Servis” fakulteti «metrologiya va standartlashtirish» kafedrasi mustaqil ishlarni bajarishga doir
Download 452.73 Kb.
|
Mustaqil ish MS va S
- Bu sahifa navigatsiya:
- ” fanidan bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun U S L U B I Y K O R S A T M A Jizzax 2022 y
- «QMB va QICH»
- “ Servis” fakulteti ilmiy kengashida muhokama qilingan ____- sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan. “Servis” fakulteti dekani: p.f.d. prof. Hamidov J.A.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “SERVIS” FAKULTETI «METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH» kafedrasi MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISHGA DOIR “METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFEKATLASHTIRISH ” fanidan bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun U S L U B I Y K O' R S A T M A Jizzax 2022 y Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Metrologiya, standartlashtirish va sertifekatlashtirish” fanidan «QMB va QICH» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mustaqil ishlarni bajarishga mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. Tuzuvchi: Murodova A.Y - “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi assistenti Ushbu uslubiy ko‘rsatma 2022 yil “__”_____ “Metrologiya va standartlashtirish” kafedra yig‘ilishida muhokama qilingan ___- sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “Metrologiya va sandartlashtirish” kafedrasi mudiri: dots. Shertaylaqov G’.M. Ushbu uslubiy ko‘rsatma 2022 yil “___” “ Servis” fakulteti ilmiy kengashida muhokama qilingan ____- sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan. “Servis” fakulteti dekani: p.f.d. prof. Hamidov J.A. KIRISH Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Metrologiya, standartlashtirish va sertifekatlashtirish” fanidan qo’shimcha fan hisoblanib, o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan tabiiy – ilmiy (oliy matematika, fizika, kimyo, nazariy mexanika, informatika va axborot texnologiyalari), umumkasbiy (o‘lchash usullari va vositalari, metrologiya asoslari va h.k.) va ixtisoslik (standarlashtirish asoslari, sertifikatlashtirish asoslari va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlik talab etiladi. Ushbu fanning xalq xo‘jaligini boshqarishda tutgan o‘rni va rolini aniqlash, standartlar va me’yoriy hujjatlarning turlari bilan tanishish, standartlashtirish ob’ektlarini aniqlash, turli standartlar bilan tanishish va ishlash, hamda standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi bilan yaqindan tashishishtiradi hamda bakalavrlar tayyorlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu kursni o‘rganish jarayonida talabalar bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib mahsulotni ishlab chiqarish va undan foydalanish jarayonlariga oid, shuningdek uning sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash va tasdiqlash ishlarini, standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi qonun – qoidalariga muvofiq kelishini nazariy, xamda amaliy asoslari bilan tanishib chiqadilar. Fanni o‘qitishda mashg‘ulot turlarining bajarilish tartiblari mavzular ketma-ketligini va mutanosibligini saqlagan holda amalga oshirilishiga alohida e’tibor berilishi lozim. Nazariy materiallar ma’ruzalar konspekti va texnik adabiyotlarga asoslanib olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlar – masala va misollar echish, hamda me’yoriy xujjatlar tuzish texnologiyasini o‘rganishdan iborat. Talabalarning standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedogogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Download 452.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling