Sinf: 6 Fan: Matematika


Download 38.58 Kb.
bet1/3
Sana20.08.2020
Hajmi38.58 Kb.
#127127
  1   2   3
Bog'liq
6 sinf matematika. oddiy kasrlarni b


Aim.Uz

Buxoro viloyati Buxoro tuman 42-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Rustamova Zulayxoning 6-sinf “Oddiy kasrlarni bo’lish” mavzusida yozgan dars ishlanmasi.

Sinf: 6

Fan: Matematika.

Mavzu:Oddiy kasrlarni bo’lish.

Maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarga kasrni kasrga ,kasrni natural songa ,natural sonni kasrga bo’lish qoidalari va aralash kasrlarni bo’lish qoidasini tushuntirish,amaliyotda mustaqil qo’llashni o’rgatish.TK1:o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda mantiqiy izchillikda ,to’g’ri,aniq va ravshan ifodalay olish;TK6:aniq hisob- kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish;FK1:oddiy kasrlarni bo’lishni bilish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,hamda tadbirkorlikka qiziqtirib,iqtisodiy tarbiya berish.TK4:guruhlarda ishlash faoliyatini tashkil eta oladi,boshqalar fikrini tinglab tushuna oladi.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash hamda mantiqiy tafakkurini rivojlantirish,turli o’yinlar va metodlar orqali fanga bo’lgan qiziqishini orttirish.

TK3:mustaqil ravishda o’quv masalasini topa oladi va ifodalay oladi.

Dars turi: Yangi bilim,ko’nikma,malakalarini shakllantiruvchi dars

Dars metodi: savol-javob,tushuntirish, guruhlarda ishlash,interfaol,”Bingo”metodi,”Beshinchisi ortiqcha “ o‘yini,”Estafeda” o’yini.

Dars jihozi: darslik,internetdan ma’lumotlar, slaydlar, baholash uchun “Kredit kartochkalari”, “Bingo” jadvallari, magnit doska,qalin qog’ozdan yasalgan qayiqchalar va misollar yozilgan varaqalar,AKT.

Dars taqsimoti:

  1. Tashkiliy qism: 3 daqiqa

  2. O‘tilgan mavzu: 10 daqiqa

  3. Yangi mavzu: 20 daqiqa

  4. Mustahkamlash: 10 daqiqa

  5. Baholash va uyga vazifa: 2 daqiqa

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:1. Salomlashish.Navbatchi axboroti. Davomot.

2.Matematika doir yangiliklar.

3.Bugungi dars maqsadi va vazifalari aytib o’tiladi.(2-slayd)

4.2017-yil qanday nomlanadi.

5.Prezidentimizning bugungi kunda yoshlarga yaratib berayotgan sharoitlar va davlatimizda yaratilayotgan yangiliklar haqida savol javoblar.(3-slayd),(4-slayd)

O’tilgan mavzuni so’rash:

O’quvchilar 3 guruhga ajratiladi.

1-guruh “Topqirlar”

2-guruh “Chaqqonlar”

3-guruh “Ziyraklar”

Har bir guruhdagi o’quvchilar darsda ishtiroki uchun kredit kartochkalari bilan baholab boriladi ,eng ko’p kredit kartochkalarini olgan guruh g’olib hisoblanadi va “Yosh tadbirkorlar” guruhiga aylanib ,bank mijoziga aylanadi va bank syurpriziga ega bo’ladi.

(5-slayd),(6-slayd)

A)O’tilgan mavzularga doir “Bingo” o’yini orqali savol-javob o’tkaziladi.O’quvchilar o’yin sharti bilan tanishtiriladi.

Bu o’yinda har bir guruhga A1 formatda jadval beriladi,jadvalda 1 dan 9 gacha sonlar har xil tartibda joylashtirilgan.(7-slayd)

Sinf jamoasiga 9 ta savol birin ketin o’qishni boshlagandan so’ng qaysi guruh binchi bo’lib jadvaldagi 3 ta ketma-ket(eniga,bo’yiga) savolga to’ri javob bersa “Bingo” degan so’zni aytadi va o’yin g’olibiga aylanadi.

Namuna:to’g’ri topiilgan savol raqamining usti uriladi.

1

4

7

3

6

2


8



5

9


Savollar:

1.To’g’ri kasr deb nimaga aytiladi?

Javob:Maxraji suratidan katta bo’lgan kasr.

2.Noto’g’ri kasr deb nimaga aytiladi?

Javob:Surati maxrajidan katta bo’lgan kasr.

3.Qanday sonlar o’zaro teskari sonlar deyiladi?

Javob:Ko’paytmasi 1 ga teng bo’lgan sonlar.

4.Sonning qismini topish uchun nimaa qilamiz?

Javob:Sonni qismni ifodalovchi kasrga ko’paytiramiz.

5.Aralash son deb nimaga aytiladi?

Javob:Butun son bilan kasrning yig’indisiga.

6.25 ga teskari son qaysi son?

Javob:1/25(1 taqsim 25)

7.Sonning chorak qismi qanday ifodalanadi?

Javob:To’trdan biri.

8.Choragi 4 ga teng bo’lgan son ?

Javob:16


9.O’zaro teskari sonlar ko’paytmasi nimaga teng?

Javob:1 ga.

G’olib guruhga kredit kartochkasi beriladi.

B)”Beshinchisi ortiqcha “o’yini.

Har bir guruhga 5 tadan raqam yozilgan kartochkalar beriladi va o’quvchlar ortiqcha raqamni topib javobini izohlaydi.(8 -slayd)

1-guruhga:



2-guruhga:



3-guruhga:



1 4 1 3

Yangi mavzu bayoni:

-Bugun biz siz bilan aziz o’quvchilar oddiy kasrlarni bo’lishni o;rganamiz.(9- slayd)

Kasrlarni bo’lish tushunchasiga olib keluvci bitta masalani ko’raylik.

Masala.To’g’ri to’trtburchakning yuzi m2 ga,eni esa m ga teng.Shu to’g’ri to’rtburchak bo’yini toping.

Yechish: To’g’ri to’trtburchakning bo’yini x deylik.U holda masala mazmuniga mos ushbu * x= tenglamani tuza olamiz.

Tenglamaning ikkala qismini x oldiga turgan kasrga teskari kasrga ko’paytiramiz.



* x* = * ,ammo * =1, demak, x= * ==1(m)

Javob: To’g’ri to’trtburchakning bo’yi 1m.



Bundan Shunday qoidaga kelamiz:

Kasrni kasrga bo’lish uchun bo’linuvchini bo’luvchining teskarisiga ko’paytirish kerak.

=. (10-slayd)

Kasrni natural songa bo’lish uchun kasr maxrajini shu natural songa ko’paytirish kerak.

m= =* = (11-slayd)

Natural sonni kasrga bo’lish uchun natural sonni kasrning teskarisiga ko’paytirish kerak.

m=m*= (12-slayd)

Download 38.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling