Shaharlar aholisining soni
Download 25.98 Kb.
|
baha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat balansi usuli
Shaharlar aholisining soni- ham uning tipologik belgilaridan hisoblanadi. Shaharlarni aholisining soniga qarab quyidagi guruhlarga bo’lish qabul qilingan: - eng yirik shaharlar - 500-1000 minggacha va undan yuqori; - yirik shaharlar - 250-500 minggacha; - katta shaharlar -100-250 minggacha; - o’rta shaharlar - 50-100 minggacha; - kichik shaharlar - 50 minggacha. Shaharlar qancha katta va ularning aholisi qancha ko’p bo’lsa, ular egallagan hudud shuncha katta bo’ladi, tarxiy tarkibi shuncha murakkab bo’ladi, tarxning xarakteri o’zgaradi va boshqalar. Kichik shaharlar - asosan piyoda harakati orqali bog’langan shaharlar shaharlar, o’rta va katta shaharlarda shahar ichi aloqalari uchun relssiz transport lozim. Eng yirik aholisi 1 mln. dan oshiq shaharlarda qoida bo’yicha tezyurar tashqi transport (metro) qo’llaniladi, u shahar tarxiy tarkibiga anchagina ta’sir ko’rsatadi. Eng yirik shaharlarda murakkab funksional va tarxiy tarkib shunday shaharsozlik holatini keltirib chiqaradiki, unda erkin hududlarda yangi qurilishidan tortib, to shaharning eski qismini rekonstruksiya qilish va qayta qurishgacha, er osti makonlarini o’zlashtirishdan, jamoat markazini shakllanishigacha bo’lgan masalalarni hal etish lozim bo’ladi Mehnat balansi usuli. Bu asosiy usullardan hisoblanadi. SHahar kelajak aholisining soni rejalashtirilgan xalq xo’jaligi rivojlanishi masshtablari va mehnat resurslarining ko’payishiga bog’liq holda aniqlanadi. Hisoblash quyidagi formula yordamida bajariladi: A x 100 % 100 x A N = ------------------------- yoki N = ---------------- 100% - (Uo - Un) Ug bu erda: N - shahar kelajak aholisining soni, A - aholining shahar tashkil kiluvchi guruhining absolyut soni, kishi, 47 Uo - aholiga xizmat ko’rsatuvchi guruhning solishtirma salmog’i, umumiy aholi soniga nisbatan % hisobida; Un - aholi mustaqil bo’lmagan guruhining solishtirma salmog’i, umumiy aholi soniga nisbatan % xisobida; Ug - aholi shahar tashkil qiluvchi guruhining solishtirma salmog’i, umumiy aholi soniga nisbatan ( % ). Download 25.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling