“San’at bilan shug’ullanayotganingizda u yaxshi yoki yomon ekanligi muhim emas, muhimi qalbingiz o’sib bormoqda”
Download 202.97 Kb.
|
Axrarov A.109-G Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASVIRIY SAN’AT TARIXI FANIDAN “O’zbekiston tasviriy san’atida milliylik xususiyatlari” MAVZUSIDAGI KURS ISHI
- Samarqand 2023 MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………..… I BOB. Sovet tuzumida O’zbekiston tasviriy san’ati...........................
- II BOB. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tasviriy san’ati…….. II.1. Rassomlik san’atining kengayishi…….. II.2. Rassomlarning milliy tarixga murojaati ……
- Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………. Ilovalar………………………………………………………………………… KIRISH.
- Kurt Vonnegut
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI “TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI’’ KAFEDRASI TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO’NALISHI TASVIRIY SAN’AT TARIXI FANIDAN “O’zbekiston tasviriy san’atida milliylik xususiyatlari” MAVZUSIDAGI KURS ISHI BAJARDI: 109– guruh talabasi Axrarov Almos ILMIY RAHBAR: ___________ dots. X.X.Jo’rayev KAFEDRA MUDIRI: ___________ prof. D.E.Omonov Kurs ishi kafedraning 2023 – yil ______ sonli majlisida himoya qilindi va _______________ baholandi. Komissiya raisi: ________ ____________________ A’zolari: ________ ____________________ Samarqand 2023 MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………..… I BOB. Sovet tuzumida O’zbekiston tasviriy san’ati........................... I.1. O’zbekiston tasviriy san’atining Sovet davridagi rivojlanishi haqida.... I.2. Mahalliy rassomlar ijodida milliy xusiyatlarning zamonaviy ko’rinishi.. II BOB. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tasviriy san’ati…….. II.1. Rassomlik san’atining kengayishi…….. II.2. Rassomlarning milliy tarixga murojaati …… II.3. Mustaqillik yillarida amaliy tasviriy san’atning milliylik xususiyatlari Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………. Ilovalar………………………………………………………………………… KIRISH. “San’at bilan shug’ullanayotganingizda u yaxshi yoki yomon ekanligi muhim emas, muhimi qalbingiz o’sib bormoqda”Kurt Vonnegut Mamlakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o'tgan taraqqiyot yo'li asrlarga tatigulik mazmun va samara kasb etmoqda. Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilganligining huquqiy asoslari quyidagi hujjatda belgilab berildi hamda ular orasida eng muhim yo'nalish va natijalari ijrosi ta'minlandi. Mustaqil davlatimiz rahbariyati eng avvalo, ishni ta'lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini yaratib berishdan boshladi.O'zbekiston Respublikasining Oliy kengashi 1992 yil 2 iyulda "Ta'lim to'g'risida" gi Qonunini tasdiqladi. Bu dasturilamal hujjatda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, burch va mas'uliyatlari aniq belgilab berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi ta'lim sohasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati edi. Ta'lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo'nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish xalqimizning tarixiy an'analari asosida ta'lim mazmunini tubdan o'zgartirish, shu maqsadda o'qituvchilar pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har tomonlama rag'batlantirish, bilim ko'nikmalarning puxtaligini ta'minlaydigan zamonaviy didaktik vositalarni qo'llashni keng ko'lamda yo'lga qo'yish shu asosda ta'lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo'ldi. O’zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi va uning yangi ijtimoiy taraqqiyot yo’lidan borayotganligi boshqa sohalarda bo’lgani kabi oliy ta’limining hamma bo’ginlarining faoliyatini ham qayta ko’rishni talab etmoqda. Bu talablar bevosita tasviriy san’at o’quv faniga ham taaluqlidir. Ayniqsa, asriy an’analarga ega bo’lgan Tasviriy san’at turlariga o’quvchi yoshlarni jalb etish katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan diqqatga sazovordir. Shu jihatdan ham yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda jamiyatimiz pedagogika fani, xususan san’at pedagogikasining oldiga yangi vazifalar yukladi. Zero boshqa sohalar bilan hamohang tarzda ilm va san’at sohalarida ham tub o’zgarishlar davri kechmoqda. Bu o’zgarishlar yosh avlodda nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki ularni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishni ham taqozo etadi. Talabalarni ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga molik bo’lgan bu tadbirni amalga oshirishga ko’p yillar davomida milliy boylik bo’lib kelgan xalqimizning madaniy va maishiy hayotga keng tatbiq etilgan go’zal hunarlaridan biri tasviriy san’atni o’rgatish va u soha bo’yicha bo’lg’usi tasviriy san’at o’qituvchilarini tayyorlash muammosi ham hozirgi kunda juda katta ijtimoiy pedagogik ahamiyatga egadir. Respublikamizning kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga qo’shilishida xalqimiz madaniyati, ma’rifati, san’ati va manaviyatining roli beqiyosdir. Xalqimiz ma’naviyat va madaniyatini boyitishda tasviriy san’atning ham o’z o’rni bor. Hozirgi davrda har sohada bo’lgani kabi tasviriy san’atda ham katta o’zarishlar bo’lmoqda. Tasviriy san’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo’ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go’zallik hissi ortdi, voqelikdagi go’zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo’ldi. Tasviriy san’at esa o’ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ’ib etuvchi kuchli g’oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go’zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag’lubiyatlari ularning asarlarida o’z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo’lgan ana shunday san’at hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da’vat etdi. Tasviriy san’at talabalarda ma’naviy madaniyatning ajralmas qismlaridan biri hisoblangan badiiy madaniyatni uyg’un rivojlantirish, talabalarni milliy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar bilan oshno qilish, ijodkorlikka keng yo’l ochib berishdan iboratdir. Uning vazifalariga esa o’quvchilarda badiiy ijodiy qobiliyat, kuzatuvchanlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, badiiy va estetik didni, ko’z xotirasini, chamalash qobiliyatini, tasviriy malakalarni, rang sezishni hamda fazoviy obrazli tafakkurni rivojlantirish, borliq va san’at asarlaridagi go’zalliklarni ko’ra bilish, san’at asarlarini o’qiy olishga o’rgatish ham kiradi. Hozirgi kunga kelib, oliy ta’limning tasviriy san’at ta’lim yo’nalishida bilim olayotgan talabalar tasviriy san’at janrlari haqida keng ma’lumotga ega bo’lishlari talab etiladi. Mazkur qo’llanma har bir san’at ixlosmandini talaba va o’quvchilarni tasviriy san’atning janrlari haqida bilimlarni boyitishga xizmat qilishi zamin bo’la oladi. Download 202.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling