  sanalganlari  oltita 

bo`lib, bularni Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom abu Dovud ,  at-Termiziy , 

Imom an-Nasoiy va Imom ibn- Mojalar tuzishgan. Bu buyuk muhaddislarning to`rt 

nafari  turonzaminlik  bo`lgani  bilan  butun  islom  dunyosi  miqyosida  faxrlansak 

arziydi.  

Muhaddislik shu qadar sharafatli va sermashaqqat ishki, u kishidan zakovat, 

kuch- quvvat, fidoyilik, yuksak iqtidor va kuchli quvvayi hofizani talab qiladi.(100 

so’z)) 

       


 


Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling