sinf testlari sinf biologiya olimpiada savollari variant


Download 86.79 Kb.
bet1/10
Sana06.04.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1277345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-синф тест олимпияда 22-23


9-sinf testlari
9 sinf biologiya olimpiada savollari 1 variant
1. Iqlimi issiq mamlakatlarda yashovchi mahalliy aholining asosiy oziq ovqati hisoblanadigan o`simliklarni aniqlang.
a) kokos; b) banan; c) qovun daraxti; d) non daraxti; e) yersovun; f) chepishka
A) a, b, e, f B) a, c, d, f C) a, b, c, d D) b, c, d, e
2.Qaysi o`simlikning urug`ida urug`pallasi qat-qat bo`lib joylashgan?
A) loviya B) g`o`za C) mosh D) bug`doy
3. Avtoxor o`simliklarni belgilang.
A) cherkez, shumtol B) qoqio`t, qo`g`a C) bodring, qovun D) yorongul, burchoq
4. Qo`sh urug`lanishdan keyin tuxum hujayradan (1), markaziy hujayradan (2), urug`kurtakchadan (3), urug`kurtakchaning po`stidan (4) nima rivojlanadi? a) murtak; b) endosperm; c) urug`; d) urug`ni o`rab turadigan po`st; e) mevani o`rab turadigan po`st; f) meva. A) 1 a, 2 b, 3 c, 4 d B) 1 a, 2 b, 3 c, 4 c C) 1 a, 2 c, 3 b, 4 c D) 1 b, 2 f, 3 a, 4 e
5. Qaysi o`simliklarnig mevasi rezavor emas?
A) qoraqat, ituzum B) pomidor, uzum C) zirako`t, gilos D) ituzum, maymunjon
6. Qaysi turkumga oid o`simliklar kuzda tuya va qorako`l qo`ylar uchun oziqa bo`ladi?
A) ebalak, baliqko`z, sho`rak B) teresken, sag`an, izen C) quyonjun, donasho`r D) barcha javoblar to`g`ri
7. Qovoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklarning urug`chi gulining formulasini aniqlang.
A) Gk(5)Gt(5)Ch(0)U(3) B) Gk(5)Gt(5)Ch(2)+(2)+1U(0) C) Gk5Gt5Ch5U1 D) Gk4Gt4Ch0U(4)
8. Jo`xori turkumiga oid o`simlikni aniqlang.
A) xarduma B) chayir C) qo`ng`irbosh D) g`umay
9. Qaysi yili O`zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi" ta’sis etilgan?
A) 1983 B) 1998 C) 1979 D) 1984
10. Meksika g`o`zasining sistematik birliklari to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
bo`lim (tip) (1), sinf (2), oila (3), turkum (4) a) ochiq urug`lilar; b) gulli o`simliklar; c) bir urug`pallalilar; d) ikki urug`pallalilar; e) gulxayridoshlar; f) g`o`zadoshlar; g) g`o`za; h) gulxayri
A) 1 b, 2 d, 3 e, 4 g B) 1 a, 2 d, 3 f, 4 h C) 1 a, 2 c, 3 e, 4 h D) 1 b, 2 d, 3 e, 4 h
11. Nerv hujayralari tanada tarqoq joylashgan organizmlar to`g`ri keltirilgan qatorni ko`rsating.
A) aureliya, qizil korall polipi, aktiniya B) aktiniya, oq planariya, meduza
C) gidra, aureliya, nozema D) qizil korall polipi, oq planariya, jigar qurti
12. Tuzalmaydigan yara hosil qiluvchi parazitni aniqlang.
A) tripanosoma B) leyshmaniya C) ichburug` amyobasi D) nozema
13. Evglenani qorong`i joyda uzoq saqlansa ...
a) xlorofili yemiriladi; b) rangsizlanadi; c) tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi; d) organik moddalar og`iz teshigi orqali kiradi;
e) organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oladi; f) xlorofill donachalari sintezi kuchayadi
A) a, b, c, e B) a, b, c, d C) c, d, f D) a, b, c, d, e, f
14. Gidra tanasidagi hujayralarni bajaradigan vazifalari bilan juftlab bering.
1. teri-muskul; 2. oraliq; 3. bezli; 4. nerv; 5. otuvchi a) harakatlanish; b) regeneratsiya; c) hazm qilish; d) ta’sirlanish; e) oziqni (o`ljani) falajlash A) 1a; 2d; 3c; 4b; 5e B) 1d; 2e; 3c; 4a; 5b C) 1a; 2b; 3c; 4d; 5e D) 1a; 2c; 3b; 4d; 5e
15. Qisqichbaqaning og`iz teshigi nechta jag` bilan o`ralgan? A) uchta B) ikkita C) to`rtta D) oltita
16. O`rgimchakda nechta o`rgimchak so`gallari mavjud? A) uchta B) ikkita C) to`rtta D) oltita
17. Kavsh qaytaruvchilar qatoriga kiruvchi hayvonlarni aniqlang.
A) ohu, suv ayg`iri B) jayron, qulon C) zubr, zebra D) xongul, g`izol
18. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga xos bo`lmagan belgilarni aniqlang.
A) kurak tishi kuchli rivojlangan B) qoziq tishlari kuchli rivojlangan
C) oshqozoni bo`limlarga bo`linmagan D) bo`yin, oyoqlari va dumi kalta
19. Trauler nima?
20. Qaysi hayvonlar hidni yaxshi sezmaydi, lekin juda yaxshi eshitadi?
21 Tuzilishga ko`ra suyaklar ...
22. yoqning erkin suyaklarini ko`rsating.
23. Qaysi oqsil odamlarga xos hamma qon guruhlarining eritrotsitlari tarkibida uchraydi?
24. Hujayraning 98 foizini qaysi elementlar tashkil qiladi?
25. Hujayrani kimyoviy tarkibini va ularda sodir bo`ladigan kimyoviy jarayonlarni o`rganishga katta hissa qo`shgan o`zbek olimlarini ko`rsating.



Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling