Mustaqil ishlarni bajarishga doir
Download 101.5 Kb.
|
Mustaqil ish qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg’ona-2022 «BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH » FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLAR MAVZULARI VA ULARNI O’ZLASHTIRISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA
- BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKUL’TETI “MENEJMENT” KAFEDRASI
“BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” fani bo’yicha mustaqil ishlar talabalarning fanni nazariy va amaliy jihatlarini yanada chuqurroq tushunishlariga, shuningdek referatlar, konspektlar yozishga, eng zarur mavzular bo’yicha jadval va chizmalar tayyorlashga o’rgatadi. Fan bo’yicha va unga yaqin mavzular yuzasidan xalqaro internet tarmog’idan foydalanib, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga oid ma’lumotlardan foydalanishlari, talabalarning bilimlarini har tomonlama oshishiga olib keladi. Mustaqil ish uchun ajratilgan umumiy soat - 45. Menejmentyo’nalishidagi talabalari tomonidan ushbu fanni to’la o’zlashtirish uchun mustaqil ishni quyidagi shakllarda tashkil etishlari tavsiya etiladi: 1. Nazariy mavzularni ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan o’quv adabiyotlari yordamida o’qib, takrorlab bilimini mustahkamlash, belgilangan mavzu bo’yicha yozma axborot (referat) tayyorlash, yozma ish, ijodiy ish, hisobot yozish, uy vazifalarini bajarish. 2. Amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish, nazorat ishlarini olish, ularda kollokvium, savol javob, suhbat, munozarali bahslar tashkil etish, amaliy topshiriqlar orqali olingan bilimni mustahkamlash, uy vazifalarini bajarish. Joriy nazoratga talabaning dars paytida o’tilgan materiallarni o’zlashtirishi va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o’zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; berilganmavzularbo’yichaaxborot (referat) tayyorlash; nazariybilimlarniamaliyotdaqo’llash; maket, model vanamunalar yaratish; ilmiymaqola, anjumangamahruzatayyorlashvah.k.. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar, masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha amaliy masala va misollar yechish uslubi va mustaqil yechish uchun masalalar keltiriladi. “BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’lim ishu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la tahminlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning mahruzasini tinglaydilar, miso va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga berilgan vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni toppish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishla rolib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va mahruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatiniri vojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarin tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida o’zlashtirish; amaliy mashg’ulotlar uchun topshirilgan, mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o’quv loyihalarini Axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish ob’ekti bo’lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlarini to’plagan holda bajarish; ilmiy-amaliy anjumanlarga ma’ruza tezislari va ilmiy maqolalarni tayyorlash. Talabalarning mazkur fan bo’yicha mustaqil ishini tashkil etish va uni nazorati “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi” talablari ga muvofiq FarPI uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik“fanidan mustaqil ishni bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma asosida fan bo’yicha mustaqil ishni tashkil etish, nazorat qilish va baholash olib boriladi. “BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va fan bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlariga rejalashtirilgan mustaqil tahlim mavzulari quyidagi ko’rinishida shakllantirilgan. “BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” fanidan mustaqil ta’lim sifatida o’rganiladigan quyidagi mavzular tavsiya etiladi: “BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” fanidan mustaqil ta’lim sifatida o’rganiladigan quyidagi mavzular tavsiya etiladi: Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling