Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs


Download 215.5 Kb.
bet1/5
Sana18.01.2023
Hajmi215.5 Kb.
#1099164
  1   2   3   4   5
Bog'liq
jamoa


SHaxsning jamoada qaror topishi. SHaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi boʻlib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me’yorlar mohiyatini oʻzlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. SHuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yoʻlida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
SHaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud boʻla olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi boʻlsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish koʻnikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi.
Bola yoshligidan oʻyin, mehnat va oʻqish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki oʻzligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida boʻlishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
SHarq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi oʻrni va roliga alohida e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan oʻzgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub boʻlgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi. Alloma oʻqitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, inson blshqalar bilan munosabatda boʻlish, ularning yordami va qoʻllab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yoʻlidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga etaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida oʻzaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va oʻrnini belgilab beradi.




  1. Download 215.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling