Sanoq sistemalari. Sanoq sistemasi tushunchasi. Pozitsion va nopoz


Download 1.03 Mb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1290726
  1   2   3   4
Bog'liq
onli sanoq sistemasida nomanfiy butun

  • O`nli sanoq sistemasida nomanfiy butun sonlar ustidagi arifmetik amallarning algoritmi.

Mavzu: O`nli sanoq sistemasida nomanfiy butun sonlar ustidagi arifmetik amallarning algoritmi.

  • Reja:
  • 1. O`nli sanoq sistemasida sonlarni qo`shish algoritmi.
  • 2. O`nli sanoq sistemasida sonlarni ayirish algoritmi.
  • 3. O`nli sanoq sistemasida ko`paytmani hisoblash algoritmi.
  • 4. O`nlik sanoq sistemasida bo`lishni bajarish algoritmi.

1. O`nli sanoq sistemasida sonlarni qo`shish algoritmi.

  • 1. O`nli sanoq sistemasida sonlarni qo`shish algoritmi.
  • Ma’lumki har qanday ko`p xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi shaklida ifodalash mumkin. Masalan,
  • 1) 527 = 5 ta yuzlik + 2 ta o`nlik + 7 ta birlik yoki
  • 527 = 5 ·100 + 2 · 10 · 7 · 1;
  • 2) 3728 = 3 · 1000 + 7 · 100 + 2 · 10 + 8 · 1,
  • 3728 = 3 · 103 + 7 · 102 + 2 · 101 + 8 · 100.
  • Ixtiyoriy natural sonni qaraylik.
  • N = anan-1…a1a0 bo`lsa,
  • N = an · 10n + an-1 · 10n-1 + … + a2 · 102 + a1 · 10 + a0 Bu yerda: an, …, a1 0 dan 9 gacha bo`lgan raqamlar. an ≠ 0 deb kelishiladi.

Og`zaki qo`shish qoidasi: Bu qo`shish qonunlariga asosan amalga oshiriladi. Masalan, 8324 + 525 = (8 minglik + 3 yuzlik + 2 o`nlik + 4 birlik) + (5 yuzlik + 2 o`nlik + 5 birlik) guruhlash va o`rin almashtirish xossasiga asosan:

  • Og`zaki qo`shish qoidasi: Bu qo`shish qonunlariga asosan amalga oshiriladi. Masalan, 8324 + 525 = (8 minglik + 3 yuzlik + 2 o`nlik + 4 birlik) + (5 yuzlik + 2 o`nlik + 5 birlik) guruhlash va o`rin almashtirish xossasiga asosan:
  • 8324 + 525 = 8 minglik + (3 yuzlik + 5 yuzlik) + (2 o`nlik + 2 o`nlik) + (4 birlik + 5 birlik) = 8 minglik + 8 yuzlik + 4 o`nlik + 9 birlik = 8849 bo`ladi. Bundan ko`rinadiki, ko`p xonali sonlarni qo`shish uchun ularning mos xona birliklarini qo`shish kerak ekan.
  • Demak, sonlarni yozma qo`shish uchun qo`shiluvchilarni bir-birining ostiga shunday joylashtiriladiki, bunda bir xil xona birliklari raqamlarning biri ikkinchisining ostida bo`ladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling